Tijorat banklari faoliyati samaradorligi va bank foydasi
Download 0.62 Mb.
|
Quvonchbek Abdullayev kus ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar royxati. KIRISH
Mavzu: "Tijorat banklari faoliyati samaradorligi va bank foydasi" KIRISH Asosiy qism. Tijorat banklari faoliyati tahlili va uning turlari. Tijorat banki majburiyatlari samaradorligi. Tijorat banki aktivlaridan samarali foydalanish va bank xarajatlari. Tijorat banklarining moliyaviy natijalar shakllanishi va bank foydasi. XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. KIRISH Bozor munosabatlari sharoitida xo`jalik yurituvchi subyektlar yuqori foyda olishga intiladi. Bizga ma’lumki, barcha daromadlardan barcha xarajatlarni ayirish orqali foydaga erishiladi. Foyda ko’rsatkichini yaxshilanishi bir qator iqtisodiy ko’rsatkichlarga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatib, ichki rezerv va imkoniyatlardan samarali foydalanayotganligini ko’rsatadi. Shuningdek foyda ko’rsatkichini yaxshilanishi bank xodimlarini farovonligini va bank imidjini oshirishga yordam beradi. Bank muassasalarining ish prinsipi ko’proq daromad olish hamda kamroq xarajatlar qilib, moliyaviy natija yakunida maksimal foyda olish hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida bank tizimini erkinlashtirish munosabati bilan bu sohada ham raqobatchilik muxiti mavjud bo’lib, har bir bank muassasasi o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib raqobatga kirishadi. Bugungi kunda bank muassasalarida raqobatchilik muxiti takomillashgan. Buni yaqqol isboti sifatida banklarda berilayotgan kreditlarni foiz stavkalarini ushlab turgan holatda, mijozlarga qo’shimcha xizmat turlarini taklif qilish orqali kreditlarni joylashtirish amalga oshirilmoqda. Bank yuqori foydaga erishishida bank daromadlarini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bank muassasalarida daromadlarni tahlil o’tkazishdan asosiy maqsad, rahbariyatga qaysi bir faoliyat istiqbolliligini ko’rsatib berish hamda oqsab borayotgan sohalarni ko’rsatib berishdan iborat. Endi biz yana ham aniqroq qilib tijorat banklarining daromadlar tarkibini ko’rib chiqamiz. Har bir tijorat banklari o’z faoliyatlarini olib borishda maqsadi yuqori daromad olishga qaratilar ekan, bunday daromadlarni ko’paytirish yo’llarini tijorat banklari o’zlari mustaqil ravishda belgilaydilar. Kurs ishining nazariy ahamiyati tijorat banklari faoliyatini samarali boshqarish borasidagi iqtisodchi olimlarning qarashlarini o’rganish. Tijorat banklari faoliyatini boshqarish amaliyotini o’rganish orqali mavjud muammolarni hal qilish borasidagi takliflarni ishlab chiqish. Kurs ishining ob’ekti va predmeti. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari bittiruv malakaviy ishining ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Tijorat banklari faoliyati samaradorligi va uni tahlil qilish ishning predmeti hisoblanadi. Kurs ishining tarkibi: kirish, to`rtta reja xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kurs ishining birinchi rejasida tijorat banklari faoliyati samaradorligi va foydasini tashkil etishning nazariy va huquqiy asoslari, uning ahamiyati yoritgan. Ikkinchi rejasida mamlakatimiz tijorat bankining majburiyatlari samaradorligi o’rganilgan. Kurs ishining uchinchi rejasida tijorat banki aktivlaridan samarali foydalanish va bank xarajatlari tahlil qilingan. Kurs ishining to’rtinchi rejasida tijorat banklarining moliyaviy natijalar shakllanishi va bank foydasi nazariy jihatdan o`rganilib tahlil qilingan. Xulosa va takliflar qismida mavzuni organish natijasida shakllantirilgan xulosa va takliflar o’z aksini topgan. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling