Tog’ay murod nurmatova Dilnuraxon


Download 387.22 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi387.22 Kb.
#1645972
Bog'liq
TOG\'AY MUROD


TOG’AY MUROD
Nurmatova Dilnuraxon
17-21-guruh
Tog‘ay Murod (1948-2003) — uning asl ism-sharifi Tog‘aymurod Mengnorov bo‘lib, Tog‘ay Murod adabiy tahallusidir. U 1948 yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanining Xo‘ja Soat qishlog‘ida dunyoga kelgan. O‘rta maktabni 1966 yilda tugatib, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 1994 yil yozuvchi Abdulla Qodiriy nomidagi Respublika mukofoti sovrindori bo‘lgan, 1999 yil unga “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni topshirilgan.
TA’LIM
Qishlogʻidagi 43-maktabni bitirgach Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jur-nalistika fakultetida oʻqigan.
1985–1987 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutida oʻqigan. 
ISH JOYLARI
U respublika radiosida moharrir
(1972–1976), „Oʻzbekiston fizkulturachsi“ gazetasida tarjimon (1976–1978), „Fan va turmush“ jurnalida boʻlim muharriri (1982–1984) boʻlgan. 
IJODI
Dastlab kichik hikoyalari, ocherklari eʼlon qilingan. 1976-yilda bosilgan „Yulduzlar mangu yonadi“ nomli ilk qissasi bilan yaxshi yozuvchi sifatida tanildi. 1979-yilda „Ot kishnagan oqshom“, 1980-yilda „Oydinda yurgan odamlar“, 1985-yilda yozuvchining „Momo yer qoʻshigʻi“ qissalari chop etildi. Keyingi qissasi uchun yozuvchi Oybek nomidagi mukofot bilan taqdirlandi. Ularda halol, oqkoʻngil, toʻgʻrisoʻz, mard oʻzbek kishilarining betakror obrazlari yaratilgan. Oʻzbek adabiyotining yutugʻi sifatida eʼtirof etilgan bu qissalar tilining shoirona jozibadorligi, xarakterlarning yorqinligi, milliy ruhi bilan ajralib turadi. Togʻay Murod oʻzbek va jahon adabiyotining eng yaxshi anʼanalarini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan.
ROMANLARI
Otamdan qolgan dalalar“ (1993) romanida Oʻzbekistonning mustamlakaga aylanishi va tunu kun mehnat qilib, yashayotgan oʻzbek dehqonlarining mustabid tuzum yillaridagi ogʻir hayoti, iztiroblari hayotiy lavhalarda haqqoniy chizib berilgan. Asardagi Dehqonqul oʻzbek mehnatkashlarining umumlashgan obrazi darajasiga koʻtarilgan.
U boshiga yogʻilgan minglab musibatlarga chidab yashashga majbur boʻlsada, oʻz insoniy shaʼni, qadr-qimmatini baland tutadi, mustamlakachilarning yugurdaklarini ayovsiz fosh etadi. Asar asosida badiiy film yaratilgan (2001). „Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi“ romanida ham oʻz ijodiy mezonlariga sodiq qolib, yolgʻon eʼtiqodlar, soxta shiorlarga aldanib, hayotini yelga sovurgan sobiqfirqa rahbarlarining majoziy obrazlarini hajviy boʻyoqlarda tasvirlagan.
ROMANLARI
1993-yilda „Yoshlik“ jurnalida „Otamdan qolgan dalalar“ romani chop etildi. Togʻay Murod oʻzbek adabiyotiga betakror xarakterlarni, avval uchramagan uslubni olib kirdi. 1999-yilda „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“ unvoni berildi. 2001-yilda yozuvchining „Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi“ romani bosildi.
TARJIMALARI
ROMANLARI
Togʻay Murod tarjimonlik sohasida ham ijod qilgan. U Jek Londonning „Boyning qizi“ dramasi va hikoyalarini, E. Seton Tompsonning „Yovvoyi yoʻrgʻa“ qissasini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Yozuvchi 2003 yil 27 mayda Toshkent shahrida vafot etgan.
VAFOTI
Yozuvchi 2003 yil 27 mayda Toshkent shahrida vafot etgan.
FOYDALANILGAN MANBAALAR
  • https://uz.wikipedia.org/wiki/Tog’ay_Murod
  • https://arboblar.uz/uz/people/tagaj-murad

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 387.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling