Topshirdi: Mamasidiqov Umidjon


Download 22.44 Kb.
Sana05.02.2023
Hajmi22.44 Kb.
#1167276
Bog'liq
OLIY VA O


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI

Havo- tomchi orqali yuquvchi infeksiyalar


Topshirdi: Mamasidiqov Umidjon

Havo-tomchi orqali yuquvchi infeksiyalar

Bu guruhga kiradigan kasallik


mikroblari bemor tanasidan nafas chiqarganida, yo‘talganida,
aksirganida yoki gapirganida atrofdagi havoga ajralib chiqadi va
sog‘lom kishi tanasiga nafas yo‘llari orqali tushadi. Shu tariqa
kasallikka xos bo‘lgan o‘zgarishlar, asosan, burun, tomoq, halqum,
kekirdak, bronxlar shilliq qavatida ro‘y beradi, ba’zan o‘t ham
jarohatlanadi. Ayrim kasalliklarda esa mikrob qonga o‘tadi.
Bu guruhga kiruvchi gripp va o‘tkir respirator kasalliklar
g‘oyat keng tarqalgan xastaliklar hisoblanadi. Bolalarda nafas yo‘llari
kattalarga nisbatan ko‘proq uchraydi.
Boshqa guruhga kiruvchi xastaliklarga nisbatan bu guruhga
mansub kasalliklar tez va oson tarqalishini e’tiborga olib, o‘z vaqtida
aniqlab bemorni alohidalash zarur. Kasallikdan saqlanish maqsadida
ba’zi hollarda, doka niqob taqish tavsiya etiladi. Qizamiq, ko‘kyo‘tal,
difteriya, epidemik parotit (tepki), meningokokk infeksiyasi, gripp
va o‘tkir respirator kasalliklar shu guruhga kiradigan xastaliklardan
hisoblanadi.
Yuqumli kasalliklar avj olgan davrda tashxis qo‘yish unchalik
murakkab emas. Bu davrda har bir kasallikning o‘ziga xos bo‘lgan
klinik alomatlari yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Eslatib o‘tilganidek,
yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishning asosiy tamoyillaridan
biri — kasallikni erta aniqlash va tarqalib ketishiga yo‘l
qo‘ymaslik. Bu ancha murakkab ish va ko‘p jihatdan mutaxassi-
sining tajribasi hamda malakasiga bog‘liq. Yuqumli kasallikni
aniqlashda boshqa sohalarda foydalaniladigan ananaviy usullar bilan
bir qatorda ba’zi maxsus usullardan ham foydalaniladi.



Download 22.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling