Tohir malikning “alvido bolalik” asari tahlili tohir Malik


Download 0.59 Mb.
bet1/5
Sana13.01.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1090196
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Zokirboboyev Bobur asar tahlili


Group: 1908
Student: Zokirboboyev Bobur

TOHIR MALIKNING “ALVIDO BOLALIK” ASARI TAHLILI

Tohir Malik

Tohir Malik (Tohir Hobilov) 1946 yilning 27 dekabrida ziyoli oilada dunyoga keldi. Oʻzbek adabiyotida kam eʼtibor berilgan fantastika janriga aynan talabalik yillarida qoʻl urdi; bir qator asarlari kitobxonlar eʼtiborini oʻziga tortdi. “Hikmat afandining oʻlimi” (1972) asari oʻzbek adabiyotida fantastika yoʻnalishidagi birinchi qissa sanaladi. Shu yoʻnalishdagi bir qator hikoyalari, “Falak” (1976), “Zaharli gʻubor” (1978), “Somon yoʻli elchilari” (1979), “Tiriklik suvi” (1984) qissalari, “Devona” romani (1985, dastlab “Chorrahada qolgan odamlar” nomida nashr etilgan), “Qora farishta” (2005) kitobi chop etildi; bu asarlar rus hamda boshqa xorij tillariga tarjima qilindi. Tohir Malikning yana “Alvido… bolalik” (1989), 5 kitobdan iborat “Shaytanat” (1994,1995,1997,2001,2011), “Murdalar gapirmaydi” (1994), “Yomonlikdan yiroq boʻling” (2001), “Talvasa” (2007), “Tilla kalamush” (2007), “Voy, onajonim” (2009), “Sohilsiz dengiz”, “Padarkush” (2011), “Samum” (1-2 kitob, 2012–2013), “Charxpalak”, “Halovat”, “Shaytanatning jin koʻchalari”, “Nomus”, “Kuyov bola, sizga aytar soʻzim bor” (2012), 12 jildli “Tanlangan asarlar“, Munojot” (2013), “Umidlar dashti”, “Umidimiz yulduzlariga” (2014), “Poʻrtanali ummonda suzar hayot qayigʻi (1-2 kitob, 2015) kabi roman, qissa, hikoyalar, badealar kitoblari nashr etildi.

ALVIDO BOLALIK

  • Janri: qissa
  • Muallif ijodiy metodi: realizm

Asar mavzusi

“Alvido, bolalik” asari Tohir Malik ijodida alohida o’rin tutadi. Asardagi asosiy mavzu—hech kim jinoyatchi bo’lib tug’ilmaydi, bolani atrof-muhit, jamiyatdagi turli illatlar jinoyatchiga aylantiradi. Bu haqda adibning so’zi shunday edi: “Men o’smirlar va yoshlarning jinoyat ko’chasiga kirib qolayolganlariga befarq qarab turolmayman. Bolalar axloq tuzatish koloniyalariga har borganimda yuragim eziladi. Ozod, erkin yashab, hunar o’rganadigan bolalar bu yerga qanday tushib qoldilar?! Nahot jinoyat olami ularga jozibali ko’rinsa?! Men jinoyat olamini ,,Shaytanat”, ya’ni shaytonlar yetovidagi zulmkorlar mamlakati deb atab, “ehtiyot bo’ling, jigarlarim, bu ko’chaga yaqin yo’lamang. Boshi berk bu ko’chaning adog’ida faqatgina azob topasiz,” — demoq niyatida yozdim. Yozganlarmni ogohlantirish deb qabul qilishingizni istar edim’. Darhaqiqat, asarning bosh g’oyasi jinoyat olamiga kirib qolgan o’smir-yoshlarning ayanchli taqdirini yoritish bilan bir qatorda bunga kim aybdor ekanligini ko’rsatib berishdan iboratdir.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling