Jinoyatning obyekti tushunchasi Jinoyat obyektining turlari Jinoyat predmetining jinoyat sodir etish
Download 27.27 Kb.
|
JINOYAT PREDMETINING JINOYAT SODIR ETISH QUROLI VA VOSITASIDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus obyekt
2. Jinoyat obyektining turlari
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning obyekti: umumiy, maxsus, bevosita obyektlarga ajratiladi. Umumiy obyekt deyilganda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlarning yig‘in-disi tushuniladi. Jinoyat kodeksi 2-moddasida muhofaza obyektlari sifatida shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, mulk, tabiiy muhit, tinchlik, insoniyat xavfsizligi ko‘rsatilgan bo‘lib, ular-ning hammasi birgalikda umumiy obyekt hisoblanadi. Jinoyatning umumiy obyekti tushunchasi jinoyatning ijtimoiy-siyosiy mohiyatini ochib beradi. Umumiy obyekt barcha jinoyatlar uchun bitta, zero har qanday jinoyat u yoki bu ijtimoiy munosabatga zarar yetkazib, Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan boshqa ijtimoiy munosabatlarga ham ziyon yetkazadi, shuning uchun ijtimoiy muno-sabatlarning bir guruhiga emas, balki barchasiga ta’sir etadi. Maxsus obyekt jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra bir-biriga o‘xshash yoki yaqin bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni o‘z ichiga oladigan obyektlar guruhidir. Maxsus obyekt jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan umumiy obyektga kiruvchi bir-biriga yaqin yoki o‘xshash ijtimoiy munosabat-larni o‘z ichiga oladi. Bu ijtimoiy munosabatlar guruhiga obyektlarni erkin va pala-partish ravishda kiritmasdan ularning o‘xshashligi (bir turdaligi)ga qarab ajratiladi. Maxsus obyekt Jinoyat kodeksi Maxsus qismidagi jinoyat huqu-qiy normalarni klassifikatsiya qilish asosida aniqlashadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi xuddi shu tartibda, ya’ni maxsus obyektni hisobga olgan holda tuzilgan. Maxsus obyektni to‘g‘ri aniqlash ijtimoiy xavfli harakatning xususiyati va ahamiyatini, uning qo‘riqlanayotgan ijtimoiy munosa-batlar tizimidagi o‘rnini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, obyekt jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini va xususiyatini aniqlashga yordam beradi. Jinoyat huquqi Maxsus qismi tizimida boblarning joylashuvi tartibi, avvalo, jinoyat obyektining ahamiyati va jamiyat uchun bo‘l-gan qimmatiga bog‘liq qonun chiqaruvchi organ tomonidan belgi-landi. Maxsus qism boblarining ma’lum tartibda qonun bilan qo‘riq-lanadigan ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati jihatidan joylashtiri-lishi bu munosabatlarni qo‘riqlashning muhimligini ta’kidlaydi. Jinoyat qonunining rivojlanish tarixida birinchi marta 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan amaldagi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tizimida insonning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati va hokazolarni qo‘riq-lashga ustuvor ahamiyat berildi, ya’ni fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinligi, hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati birinchn o‘ringa qo‘yilgan. Jinoyat kodeksining birinchi bo‘limi “Shaxsga qarshi jinoyatlar” deb ataladi. Maxsus qismda ikkinchi o‘rinda tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar va uchinchi o‘rinda iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar va boshqa guruhdagi jinoyatlar muayyan ketma-ketlik asosida joylash-tirilgan. Download 27.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling