Tilshunoslik fani va uning sohalari


Download 68 Kb.
bet1/5
Sana14.12.2022
Hajmi68 Kb.
#1002989
  1   2   3   4   5
Bog'liq
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY SOHALARI


TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY SOHALARI

Reja:




  1. Tilshunoslik fani va uningsohalari

  2. Til ijtimoiy, doim o'zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir

  3. Tilning tuzilishi

  4. Tilning kelib chiqishi

  5. Tillarning taraqqiyoti

Tilni ilmiy asosda o'rganuvchi mustaqil va aniq fantilsliunoslik yoki hngyjstika deyiladi. Lingvistika termini lotincha lingvo-til, tika-ta'limot kabi tushunchasini anqlatadi. Tilshunoslik fanini o'rganadigan soha ijtimoiy hodisa sanalgan tilning o'zidir. Bu fan tilning kelib chiqishi. tarixiy taraqqiyot jarayonlari hamda uning qonuniyatlarini ilmiy asosda tekshiradi va xulosalar chiqaradi.
Tilshunoslik jami tilni qaysi nuqtai nazardan o'rganishga qarab muayyan (xususiy). umumiy va qiyosiy tilshunoslik kabi sohalarga bo'linadi. Muayyan (xususiy) tilshunoslik aniq birorta til (masalan o'zbek tili)ning lug'at tarkibi, fonetik tizimi va grammatik qurilishi, uning shakllanishi hamda taraqqiyot yo'llari, boshqa tillarga munosabati kabi masalalarni ilmiy asosda o'rganish orqali uning tovush tizimini tekshiradi va grammatikasini yaratib beradi.
Umumiy tilshunoslik esa. umumaii tilning kelib chiqishi, yani paydo bo'lishi, uning ijtimoiy mohiyati, til bilan taffakurning o'zaro munosabati. tillaming taraqqiyot va shakllanish yo'llari, uning jamiyat hayotida tutgan o'mi, vazifasi, fonetik. leksik. grammatik qonuniyatlari. tillarni tekshirish va tasnif qilish usullarini umumlashtirish asosida ilmiy xulosalar ehiqaradi.
Qiyosiy tilshunoslik esa birdan ortiq (qardosh yo qarindosh yoki qarindosh bo'lmagan) tillaming fonetik leksik, grammatik xususiyatlarini o'zaro chog'ishtirib qiyoslab o'rganish orqali ular orasidagi o'xshash va noo'xshash lingvistik hodisalar haqida ma'lumotlar beradi.
Tilshunoslik fanining boshlang'ich bosqichi tilshunoslikka kirish hisoblanadi va u tilning boshqa hodisalari ichida tutgan o'rni, tuzilishi umuman, til haqidagi fanning asosiy tushunchalarini o'rganadi. Shuning uchun bu kurs ma'lum bir til hodisalariiii lug'at tarkibi va fonetik tizimi, grammatik qurilishini ilmiy asosda o'rganish, o'zlashtirish uchun zamin yaratadi.
Tilshunoslik fanining yechilmagan masalalarini ilmiy asosda hal etish uchun tarix, etnografiya, arxeologiya, fiziologiya kabi fanlarning xulosalaridan foydalaniladi. Masalan, tilning paydo bo'lishi, uning shakllanishi va taraqqiyoti kabi hodisalarni to'g'ri anglamoq uchun, awalo yer yuzida odamlarning paydo bo'lishi, ulaming jamiyat bo'lib yashay boshlashiga oid masalalanii puxta bilish shart va buning uchun tarix, etnografiya, arxeologiya fanlariga asoslanish kerak bo'ladi.
Inson tili tovush tilidir. Bu masalada nutq tovushlarining hosil bo'lishi va ularning vazifalarini to'g'ri fikrlash uchun odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanlari asoslarini yaxshi bilish shart.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling