Tog’ jinsini qazib olishga tayyorlash usullari. Mexanik usulda qazib olishga tayyorlash
Download 264.29 Kb.
|
TOG’ JINSINI QAZIB OLISHGA TAYYORLASH USULLARI. MEXANIK USULDA QAZIB OLISHGA TAYYORLASH.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash usullari.
- Muzlashdan himoya qilish va muzlagan tog’ jinsini eritish.
- Muzlagan tog’ jinsini eritish
- Gidravlik usul
TOG’ JINSINI QAZIB OLISHGA TAYYORLASH USULLARI. MEXANIK USULDA QAZIB OLISHGA TAYYORLASH.Reja: Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash usullari. Muzlashdan himoya qilish va muzlagan tog’ jinsini eritish. Mexanik usulda qazib olishga tayyorlash. Xulosa Adabiyotlar Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash usullari. Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash keyingi ishlab chiqarish jarayonlari, ya’ni kon massasini qazish va yuklash, tashish, ag’darma hosil qilish va qayta ishlash jarayonlari uchun texnik imkoniyat va qulay sharoit yaratib berish maqsadida amalga oshiriladi. Tog’ jinslarini qazib olish tayyorlashning texnologik o’rni (pozistiyasi) bo’yicha ularni ikki guruhga bo’lish mumkin: - mexanik yoki gidravlik usul bilan oldindan yumshatmasdan qazib olishga tayyorlash mumkin bo’lgan tog’ jinslari (tuproq, suglinok, yumshoq ko’mir, shamol ta’sirida to’la parchalangan metamorfik jinslar, mel, tuproqli rudalar); - oldindan yumshatilishi zarur bo’lgan tog’ jinslari (tuproqli va qum-tuproqli slanestlar, tuproqli va ohakli qumlar, temir rudalari, argilitlar, alevrolitlar, gips, toshli tuz, toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir, ohaktosh, qum, kvarstitlar, granitlar, bazaltlar, gabbro). Tog’ jinsining turi va holatiga bog’liq holda tog’ jinsini qazib olishga tayyorlash asosan quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: muzlashdan himoya qilish; muzlagan tog’ jinsini eritish; gidravlik usulda tayyolash; mexanik yoki portlatish usuli bilan tayyorlash. Muzlashdan himoya qilish va muzlagan tog’ jinsini eritish. Muzlashdan himoya qilish harorat 0˚dan past bo’lganida dastlabki yumshatish amalga oshirilmasdan ham qazib olish imkonini beradi. Muzlashdan himoya qilish uchun erning yuza qismini haydash, yumshatish, boronalash (molalash) va isitish usullari qo’llaniladi. Haydash, yumshatish va bronalash tog’ jinsi sirtida hosil qilingan havo bilan to’ldirilgan bo’shliq hisobiga issiqlik o’tkazuvchanlikni ma’lum darajada pasaytiradi. Xaydash va yumshatish maxsus plug va yumshatgich yordamida o’tiladi. Bunda xaydash chuqurligi 40-50 sm, boronalash chuqurligi esa 20 sm ni tashkil etadi. Er sirtini muzlashdan himoya qilish uchun teploizolyastion material sifatida mox, yog’och qirindisi, mineral vatalar qo’llaniladi. Muzlagan tog’ jinsini eritish. Tog’ jinslarini eritish par, suv, chuqur yoki yuzaviy elektrisitgich elektrodlar va yuzani kuydirish yordamida amalga oshiriladi. Chuqur elektrisitgichda elektrodlar bir-biridan 0,5–0,7 m masofada bo’lgan shpurlarga muzlash chuqurligigacha joylashtiriladi. Elektr zanjiri erigan tog’ jinsida qisqa tutashuv hosil qiladi va uning erish jarayoni pastdan yuqoriga qarab hosil bo’ladi. Eritishga ketgan elektr energiya sarfi 1 m3 tog’ jinsiga 8-10 kvt s ni tashkil etadi. Yuzaviy elektr isitgichda elektrod metal setka ko’rinishida eritiladigan uchastka yuzasiga yotqiziladi. Elektr ta’minoti yuqori chastotali generator orqali amalga oshiriladi. Par bilan eritish havo harorati 0 dan past bo’lib, bu holat uzoq davom etadigan iqlim sharoitlarida muzlagan tog’ jinslarida qo’llaniladi. Par bilan eritishda ichki diametri 19-22 mm, uzunligi 1,5-3 m bo’lgan po’lat trubalar qo’llaniladi. Bu trubalar shpurlarga joylashtiriladi (shpurlar orasidagi masofa 2-2,5m) yoki skvajinalar burg’ulanib, bu skvajinalarga par yuboriladi yoki boshqa isituvchi materiallar joylashtiriladi. Eritish davomiyligi 4-6 soatda 24-27 kg parni sarflab 1m3 tog’ jinsini eritish mumkin. Yuza qismini kuydirish yordamida eritish muzlagan tog’ jinsi yuzasida ko’mir qatlami, torf yoki o’tin yoqish orqali amalga oshiriladi. 1m3 tog’ jinsini eritish uchun yoqilgi sarfi: 30-60 kg ko’mir, 120-140 kg torf va 0,14-0,17 m3 o’tin sarflanadi. Gidravlik usul. Tog’ jinsini qazib olishning gidravlik usuli tog’ jinsi tarkibiga suv va eritmalar jo’natishga asoslangan. Shag’al va qum qazib olish korxonalarida gidravlik usul, suv bilan yuvib olish yoki kimyoviy aralashmalar qo’llaniladi. Bulardan tashqari burg’ulashning: elektrogidravlik, skvajinlarni burg’ulash va tog’ jinslarini kesishda (qirqishda) ultratovushlarni qo’llash, portlatib burg’ulash, plazmali burg’ulash turlari ham mavjuddir. Download 264.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling