Jinoyatning obyekti tushunchasi Jinoyat obyektining turlari Jinoyat predmetining jinoyat sodir etish


Download 27.27 Kb.
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi27.27 Kb.
#1393090
  1   2   3   4
Bog'liq
JINOYAT PREDMETINING JINOYAT SODIR ETISH QUROLI VA VOSITASIDAN


JINOYAT PREDMETINING JINOYAT SODIR ETISH QUROLI VA VOSITASIDAN



  1. Jinoyatning obyekti tushunchasi

  2. Jinoyat obyektining turlari

  3. Jinoyat predmetining jinoyat sodir etish

Jinoyatning obyekti jinoyat tarkibining elemenentlaridan biridir. Har qanday jinoyat shubhasiz u yoki bu obyektni tajovo‘z qilish bilan sodir etiladi. Shuning uchun jinoyat obyektini to‘g‘ri aniqlash jinoyat-ning huquqiy mohiyatini aniqlash, eng asosiysi, jinoyat obyektiga yetkazilgan zararga qarab, qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish imkonini beradi.


Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning obyekti deganda, ji-noyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan har qanday ijtimoiy munosabat jinoyatning umumiy obyekti hisoblanadi. Masalan, Jinoyat kodeksi 2-moddasida:“Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovo‘zlardan qo‘riqlashdan iboratdir”, -deyilgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni tomonidan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar jinoyatning umumiy obyekti hisoblanadi.
Ammo har qanday ijtimoiy munosabatlar ham jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyekt bo‘la bermaydi, ba’zi ijtimoiy munosa-batlar boshqa huquqiy normalar bilan qo‘riqlanadi. Masalan, qarz beruvchi bilan qarzdor o‘rtasida da’volar fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi.
Jinoyat obyektini aniqlash orqali aybdor qanday jinoyat (o‘g‘ri-lik, nomusga tegish, haqorat qilish va hokazolar)ni sodir etganligini aniqlashimiz mumkin.
Jinoyat obyekti har bir jinoyat tarkibining zaruriy elementidir. Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanmaydigan obyektga qarshi qaratilgan harakat jinoyat hisoblanmaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ayrim hollardagina Jinoyat kodeksining moddalarida jinoyatning obyekti to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsa-tilgan bo‘ladi. Qolgan barcha hollarda jinoyat obyekti Jinoyat kodeksi Maxsus qismining aniq bir moddasida nazarda tutilgan qilmishning jinoyat tarkibi uning joylanishi bo‘yicha tahlil etib aniqlanadi. Ijtimoiy munosabatlar insonlar o‘rtasidagi hayotiy faoliyat jarayonida vujudga keladigan ma’lum aloqalardir. Ma’lumki, har qanday ijtimoiy muno-sabat tarkibiga albatta, uning subyektlari kiradi. Shuning uchun ijtimoiy munosabatlarning subyekti har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs (davlat, birlashma, jamoa va boshqalar) bo‘lishi mumkin. Har qanday ijtimoiy munosabatning zaruriy elementi uning predmetidir. Aybdor jinoyat predmetiga ta’sir etish bilan Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadi. Masalan, o‘zganing mulkini o‘zlashtirishda aybdor shaxs mulkiy munosabat-larga ta’sir etib, jinoyat predmeti hisoblangan pul, qimmatbaho buyumlar yoki boshqa narsalarni talon-taroj qiladi.
Jinoyat predmeti jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyekt-ning ijtimoiy xavfli harakat to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladigan elementidir.
Jinoyatning obyekti va predmeti aynan bir xil bo‘lmaydi. Biroq shuni hisobga olish kerakki, predmet har doim ham jinoyatning doimiy belgisi bo‘lib hisoblanmaydi. Jinoyat kodeksida shunday jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik ko‘zda tutilganki, ularning pred-metini ko‘rsatish qiyin, chunki predmet deyilganda moddiy (ko‘z bilan ko‘riladigan, o‘lchovi, sifati va o‘ziga xos belgilariga ega bo‘lgan) narsani tushunamiz.
Jinoyat predmetini to‘g‘ri aniqlash jinoyatni tasniflashda, uni boshqa o‘xshash jinoyat tarkibining belgilaridan ajratish, jazoni og‘irlashtiruvchi holatlarda mavjudligini aniqlash va kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega.
Jinoyat tarkibini tahlil etishda jinoyatni sodir etishda foydalanil-gan vosita va qurollarini jinoyat predmetidan ajratish lozim. Jinoyat sodir etishda foydalanilgan vosita va qurollar moddiy narsalar bo‘lib, ulardan aybdor jinoyatni sodir etish, ya’ni jinoiy natijaga erishish, jinoyat predmetiga ta’sir etish uchun foydalanadi.
Jinoyat vositalari va qurollarining jinoyat predmetidan farqi shundaki, jinoyat vositasi va qurolidan jinoyatni sodir etishda foyda-laniladi. Masalan, qandaydir narsadan jinoyatchi jinoyat sodir etishda (osonroq bo‘lishi uchun) foydalansa, vosita yoki qurol hisoblanadi. Jinoyat tufayli ta’sir etiladigan narsalar jinoyatning predmeti bo‘ladi. Masalan, o‘g‘rilik orqali pul talon-taroj qilinsa, bu jinoyatning predmeti pul bo‘ladi.
Ba’zi qurol va vositalar turli sharoitlarda jinoyat predmeti yoki jinoyat vositasi bo‘lishi mumkin. Masalan, talon-taroj qilishda pul jinoyat predmeti bo‘ladi, lekin u pora berishda jinoyat vositasi ham bo‘lishi mumkin. Yoki qurol odam o‘ldirishda jinoyat vositasi bo‘lsa, u qonunga xilof ravishda qurol saqlash jinoyatining predmeti bo‘ladi.

Download 27.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling