Jinoyatning obyekti tushunchasi Jinoyat obyektining turlari Jinoyat predmetining jinoyat sodir etish


Download 27.27 Kb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi27.27 Kb.
#1393090
1   2   3   4
Bog'liq
JINOYAT PREDMETINING JINOYAT SODIR ETISH QUROLI VA VOSITASIDAN

Bevosita obyekt deyilganida ijtimoiy xavfli tajovo‘z bevosita qaratilgan ijtimoiy munosabat tushuniladi. Aynan jinoyatning bevosita obyektini to‘g‘ri aniqlash jinoyatni kvalifikatsiya qilishda katta ahamiyat kasb etib, jinoyatga yarasha jazo tayinlashda muhim o‘rin tutadi.
Jinoyat sodir etilayotganida birdaniga bir necha bevosita obyekt-larga zarar yetkazilishi mumkin. Ayrim hollarda bu jinoyatni kvalifi-katsiya qilishga ta’sir etsa, boshqa hollarda ta’sir etmaydi, ammo jazo tayinlanishida hisobga olinishi lozim. Masalan, bosqinchilik (Jinoyat kodeksi, 164-modda) ikki obyektli jinoyat hisoblanadi. Bosqinchilik sodir etishda aybdor shaxs o‘zgalar mulkiga tajovo‘z qilish bilan birga jabrlanuvchining sog‘lig‘iga ziyon yetkazadi. Bir jinoyat sodir etilga-nida bir necha obyektga zarar yetkazilgan bo‘lsa, obyektlar ichidan yetkazilgan zararning muhimligini Jinoyat kodeksi Maxsus qismidan aniqlanadi va u bevosita obyekt hisoblanadi.
Jinoyatning bevosita obyektini jinoyat huquqi nazariyasida 3 turga bo‘lib o‘rganiladi :
1)asosiy bevosita obyekt;
2)qo‘shimcha bevosita obyekt;
3)fakultativ bevosita obyekt.
Agar jinoyatning bevosita obyekti bitta emas, balki bir nechta bo‘lsa, ulardan biri asosiy obyekt hisoblanadi. Chunonchi, bezorilik-ning asosiy obyekti jamoat tartibi, bosqinchilikni mulk, yolg‘on xabar berishni odil sudlov organlarining to‘g‘ri ishlashidir. Mana shu asosiy obyekt konkret jinoyatni Jinoyat kodeksining tegishli bobiga kiritish uchun asos bo‘ladi.
Ikki obyektli jinoyatlarda zarar asosiy obyektdan tashqari boshqa obyektga ham yetkazilib, u qo‘shimcha obyekt hisoblanadi. Qo‘shim-cha obyekt murakkab tarkibli jinoyatlarda bo‘lib, boshqa jinoyat tarkibidan ajratishda muhim ahamiyatga egadir.
Jinoyat huquqi nazariyasida yana fakultativ obyekt degan tushun-cha ham bor. Bu shunday ijtimoiy munosabatdirki, jinoyat sodir etil-ganda ma’lum zarar yetkazilishi ham, yetkazilmasligi ham mumkin. Masalan, bezorilik (277-modda) sodir etilganda, aybdor tomonidan shaxsning sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi yoki yetkazilmasligi ham mumkin. Shuning uchun fakultativ obyekt shunday obyektki, shu obyektsiz qilmish muayyan jinoyat tarkibini tashkil etmasligi ham mumkin.
Ayrim hollarda jinoyatning bevosita obyekti jinoyat huquqiy normada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi. Jinoyat kodeksining 157-moddasi “Davlatga xoinlik qilish” deb atalgan. Bu moddada yozilishi-cha:“Davlatga xoinlik qilish, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi fuqa-rosining O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy daxlsiz-ligi, xavfsizligi, mudofaa salohiyati yoki iqtisodiyotiga zarar yetka-zish...” yoki Jinoyat kodeksining 158-moddasida “O‘zbekiston Res-publikasi Prezidentining hayotiga tajovo‘z qilish” uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, bu jinoyatlarda bevosita obyekt to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lib, bular O‘zbekiston Respublikasi suvereni-teti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, iqtisodiyoti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hayotidir.
Ko‘p hollarda jinoyat-huquqiy normada bevosita obyekt to‘g‘ri-dan to‘g‘ri ko‘rsatilmaydi. Shuning uchun moddalar joylashuviga qarab jinoyatning ijtimoiy-siyosiy mohiyati va yuridik tahlili asosida Jinoyat kodeksining Maxsus qismida ko‘zda tutilgan jinoiy javobgarlikni belgilovchi norma aniqlanadi.

Download 27.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling