Topshirdi: Mamasidiqov Umidjon
Download 22.44 Kb.
|
OLIY VA O
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI Havo- tomchi orqali yuquvchi infeksiyalar Topshirdi: Mamasidiqov Umidjon Havo-tomchi orqali yuquvchi infeksiyalar Bu guruhga kiradigan kasallik mikroblari bemor tanasidan nafas chiqarganida, yo‘talganida, aksirganida yoki gapirganida atrofdagi havoga ajralib chiqadi va sog‘lom kishi tanasiga nafas yo‘llari orqali tushadi. Shu tariqa kasallikka xos bo‘lgan o‘zgarishlar, asosan, burun, tomoq, halqum, kekirdak, bronxlar shilliq qavatida ro‘y beradi, ba’zan o‘t ham jarohatlanadi. Ayrim kasalliklarda esa mikrob qonga o‘tadi. Bu guruhga kiruvchi gripp va o‘tkir respirator kasalliklar g‘oyat keng tarqalgan xastaliklar hisoblanadi. Bolalarda nafas yo‘llari kattalarga nisbatan ko‘proq uchraydi. Boshqa guruhga kiruvchi xastaliklarga nisbatan bu guruhga mansub kasalliklar tez va oson tarqalishini e’tiborga olib, o‘z vaqtida aniqlab bemorni alohidalash zarur. Kasallikdan saqlanish maqsadida ba’zi hollarda, doka niqob taqish tavsiya etiladi. Qizamiq, ko‘kyo‘tal, difteriya, epidemik parotit (tepki), meningokokk infeksiyasi, gripp va o‘tkir respirator kasalliklar shu guruhga kiradigan xastaliklardan hisoblanadi. Yuqumli kasalliklar avj olgan davrda tashxis qo‘yish unchalik murakkab emas. Bu davrda har bir kasallikning o‘ziga xos bo‘lgan klinik alomatlari yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Eslatib o‘tilganidek, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishning asosiy tamoyillaridan biri — kasallikni erta aniqlash va tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik. Bu ancha murakkab ish va ko‘p jihatdan mutaxassi- sining tajribasi hamda malakasiga bog‘liq. Yuqumli kasallikni aniqlashda boshqa sohalarda foydalaniladigan ananaviy usullar bilan bir qatorda ba’zi maxsus usullardan ham foydalaniladi. Download 22.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling