Texnologiya darslarida ishlab chiqarish asoslari mashg`ulotlarini mazmuni. Zamonaviy ishlab chiqarishi texnologiyalari
Download 0.55 Mb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish asoslari mashg`ulotlarini o`tkazish metodikasi Texnologiya darslari jarayonida o`quvchilarga ishlab chiqarish to`g`risida quyidagi tushunchalar beriladi
Texnologiya darslarida ishlab chiqarish asoslari mashg`ulotlarini mazmuni. Zamonaviy ishlab chiqarishi texnologiyalari. Reja: Ishlab chiqarish asoslari mashg`ulotlarini mazmuni Zamonaviy ishlab chiqarishi texnologiyalari. O‘zbekiston xalq xo‘jaligi va sanoati strukturasi haqida asosiy ma'lumotlar. Asosiy sanoat komplekslari va materiallar, energiya , mashina va apparatlar ishlab chiqarish texnologiyalari. Sanoat ishlab chiqarishi rivojining qisqacha tahlili. Ishlab chiqarish asoslari mashg`ulotlarini o`tkazish metodikasi Texnologiya darslari jarayonida o`quvchilarga ishlab chiqarish to`g`risida quyidagi tushunchalar beriladi: O`zbekistondagi ishlab chiqarish turlari, xalq xo`jaligida sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi o`zaro munosabati bir-biriga bog`liqligi texnologik jarayon haqida asosiy tushunchani, yangi texnika va ilg`or texnologiya uning ifodalanishi, mehnat predmetiga mexanik ta’sir etish (materiallarni kesish, qirqish, biriktirish, va h. z) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Kadrlarni tayyorlash malakasini oshirish yo`nalishlari tartibi va standartlari. Mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatini rivojlanishi. Bundan tashqari sanoat miqyosida ko`p seriali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunalarini (maketi, modeli) tayyorlay olish va unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslay olish. Shu bilan birga o`quvchilarga ishlab chiqarish iqtisodiyoti va uning tashkil etilishi, ishlab chiqarishda fan texnika taraqqiyoti to`g`risida quyidagilar to`g`risida tushunchalar (bilimlar) berilishi lozim: O`zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish yo`llari va ishlab chiqarishni bozor munosabatlarini o`tkazish omillari, bozor munosabatida kapital mablag` manbalari, ishlab chiqarishning usullari, xo`jalik faoliyatini loyihalashtirish, avtomatlashtirish va boshqarish istiqboli. Xalq xo`jalini kompyuterlashtirish, energiyani tejash yo`llari va usullari. Ishlab chiqarish asoslari bo`yicha quyidagi ishlarni mustaqil ravishda amaliy tarzda bajariladi: yengil va oziq-ovqat miqyosida ko`p seriyali ishlab uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash unda qo`llanilgan homashyo ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslash. Qishloq xo`jaligi yo`nalishida mashg`ulotlarning mazmuni asosan yosh fermerlikda olib boriladigan ishlar to`g`risidan tushuncha berish bilan boshlanadi. Ushbu yo`nalishda amaliy mashg`ulotlarning roli kattadir. Amaliy mashg`ulotlarning maqsadi o`quvchilarga o`rgatilayotgan bilim, ko`nikma va malakalarni bevosita ijtimoiy foydali va unumli ishlab chiqarish mehnati jarayonida (fermada, jamoa xo`jaligida, ekinzorlarda) mustahkamlashni bozor munosabatlari qoidalari asosida tashkil qilishdan iboratdir. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling