Temperament Reja: Temperament tushunchasi
Download 17.97 Kb.
|
14 psix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temperament haqida tushuncha
- Adabiyotlar ro‘yxati
TEMPERAment Reja: Temperament tushunchasi. Temperamentning rivojlanish tarixi, temperament turi . Qadimgi yunon olimi Gippokratning fikricha, inson cha orasidagi farq Tayanch so‘z va iboralar: temperament, xolerik, melanxolik, sangvinik, flegmatik, kasb tanlash va temperament Temperament haqida tushuncha Ma’lumki, odamlar xulq-atvori va faoliyat motivlari nisbatan teng bo‘lganda, tashqi ta’sirlar bir xil bo‘lganda, ta’sirchanligi va ko‘rsatayotgan energiyasiga ko‘ra bir-birlaridan, sezilarli darajada farq qiladilar. Jumladan, bir xil kishi sekinlikni, boshqasi shoshilishni yoqtiradi. Bir xil odamlarga hissiyotlarning tez qo‘zg‘alishi xos bo‘lsa, boshqasiga esa sovuqqonlik xosdir, boshqa birovni keskin imo-ishoralar, ma’noli mimika, boshqasini harakatlarda og‘ir-bosiqlik, yuzning juda ham kam harakat qilishi ajratib turadi. So‘z yuritilayotgan individual farqlar o‘zlarining tug‘ma asosiga ega bo‘lishi shubhasizdir. Bu shu narsa bilan tasdiqlanadiki, bu farqlar bolaligidayoq ma’lum bo‘la boshlaydi, xulq-atvorning va faoliyatning turli sohalarida ko‘rinadi va alohida barqarorligi bilan ajralib turadi. Psixikaning individual jihatdan o‘ziga xos, tabiiy jihatdan shartlashgan dinamik ko‘rinishlar majmui kishining temperamenti deb ataladi. Temperament haqidagi dastlabki nazariya antik dunyoga borib taqaladi. Masalan: eramizdan oldingi 6-asrda yashagan yunon meditsinasining yirik vakili Gippokrat birinchi bo‘lib odamlarning har xil xususiyatga ega ekanligiga e’tibor bergan va bu har xillikning sababini aniqlashga harakat qilgan. U kishilar temperamentining organizimdagi suyuqliklarga (qon, shilimshiq parda, o‘t)ga karab uch turga bo‘ladi. Keyinchalik ham temperament va uning asosi haqida olimlar tomonidan xilma-xil nazariyalar yaratildi. Masalan, 18-asr oxirida yashagan Immanuel Kant qonning invidual xususiyatlari temperamentning tabiiy asosi hisoblanadi, degan edi. P.F.Lesgaftning g‘oyasi ham shu nuqtai-nazarga yaqin edi. Bu olim temperamentning asosida qon aylanishi (jumladan, qon tomirlari kengligi va tarangligi, ularning bo‘sh joyi diametri, yurakning shakli va hokazolar) xususiyati yotadi deb yozgan edi. Nemis psixiatri E.Krechmer individning psixik tuzilishi tana tuzilishiga, tananing umumiy konstruksiyasiga to‘g‘ri keladi, degan edi. Sezgilarli psixik aktivlikka ega bo‘lgan, atrofda bo‘layotgan voqealarga tez munosabat bildiruvchi, tassurotlarini hadeb o‘zgartirishga intiluvchi, muvaffaqiyatsizliklar va ko‘ngilsizliklarni nisbatan engil o‘tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan, ifodali mimikasi va harakatlari bo‘lgan kishi sangvinik deb ataladi. YUragi keng, barqaror intilishlarga va kayfiyatlarga, doimiy va chuqur his-tuyg‘ularga, harakatlari va nutqi bir xil maromda bo‘lgan, ruhiy holati tashqi tomonda ifoda etiladigan kishi xolerik deb ataladi. Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, ammo atrofdagi voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o‘zini to‘xtata oladigan harakatlar qiladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar melanxolik deb ataladi. Aslida odamlarni to‘rtta tip bo‘yicha taqsimlash mumkin emasligi tushunarli. Temperamentning turli-tumanligi to‘g‘risidagi masala fanda hali batafsil hal qilingan emas. Temperamentning nerv-fiziologik mexanizimini ilmiy asosda tushuntirib bergan kishi I.P.Pavlov bo‘ldi. U o‘z umrining ko‘p qismini oliy nerv sistemasi faoliyatini o‘rganishga bag‘ishladi. Uning tadqiqotlari natijasida odamdagi individual farqlar asosida qo‘zg‘alish va tormozlanish o‘rtasidagi vazminlik yotishi aniqlandi. Nerv sistemasi kuchi tipning eng muhim ko‘rsatkichdir. Nerv faoliyatining tipi - organizimning tabiiy xususiyatidir. U nasliydir, lekin butunlay o‘zgarmas hisoblanmaydi, u rivojlanishda va ma’lum darajada atrofdagi sharoit, muhit ta’siri tufayli o‘zgaradi. Temperament tiplarining kelib chiqishida, yuqorida aytganimizdek, irsiyat asosiy rol o‘ynaydi. Agar irsiy fiziologik xususiyatlari bir xil bo‘lgan bitta tuxumdan paydo bo‘lgan (gomozigot) egizaklarning temperament xususiyatlarini irsiy fiziologik xususiyatlari unchalik bir xil bo‘lmagan, ikkita tuxumdan paydo bo‘lgan (geterozigot) egizaklarning temperament xususiyatlari bilan solishtirsak, bu narsa juda yaqqol ko‘rinadi. Geterozigot egizaklarga qaraganda gomozigot egizaklar temperamentlari xususiyatlarining o‘xshashlik darajasi shunchalik ortiqki, temperamentning irsiyat yo‘li bilan berilishi imkoniyati 85% ga tengdir. Garchi temperament tiplari, umuman olganda, irsiyatga bog‘liq bo‘lsa-da, temperamentning ayrim xususiyatlari hayot sharoitlari va tarbiyaga bog‘liq holda ma’lum darajada o‘zgaradi. Temperamentning ayrim xususiyatlarining hayot sharoitlari va tarbiyaga bog‘liq holda o‘zgarishini temperament tiplarining voyaga etishidan farqlash lozim. Temperament tipi unga xos bo‘lgan barcha xarakterli xususiyatlari bilan birga, tug‘ilish chog‘idan boshlab yoki ma’lum yoshda birdan paydo bo‘lib qolmaydi. Nerv sistemasining voyaga etishidagi umumiy qonuniyatlari temperament tipining voyaga etishiga ham ta’sir qilib, izini qoldiradi. Ma’lum temperament tipining asosiy xususiyatlari birdaniga hammasi nomoyon bo‘lmaydi, balki yoshga qarab sekin-asta nerv sistemasining voyaga etishi bilan bog‘lik holda namoyon bo‘ladi. Bu jarayonni biz temperamentning voyaga etishi deb ataymiz. YOshlar kasb tanlayotganda temperament xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Masalan, hozirgi zamon texnikasida melanxologik uchun kiruvchi samolyotda uchuvchi bo‘lish nihoyatda qiyin yoki bunday kishilarga to‘satdan paydo bo‘ladigan avariya xavfi o‘z vaqtida reaksiya qilishi lozim bo‘lgan murakkab energosistemalarda ishlash og‘irlik qiladi. Odamning psixik xususiyatlariga nisbatan faoliyatning shunday yo‘l bilan tanlashni kasbga yo‘naltirish deb ataladi. Temperament tiplari xususiyatlarini mumkin qadar o‘quvchilar tarbiyasi jarayonida ham hisobga olish zarur. Masalan, melanxolik o‘quvchini harakatlari uchun keskin koyish uning ruhini tushurib yuboradi. O‘ziga ishonmasligini yana orttirib yuboradi va o‘z kuchiga shubha bilan qaray boshlaydi. YUqoridagi usullarni sangvinikka nisbatan ishlatib bo‘lmaydi. CHunki u boshidan kechirgan ko‘ngilsiz voqealarni tez esdan chiqarib yuborishi va o‘z kuchi, qobilyatlariga ortiqcha baho berishga moyildir. Salbiy bahoga nisbatan qattiqlik va talabchanlik unga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Temperament xususiyatini hisobga olgan holda xuddi shunday individual munosabatda bo‘lish mehnatni tashqil qilishda, sportchilarning mashqlarida va faoliyatnng boshqa turlarida ham bo‘lishi mumkin va zarur. Nihoyat, faoliyat talablariga temperamentni moslashtirishning asosiy eng universal yo‘li individual ish uslubining tarkib topishidir. Mehnat faoliyatidagi ayni bir vazifa va talablar har turli usullar va yo‘llar bilan bir xil samarali amalga oshirilishi mumkin. Faoliyatning individual uslubi deganda biz mazkur odam uchun xarakterli bo‘lgan va samarali ishlashi uchun maqsadga muvofiq bo‘lgan harakatlar va yo‘llarning individual sistemasini tushunamiz. Faoliyatning indvidual uslubi odamda o‘z-o‘zidan, stixiyali ravishda paydo bo‘lmaydi. U ta’lim va tarbiya jarayonida tarkib topadi. Individual uslub tarkib topishining birinchi ko‘rtaklari bog‘cha yoshidagi katta bolalarda o‘yin xarakteridagi amaliy masalalarni echishdayoq ko‘rina boshlaydi. Faoliyatning indvidual uslubini tarbiyalash ishlari asoslanadigan qator alohida psixologik va pedagogik prinsiplar mavjuddir. Ta’lim va tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri shundan iboratki, individual uslubni tarkib toptirish yo‘li bilan odamning temperamentini faoliyatning ob’ektiv talablariga yaxshilab moslashtirishdan iboratdir. Nazorat uchun savollar 1. Temperament va uning rivojlanish tarixi haqida nimalar bilasiz? 2. Temperament tiplari va ularning xususiyatlari haqida tushuncha bering. 3. Temperamentning tarixi haqida nimalar bilasiz? Adabiyotlar ro‘yxati 1. G‘oziev E.G. Ontogenez psixologiyasi. Toshkent, 2010 2. Ivanov I.F., Zufarova M.A. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2018. 3. David G. Myers Psychology, USA , 2010. 4. Nemov R.S. Psixologiya kniga 1, 2, 3. Vlados, 2000 5. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2010. 6. A.SHamshetova, R.N.Melibaeva, X.Usmanova, I.Haydarov. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2018. Download 17.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling