Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim” fakultеti 3


Download 114.36 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi114.36 Kb.
#168807
Bog'liq
hay


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI QARSHI FILIALI

TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA



KASBIY TA’LIM” FAKULTЕTI

3 - BOSQICH TT- 11-18 GURUH TALABASI

Ro’ziyev Raupning

Ekologiya.Hayot faoliyati xavfsizligi “ fanidan



Tayyorlagan

2-Mustaqil ishi

Bajardi : Ro’ziyev R

Qabul qildi : Jamolova G

Qarshi- 2020

MAVZU: Elekrt tokining inson organizmiga ta’siri

Reja:
1. Elektr tokning inson organizmiga ta’siri.

2. Ellektr tokidan saqlanish.

3. Statik elektrdan saqlanish choralari.


Elektr tokning inson organizmiga ta’siri.

Elektr toki organizm orqali o’tganda issiklik, elektrolitik va biologik ta’sir ko’rsatadi.

Issiklik ta’siri badanning ayrim joylarining kuyishi, kon tomirlari, asab va boshka to’qimalarning kizishi bilan xarakterlanadi.

Elektrolitik ta’sir konning va boshka organiq suyukliklarning ko’rinishiga va ularning fizik-ximik tarkibining buzilishiga olib keladi.

Elektr tokidan olingan jaroxatlarini shartli ravishda maxaliy va umumiy turlarga bo’lish mumkin. Umumiy to’rini odatda tok urishi deyiladi. Maxaliy turlari organizmining ma’lum qismini elektr toki yoki elektr yoyi ta’sirida shikastlanishidir.

Elektr tokidan kuyish balandan tok o’tganda hamda elektr yoyi ta’sirida bo’lishi mumkin. Birinchi xolatda jaroxat nisbatan yengil o’tadi. Bunda terining kizarishi, pufakchalar paydo bo’lishi kuzatiladi. Elektr yoyi ta’sirida bo’lgan kuyish odatda ancha ogir xarakterga ega bo’ladi.

Elektroftalmiya-elektr yoyidan chiqadigan kuchli ultrabinafsha nurlar okimining kuzga ta’siri natijasida tashki pardasining yallaglanishdir. Odatda kasallik bir necha kun davom etadi. Kuzning muguz pardasi jaroxatlaganda davolash murakkablashadi va uzoq davom etadi.

Tokining biologik ta’siri organizmining tirik to’qimalari yalliglanishi va asabiylash ishida namoyon bo’ladi. Bunda mushaklar, shu jumladan, yurak va upka mushaklari ixtiyorsiz ravishda tortishib koladi. Natijada organizmda xar xil buzilishlar ruy berishi, masalan, nafas olish va kon aylanish organlarining ishi buzilishi yoki xatto batamom tuxtab kolishi mumkin.

Elektr toki ta’sirining bu turlari shikastlanishning ikki to’rini keltirib chiqaradi: elektr toki shikastlanishi va elektr toki urishi.

Elektr toki shikastlanishi - bu, elektr toki yoyi ta’sir etishi natijasida organizmining ayrim joylaridagi to’qimalarning yakkol shikastlanishiir. Elektr toki shikastlanishning kuyidagi turlari bilan farklanadi: elektr tokidan kuyish, elektr izlari, terining metallanishi va mexaniq shikastlanishlar.

Elektr izlari tok ta’sir etgan odamning tanasi sirtida aniq ko’rinib turadigan kulrang yoki och sarik rangdagi doglardir. Izlar, tirnalishlar, kichik jaroxatlar, kesiklar yoki latlar ko’rinishida bo’ladi. Terining shikastlangan qismi kadok singari kattiklashib koladi. Terining metallanishi - elektr yoyi ta’sirida erigan metall mayda zarralari terining ustki katlamiga kirib kolishidir.

Bu xodisa, masalan, kiska to’tashuvlarda, kuchlanish ostida bo’lgan ajratgich va rubilniklarni tarmokdan uzayotganda ruy beradi.

Mexaniq shikastlanishlar odam orqali o’tayotgan tok ta’sirida mushaklarning ixtiyorsiz ravishda keskin tortishib kolishi okibatida yuz beradi. Natijada teri, kon tomirlari va asab to’qimalari uzilishi, shuningdek, buginlar chiqishi va xatto suyaklar sinishi mumkin.

Elektr toki o’rinishi deganda, organizm orqali elektr toki o’tganida tirik to’qimalarning asabiylashishi natijasida mushaklarning ixtiyorsiz ravishda tortishib kolishi tushiniladi.

Odam organizmiga elektr tokining ta’siri kanday okibatlarga olib kelishiga karab, elektr toki o’rinishi shartli ravishda kuyidagi turt darajaga ajratish mumkin:

I daraja - odamning mushaklari tortishib koladi, ammo u xushidan ketmaydi;

II daraja - odamning mushaklari tortishib koladi, u xushidan ketadi, lekin u nafas oladi a yuragi ishlaydi;

III daraja - odamning mushaklari tortishib, yuragining ishlashi yoki nafas olishi buziladi (yoki ikkalovi barvar ruy beradi);

IV daraja - klinik ulim yuz beradi, ya’ni nafas olish va kon aylanishi tuxtaydi.

Klinik (o’tkinchi) ulim xayot bilan ulim urtasidagi xolat bulib, yurak va upka ishlashdan tuxtagan paytdan boshlanadi. Klinik ulim xolatida bo’lgan odamda xech kanday belgilari bo’lmaydi: u nafas olmaydi, yuragi ishlamayli, ogrikni sezmaydi, kuz korachigi kengayadi va yorug’likni sezmaydi. Ammo bu davrda organizmda xayot xali bo’tunlay sunmagan bo’ladi, chunki uning to’qimalari darrov ulmaydi va turli a’zolar xali ishlab turadi. Garchi bu jarayon endi juda sust, odatdagi ravishda kechsa-da, ammo eng kichik xayot faoliyati uchun yetarli bo’ladi.

Birinchi navbatda kislorod yetishmasligiga juda sezgir bo’lgan bosh miya kobigining xujayralari ula boshlaydi. Ong va taffakur ana shu xujjayralarning faoliyatiga boglik. Shu sababli klinik ulimning davom etish vaqti yurakning ishlashi va nafas olish tuxtagan paytdan to bosh miya xujayralari ula boshlaydigan paytga kadar o’tadigan vaqt bilan aniqlanadi. Kup xollarda bu vaqt 4-6 mino’t, soglom kishilarda tosodifan elektr toki urishi natijasida ulganda esa 7-8 mino’tni tashkil etadi.

Biologik (xakikiy) ulim kaytarib bo’lmaydigan xodisa bulib,bunda organizm xujayralari va to’qimalarida biologik jarayonlar tuxtaydi.



Ellektr tokidan saqlanish.

To’qimachilik paxta, ipakchilik va yengil sanoat korxonalarning barcha sexlari xavfliligi yukori bo’lgan xonalarga yoki o’ta xavfli xonalarga mansubdir, chunki qo’llaniladigan elektr uskunalarining, yoritgichlarning, signal beruvchi uskunalarning qismlari yukori xarorat, yukori namlik sharoitlarida ishlaydi. Buning natijasida simlarning ixotasi buziladi, qarshilishi kamayadi, kobiklariga tok o’tish xavfi ortadi va pirovard natijada mashinalarni boshkaruvchi va sexdagi boshka ishchilarning shikastlanish extimoli ortadi.

Tokdan saqlanish uchun uskunalarning tok yuruvchi qismlariga yakin kelmasligi, kul tegizmasligi, bexosdan tegib ketmasligi kerak. Kobik va boshka metall qismlarda tok paydo bo’lganda, xavfni oldini ola bilishi, past kuchlanishda ishlashi, ikki kayta ixotalash, yerga ulash, (zazemleniye), nol simiga ulashni (zanuleniye), himoyalovchi o’chirib kuygichlarni (zashitnoye otklyucheniye) qo’llash bilan erishiladi.

Elektr uskunalarining tok yuruvchi qismlariga bexosdan tegib ketmaslik uchun ularni ixotalash, kul yetmaydigan balandlikka o’rnatish, tuskichlar bilan ta’minlash va boshka tadbirlarni qo’llash kerakdir.

Bundan tashkari o’ta xavfli sharoitlarda, metall idishlarning ichida ishlayotganda, tok o’tkazuvchi polda o’tirib yoki yotib ishlayotganda kul asboblari uchun past kuchlanish -12 V kabul qilinadi.

Himoyalovchi yerga ulash. Mashina va dastgoxlarning tok yurmaydigan metall qismlarini aytalab o’tkazgich yordamida yerga ulab kuyiladi. Bundan maksad kobikka o’tib ketganda u mashinani boshkaruvchi ishchini bexosdan tegib ketgan maxalda tok urishdan saqlashdir.

Himoyalovchi yerga ulash kurilmalari ikki xil: tashkariga chiqarilgan (yoki bir yerga tuplangan) va konturli (yoki bir tekis taksimlangan) bo’ladi. Tashkariga chiqarilgan kurilmalarda kupincha ulovchi asbob-uskunalar turgan sexdan tashkariga chiqarib ma’lum bir maydonchaga tuplanib o’rnatiladi.

Yerga ulashning bu turi asosan kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan kurilmalarda ishlatiladi. Buning afzalligi shundaki, elektrod vazifasini bajaruvchi koziklarni yerga kokish uchun qarshiligi kam bo’lgan (nam, serloy va sh.u.) yerlarni tanlash imkoni bor.

Konturli yerga ulashda yakka ulovchilar asbob-uskunalar o’rnatilgan sex konturi (perimetri) buylab bir tekis qilib joylashtiriladi. Bunda xavfsizlik kuchlanishining ulovchilar orasida bir tekis taksimlanishi hisobiga erishiladi ( rasm ).

Yerga ulovchilar sun’iy hamda tabiiy bo’lishi mukin. Tabiiy ulovchilar vazifasini yer ostiga o’rnatilgan vodoprovod, artezian va boshka kuduklarining metall kuvurlarini bino va inshootlarning yer bilan birlashgan temirbeton va metall konstruksiyalari, yer ostidan o’tgan kabellarning kurgoshi kobiklari o’tashi mumkin. Tabiiy yerga ulovchilar krshiligi kam bo’lganligi uchun qo’llash foydalidir, lekin ularning jiddiy kamchiliklarni xam bor. Sozlash ishlari va shunga uxshash paytlarda ulovchining uzluksiz bo’lmasligi va kupchilikning bu kuvurlarga bemalol tega olishi, ulardan xavfsiramasligi natijasida shikastlanish extimoli borligidir.

Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan uskunalarda himoyalovchi yerga ulovchining qarshiligining yilning xoxlagan paytida 4 Om dan oshmasligi kerak.

Ochik joylarida, xavfliligi yukori hamda o’ta xavfli xonalarda o’rnatilgan elektr uskunalari kuchlanishning kiymati 42 V dan katta, xavfliligi kam bo’lgan xonalarda esa 380 V va undan yukori bo’lgan barcha xollarda yerga ulanishi shart. Portlash xavfi bo’lgan xonalarga kuchlanish mikdoridan kat’i nazar barcha xollarda elektr uskunalari yerga ulanadi.

Himoyalovchi nol simiga ulash. Mashina va dastgoxlarning tok yurmaydigan metall qismlarini ataylab o’tkazgich yordamida himoyalovchi nol simiga ulab kuyiladi.

Himoyalovchi nol simiga ulanishi qo’llashda maksad xam yerga ulashni qo’llash kabi ixotasining buzilishi natijasida kobikka tok o’tib ketgan chokda shikastlanish xavfini kamaytirishdir. Ixotaning buzilishi natijasida elektrodvigatelning 1 ( rasm ) kobigiga tok o’tib ketadi. Bunda buzilgan faza bilan nol orasida kiska to’tashuv xosil bo’ladi, saqlagich kuyadi va buzilgan faza avtomatik ravishda tarmokdan uziladi.

Nol simining yerga ulanishi juda ishonchli bo’lishi kerak. Unga zanjiri ajratuvchi uskuna va apparatlarni ulash mumkin emas. Ularning uzilib ketmasligi uchun transformator oldida, tarmoklanish yerlarida va albatta zanjirining oxirgi punktlarida yerga ulab kuyiladi.

Kishini tokdan shikastlanishi xavfi tugilganda zudlik bilan avtomatik ravishda elektr uskunasini tokdan uzib kuyuvchi kurilmalar ishlatiladi. Bu kurilma himoyalovchi yerga ulash va nol simiga ulashlar xavfsizlikni ta’minlay olmagan xollarda ishlatiladi. rasmda shunday sxemalarning eng oddiylaridan biri keltirilgan. Bunday kurilmalar askariyat xollarda kuchma uskunalarda qo’llaniladi.

Ixotaning buzilishi yoki boshka sabablar tufayli dvigatel kobiga tok o’tganda, yerga ulovchi orqali yerga o’tib ketayotgan tok, tok relsi TR ni ishlatadi. U esa uz navbatida uzib kuyuvchi galtak UG ni ishlatadi, unning uramlarida tok paydo bulgach, avtomatik ravishda elektrodvigatelni zanjirdan uzib kuyadi.

Statik elektrdan saqlanish choralari.

Elektrostatik zaryadlar dielektrik materiallarning ishkalanishi, kuvurlardan yengil yonuvchi suyukliklarning okishi hamda paxta tolalarni va tayyor maxsulotlarni transportirovka qilish vaqtida paydo bo’ladi.

To’qimachilik paxta, ipak va yengil sanoatida elektrostatik zaryadlarning roli sezilarlidir. Paxta yoki ayniksa sun’iy tolalar bilan ishlaganda statik elektr zaryadlari kup xosil bo’ladi. Bu zaryadlarning yigilish intensivligi ishkalovchi materillarning turiga, kontakt maydoniga, atrof-muxit havosining nam-kurukligiga, ishkalanayotgan materiallarning solishtirma qarshiligiga va boshka sabablarga boglikdir.

Ishklanish natijasida xosil bo’ladigan elektrostatik zaryadlar katta mikdorlardagi kuchlanishlarga ega bo’lishi mumkin. Masalan: sun’iy tolalardan tukilgan poyondoz, oyok kiyimlarga ishklanishi natijasida kun oxiriga kelib 15-20 kV gacha, sun’iy tolalardan yasalgan ayollar pustini kuni bilan kiylganda ishklanishi natijasida 15-16 kV gacha potensiallar ayirmasi xosil qilishi mumkin. Bu katta mikdordagi kuchlanishlar tok kuchi va energiya juda oz mikdorda bo’lganligi uchun kishiga katta zarar yetkaza olmaydi, lekin u kishiga noxush ta’sir qilishi, gayriixtiyoriy xarakatlarga olib kelishi mumkin. Bular esa kishini biror yerini urib olishi, ishlab turgan mashinaga yiqilib tushish va boshka xavflarni tugdiradi.

Texnologik jarayonda sintetik tolalar uzaro va mashina qismlariga ishklanishi natijasida statik elektr zaryadlari tuplanib, ular razryadlanganda uchkun paydo bo’ladi va yengin chiqish xavfini tugdiradi.

Kishiga uzoq vaqt elektrostatik zaryadlarning ta’sir qilishi ogir kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Bulardan tashkari elektrostatik zaryadlar to’qimachilik sanoatida texnologik jarayonning barcha o’timlarda kushimcha kiynchiliklar tugdiradi.

Tarash mashinasidan chikayotgan taram, mualifning tadkikotlariga binoan, 1500-1800 V gacha musbat zaryadlanar ekan. Bunda zaryadlar taramning eni bo’yicha bir xil taksimlanmagan, ayni paytda taram urtasida potensiallar ayramasi 1800 V bulsa, uning chetlarida 1000-1100 V bo’lishi aniqlagan. Sexda nisbiy namlikning kamayishi, taram chetlarining xurpayishiga, paxmoklanishiga, o’tasining ko’tarilishi va xato uzunasi buylab yirtilishiga olib keladi. Bu kungilsiz xodisalar bir xil zaryadlangan tolalarning bir-biridan itarilishi natijasida ruy beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.www.hozir.org

2.uz.denemetr.com

3.library.ziyonet.com



4.www.multiurok.ru
Download 114.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling