Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori bilan talaba o‘rtasidagi shartnoma№ Termiz shahri 2022 yil dekabr


Download 52.54 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi52.54 Kb.
#1053896
  1   2   3
Bog'liq
Энергетика талаба бн ректор ўртасида шартнома


Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori bilan talaba o‘rtasidagi
SHARTNOMA№______


Termiz shahri 2022 yil __ - dekabr

Termiz muhandislik-texnologiya instituti (keyingi o‘rinlarda – Institut) nomidan Ustav asosida faoliyat yurituvchi rektor O‘.Ch.Axmedov bir tarafdan, bundan buyon matnda – rektor va talaba _______________________ (F.I.Sh) ikkinchi tarafdan, bundan buyon matnda – talaba, birgalikda taraflar deb yuritiladi, mazkur kelishuv shartnomasini quyidagilar haqida tuzdilar:


1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur shartnomaga asosan talaba ____________________ bilan institut o‘rtasidagi munosabatlar tartibga solinadi.

  2. Talaba o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishni ta’minlaydi.

  3. Talaba o‘quv, ilmiy-ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida ishtirok etadi.

  4. Shartnomaning amal qilish muddati quyidagicha belgilanadi:

shartnomaning boshlanishi: ______________ yil;
shartnomaning tugashi: ______________ yil.

  1. Talaba bevosita tegishliligi bo‘yicha fakultet dekani va kafedra mudiriga bo‘ysunadi.

2-bob. Talabaning huquq va majburiyatlari

  1. Talabaning huquq va majburiyatlari mazkur shartnoma hamda institut Ustavi bilan belgilanadi.

  2. Talaba quyidagi huquqlarga ega:

a) axborot resurs markazi, talabalar turar joyi, sport komplekslari va ilmiy laboratoriyalardan foydalanish;
b) qonun hujjatlarida, shuningdek, institut lokal hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

  1. Talabaning majburiyatlari:

a) o‘z vazifalarini vijdonan bajarish;
b) institutning Ustavi, jamoa shartnomasi, Ichki tartib -qoidalari, Odob-axloq koidalariga va boshqa lokal normativ hujjatlariga rioya etish;
v) nazariy olgan bilimlarini muntazam ravishda mustaqil ta’lim orqali rivojlantirib borish;
g) dars mashg‘ulotlarida muntazam qatnashish, uzrli sabablar bilan darsga qatnasha olmasa asoslantirilgan xujjatlarni o‘z vaqtida dekanatga taqdim qilish;
d) mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
ye) institut obro‘siga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar hamda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, bunday holatlar guvohi bo‘lgan taqdirda zudlik bilan institut rahbariyatiga xabar berish;
j) institut tomonidan talabaga bildirilgan e’tirof va e’tirozlarni ota-onasiga o‘z vaqtida yetkazish;
z) etika qoidalariga rioya qilish, talabalar, pedagoglar va ishchi xodimlarga hurmat ko‘rsatish, ma’naviy yuksak ahloqiy fazilatlari va vatanparvarligi bilan barchaga o‘rnak bo‘lish;
i) siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish bo‘yicha samarali ishlarni amalga oshirish, talabalarga xos vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish;
ye) ilmiy, ijodiy-badiiy, sport-sog‘lomlashtirish klub va to‘garaklar ishida faol ishtirok etish;
k) talabalar turar joylarida belgilangan qoidalarga rioya qilish;
l) institut talabasiga tavsiya qilingan kiyimda va ko‘rinishda o‘qishga kelish;
m) talaba yigit-qizlarning kiyinish va tashqi ko‘rinishi shaxsini tasdiqlovchi xujjatidagi (passport yoki ID karta) fotosuratiga mos bo‘lishi talab etiladi;
n) talaba-qizlar institutga och rangli va yorqin rangda bo‘lmagan bluzkalarda, tizzani yopib turadigan to’q ko’k rangdagi yubka yoki odmi kostyum va to‘q rangdagi poyabzalda kelishlari shuningdek, o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari;
o) talaba-yigitlar oq, havorang, och jigar rang yoki och kulrang ko‘ylakda, klassik uslubdagi shim yoki odmi kostyum (to’q ko’k rangdagi), galstukda va to‘q rangdagi poyabzalda kelishlari shuningdek, talabalar o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari shart.

Download 52.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling