Termiz davlat universiteti fakultet : tabiiy fanlar


Download 1.14 Mb.
bet1/4
Sana17.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#1026595
  1   2   3   4
Bog'liq
Bo\'riyeva Shoxista

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

Fakultet : tabiiy fanlar

Yo’nalish : biologiya

Gurux: 120

Tuzuvchi: Bo'riyeva Shoxista

Mavzu: parazit patxo’rlar,bitlar qandalalar, burgalar

REJA:

1) PATXO’RLARNING TUZULISHI, KO’PAYISHI RIVOJLANISHI 2) Bitlar turkumi vakillarining tuzulishi ko’payishi

3) Burgalar turkumi vakillari tuzulishi ,ko’payishi va zarari

Patxo’rlaning tuzulishi ,ko’payishi ,rivojlanishi

  • Parxo’rlar (Mallophaga) turkumi vakillari qanotsiz bo’lib, qushlarning va qisman sutemizuvchilarning parazitlari hisoblanadi. Parxo’rlarning tanasi bir oz yassilashgan, ko’zlari o’z navbatida reduksiyaga uchragan. Og’iz apparati kemiruvchi tipda, parazitlik hayotiga maxsus moslashgan. Oyoq panjalari 1-2 bo’g’imdan iborat bo’lib, bitta yoki ikkita “tirnoqcha” bilan tugallanadi. Parxo’rlar o’zlarining tuzilishi bilan bir tomondan pichanxo’rlarga o’xshasa, ikkinchi tomondan bitlarga o’xshab ketadi.

Parxo’rlar patlar, parlar, sochlar, tuklar orasida yoki terida parazitlik qilib hayot kechiradi. Ularning ayrim turlari xatto yirik qushlarning og’iz bo’shlig’ida uchrab, ularning endoparazitlariga aylangan

  • Parxo’rlar soch, tuk, jun, pat va parlar orasida erkin harakat qilish qobiliyatiga ega. Tuxumlari qopqoqchali bo’lib, patlarga, sochlarga, junlarga yopishtirib qo’yiladi.
  • Bunday tuxumlardan tez muddat ichida lichinkalar paydo bo’ladi. Lichinkalar o’z tuzilishiga ko’ra voyaga etganlariga o’xshab ketadi, faqat o’lchamlari va teri pigmentlari bilan farq qiladi. Parxo’rlarning umumiy rivojlanishi 3-4 xaftani o’z ichiga oladi. Ular asosan teri epidermisi, patning ayrim qismlari, teridan ajraladigan maxsulotlar hisobiga, shuningdek, yaralardan ajraladigan moddalar hisobiga yashaydi
  • Ular o’zlari yashayotgan organizmni juda ham bezovta qiladi, buning evaziga hayvonlarning maxsuldorligi kamayadi. It va mushuklarning parxo’rlari jun ostida yashab, parazitlik qilish bilan birga, ba’zan ayrim tur parazit chuvalchanglarning tuxumlarini ham tarqatadi.
  • Parxo’rlarning 2600 ga yaqin turi ma’lum, shulardan 300 yaqin turi sutemizuvchilarning, qolganlari esa qushlarning parazitlari hisoblanadi. Ulardan taxminan 400 ga yaqin turi MDX mamlakatlarida uchrashi qayd qilingan. Parxo’rlar turkumi o’z navbatida ikkita kenja turkumni va bir necha oilani o’z ichiga oladi. Xaqiqiy parxo’rlar kenja turkumiga oqish tovuq parxo’rini misol qilib olish mumkin. Pat va sochxo’rlar kenja turkumiga esa tovuqlarning bosh parxo’ri va kaptar parxo’rini misol qilib keltirish mumkin. SHuningdek, ularga kattaligi 4-5 mm keladigan yirik o’rdak parxo’ri, it, mushuk va boshqa sutemizuvchilarda uchraydigan parxo’r turlarini ham ko’rsatish mumkin. Kimyoviy preparatlardan foydalanib parxo’rlarga qarshi kurash olib boriladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling