Topshiriq Taqriz namunasini yozish. Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti biotexinologiya kafedrasi o'qituvchilari m. G. Ismailova, D. T. Turaeva


Download 30.87 Kb.
Sana31.05.2020
Hajmi30.87 Kb.
#112494
Bog'liq
Akademik yozuv - 2. 10 - Topshiriq


  1. topshiriq Taqriz namunasini yozish.

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI SANOAT FARMATSIYASI FAKULTETI BIOTEXINOLOGIYA KAFEDRASI O'QITUVCHILARI M.G.ISMAILOVA, D.T.TURAEVA , N.A. ABZALOVALAR TOMONIDAN TUZILGAN (B IOFAOL MODDALAR TEXINOLOGIYASI) FANIDAN O’QUV.USLUBIY MAJMUAGA

TAQRIZ

Mazkur o'quv-uslubiy majmua bajarishda "Ta'lim to,g,risidagi qonun", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" materiallaridan metodologik asos sifatida foydalanilgan. O'quv-uslubiy majmuada pedagogik kuzatish, taqqoslash, induktiv va deduktiv fiklash jarayonlari, talabalaming o'zlashtirish jarayonining tahlili, yangi fikrlar va yechimlar sodda va tushunarli tarzda bayon etilgan. Ushbu o'quv-uslubiy majmua sanoat miq'yosida turli xil o’simlik va hayvon organizmlar asosida biologik faol moddalami ajratib olish texnologiyalari, biofaol moddalami tozalash , dorivor xom ashyolarini kompleks qayta ishlash va ulardan dori shakllarini olish texnologiyalarini to'liq mujassamlashgan. Ushbu o'quv-uslubiy majmua o'qitish tizimining eng zamonaviy texnologiyalariga asoslangan bo'lib, axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, talabaning mustaqil faoliyatiga asoslangan. Interfaol texnologiyalar mustaqil faoliyat asosida talabalarda bilim, ko'nikmalarni shakllantirish, ularda rejalashtirish, o'z-o’zini boshqarish va nazorat qilish, o'zlashtirish bo'yicha samarali natijani ta'minlashga qaratilgan eng samarali yondashuvlardan biri bo'lib qolmoqda. Ushbu o'quv-uslubiy majmua 5320500-Biotexnologiya (4-kurs) va 5510600-Sanoat farmatsiyasi (4-kurs) ta'lim yo'nalishlari uchun ishlab chiqilgan bo'lib, ma’ruza matnini tuzishda xorijiy manbalardan foydalanilgan. Satoshi Omura. The Search for Bioactive Compounds from Microorganisms. @ 2012 Spring-Vertag New York, Inc. Softcover reprint of the hardcover Ist edition 2012 va B.Glik, J.Pasternak 20L2 e. shular jumlasidandir. o'quv-ishchi dastur mazmuni yangilangan. Kelajakda xorijiy manbalar asosida yanada yangi mavzular kiritishni tavsiya etaman.



1-mashq. Matnni o’zbek tiliga tarjima qilish.

Sharh


Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti rus tili o'qituvchisi Yoqubova Feruzaxon Askarovnaning "Rus tilidagi turkizmlarning o'rni" maqolasiga Maqola Yakubova F.A. rus tilidagi turkizmning roli va o'rniga bag'ishlangan. Ushbu maqolada rus tilidagi turkiyizmning o'ziga xosligi va tarqalishi muhokama qilinadi va tahlil qilinadi, shuningdek, tarixiy, etimologik va leksik-semantik omillar majmuasini hisobga olish muhim bo'lgan turkiyizmni tarixiy va leksikologik o'rganish olib boriladi. Leksiko-semantik xususiyatlar asosan olingan so'zni tavsiflaydi, ya'ni. Xronologik va irsiy xususiyatga ega materiallar faqat leksik va semantik tarixni tilni qayta tiklovchi sifatida boshlashi uchun juda oz yoki oz darajada o'zlashtirildi. Muallif rusizmda turkiyizmning aks ettirishiga e'tibor qaratadi. Muallif ushbu tillarning spikerlari tarixida slavyan va turkiy tillarning o'zaro ta'sirini aniqlashda jiddiy tadqiqotlar olib borgan. Tahlilda turkiyizmning fonetik, morfologik, leksik jihatlari aniqlandi. Ushbu tadqiqotning dolzarbligi va yangiligi shundaki, muallif rus tilida turkizmlarni o'rganish ma'lum bir tilni rivojlantirish va boyitishni yanada ob'ektiv tushunish uchun zarur degan xulosaga keladi. Rus tili o'qituvchisi Yakubova F.A.ning "Rus tilidagi turkizmlarning o'rni" ilmiy maqolasi. Ushbu turdagi ilmiy ish uchun barcha talablarga javob beradi. Ushbu maqola nashr etish uchun tavsiya etilishi mumkin.

Sharhlovchi Axmedova M.X., t.f.n.

TATU dotsent


2-topshiriq. Quyidagi matndan foydalanib, Insert jadvalini to‘ldiring.



V


+


-


?

Tomas Alva Edison bolalikdan kitob o‘qishga juda qiziqardi. Ayniqsa, kimyo va fizikaga oid kitoblarni sevardi.



Tovushni yozib olish hayotga ana shu yo‘sinda kirib keldi. Bu voqea 1877 yilda sodir bo‘lgan edi.








yosh Edison poyezdlarda gazeta sotuvchi bo‘lib ishladi.

Tez orada Edison AQSh Kongres-sidagi ovozlarning avtomatik hisoblagichini ixtiro etdi.







Edison temir yo‘l tormozi hamda kinetoskopni ixtiro etdi (1887), fonografni (1889) hamda kinoga olish kamerasini takomillashtirdi, quyma beton uylarni qurish, sement ishlab chiqarish usullarini ishlab chiqdi.


Edison1882 yili dunyoda birinchi marta ko‘pchilik foydalanadigan elektr stansiyasini ishga tushirdi.







3-mashq. Tomas Edison haqida ma’lumot tayyorlang.

Thomas Alva Edison (Tomas Alva Edison; 11-fevral 1847 – 18-oktabr 1931) — butun dunyoga mashhur amerikalik ixtirochi. Edison AQShda 1093 ta, dunyoning boshqa mamlakatlarida esa 3 mingga yaqin patentlarga ega boʻldi. U telegraf, telefon, kinoapparaturani takomillashtirdi, xavfsiz elektr choʻgʻlanma lampasini yaratdi, dastlabki elektrovozlarga asos soldi, fonografni kashf etdi. Aynan u "Allo"ni taklif etgan.

Edison Tomas Alva (1847.11.2, Maylan, Ogayo shtati — 1931.17.10, UestOrinj, NyuJersi shtati) — elektrotexnika sohasidagi amerikalik ixtirochi va yirik elektrotexnika kompaniyalari egasi. Dastlab (12 yoshidan) gazeta tarqatuvchi, keyin telegrafchi boʻlib ishlagan. 1868 yildan ixtirochilik bilan shugʻullangan. Axborotlarni (birja kurslarini) tele graf orqali uzatish asbobini loyihalagan, koʻp karrali telegraflash boʻyicha ishlagan, yozuv mashinkasini takomillashtirgan, fonograf ixtiro qilgan (1877), choʻgʻlanma lampani yaratgan va A. Bell telefonini takomillashtirgan (1879). Elektr bilan yoritish tizimini ishlab chiqqan, elektr energiyasi bilan taʼminlashni markazlashtirish ustida ishlagan. Kinotexnika, temir yoʻl, kon va qurilish ishlarida, kimyo va boshqalar sohalarga doir loyihalari bilan qatnashgan. E. loyihasi boʻyicha NyuYorkda dunyodagi birinchi umumfoydalaniladigan oʻzgarmas tok elektr stansiyasi qurilgan (1882). E. effekti deb atalgan termoion emissiyani kuzatgan (1883). Nobel mukofoti laureati (1915).

Mashhur kashfiyotlari:

Edison koʻpgina muhim kashfiyotlarning muallifidir. (Edisonning hayoti davomida AQShdagi patentlar byurosi unga 1093 ta patentni beradi — bunday miqdordagi patentlarni hali hech bir odam olmagan). Ular ichida:


  • Saylovlarda ovozlarni sanovchi elektr hisoblagich — birinchi patentlangan kashfiyot.

  • Choʻgʻlanma lampadagi ip uchun uglerodning (kuydirilgan qogʻoz) ishlatilishi.

  • Fonograf

  • Kinetograf

  • Trafaretli bosma

  • Akkumulator

  • Elektr stuli

  • "Allo"ni taklif etdi.



3-topshiriq. Maqola so’ziga sinkveyn tuzing.

“Sinkveyn” (5-qator) texnikasi:

1-qator - tushuncha - ot

2-qator – ma’lumot beradi

3-qator – yoziladi,nashr etiladi.

4-qator – matn kabidir.

5-qator - 1 so‘zdan iborat sinonim

4-mashq O‘zingiz yoqtirgan kitobga taqriz yozing.

Yozuvchi, psixolog Ozoda Turmuhamedovaning “Ong osti sirlarikitobiga TAQRIZ



Ushbu kitob yozuvchi tomonidan juda mukammal ishlangan bo’lib, 11 sahifadan iborat. Kitob “Yangi asr avlodi” nashriyotida 2017- yil chop etilgan. Kitob balog’atga yetgan o’smirlardan boshlab kata insonlar uchun hayotda juda yaxshi yordamchi bo’la oladi. O’smirlardagi ruhiy holatlar nimadan kelib chiqishi va hayoti davomida qanday ijobiy va salbiy jarayonlarga olib borishi yaqqol misollar orqali ko’rsatilgan. Inson o’ziga qattiq ta’sir qilgan ijobiy yoki salbiy narsalarni tezda ong ostiga singdiradi. Masal, ota-onalar bola yoshligidan “buni qilib bo’lmaydi, qilish qo’lindan kelmaydi, qiyin” kabi so’zlarni bola ongiga sindirib borishadi. Bu esa albbat noto’g’ri. Bola keljakda esa qo’lidan keladigan ishlar uchun ham o’ziga bir devor yasab oladi. Yana insonlar hayotda yaxshi narsalardan ko’ra ko’proq yomon narsalarni o’ylashadi. “Men o’qishga kira olmasamchi, baxtli bo’la olmasamchi ” va boshqalar hayolidan ketmaydi. Bu insonni g’am va tushkunlik botqog’iga g’arq qiladi. Va sekin asta o’ylayotgan negative fikrlar amalga oshadi. Kitobni to’liq o’qib chiqqan inson esa hayotda hech ham negative fikramalikni, har bir narsaga nisbatan “juda tez va oson” kabi ijobiy fikrlarni qo’llashni o’rganadi. Insonlar uchun yashashni ham o’rgata oladi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ko’ngilsizliklarni inson o’zi tortib oladi. Koinot esa unga so’ragan barcha narsalarini beradi. Demak inson har bir narsani ijobiy ta’raflarini o’ziga tortib olishi kerak. Bau kitobni ochib bir varog’ini o’qigan inson tugatmasdan qo’ymaydi. Insonnga g’ayri odiiy kuch bera oladi, g’amginlik, tushkunlik, dangasalik, qo’rqoqlik va shu kai hayotda uchraydigan barcha salbiy kechinmalardan qutqaradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, kitob mutoola qilivchini zeriktirmaydi, yanada hayotda yashashga undaydi, nimagadur o’rgata oladi, insonni hayotni g’ozal ta’rafini ko’rsata oladigan qilib, ong ostini esa o’zi boshqara oladigan qilib tarbiyalaydi.

Toshkent davlat axborot texnologiyalari universteti talabasi: X.H. Abdurazzoqov

4-topshiriq. Biror taniqli olimning xayoti va faoliyati haqida maqola tayyorlang.

NAIM KARIMOV. BUYUK TILSHUNOS OLIM


“Ufenomenal qobiliyatli olim edi: janubiy xitoychadan shimoliy xitoychaga tarjima qilar, barcha Yevropa tillarini, Eron tilini, hinduni, barcha turkiy tillarni, fin tillarini bilardi. Birinchi jahon urushi yillarida Yevgeniy Dmitriyevich Tashqi ishlar nozirligida xizmat qilib, maxfiy hujjatlar saqlanishiga aloqador bo‘lgan. Fevral inqilobi kunlarida men qo‘zg‘olonchilar tomonida bo‘lib, bronemashinalarni shaharga olib chiqdim va Nevskiy prospektining Sadovaya ko‘chasiga burilish joyida Polivanov bilan uchrashib qoldim. Yevgeniy Dmitriyevich bir qo‘li yo‘q bo‘lishiga qaramay, bir guruh kishilar bilan birga barrikada qurib, tramvay vagoni bilan obnimusni ag‘darib tashladi. Fevral inqilobidan so‘ng Polivanov hammani hayratga solib, leninchi-bolshevik bo‘lib qoldi, bu o‘sha davrda akademiyaga yaqin davralar tomonidan g‘arazgo‘ylik bilan qarshi olindi...” Ushbu so‘zlar mashhur rus yozuvchisi Viktor Shklovskiyning 1963 yil fevralida SSSR prokuraturasiga yozgan xatidan olindi. O‘ylaymizki, shu so‘zlarning o‘zidanoq quyida hikoya qilmoqchi bo‘lganimiz Ye.D.Polivanov murakkab hayot yo‘lini bosib o‘tgan, boshqa aksar zamondoshlari singari, olovli yillar romantikasi ta’sirida bolsheviklar safiga kelib qo‘shilgan, ularning buzg‘unchilik va talonchiliklarni ko‘rgandan keyin esa sobiq safdoshlaridan yuz o‘girgan o‘z davrining farzandi ekanligi oydek ravshan bo‘ladi. Ammo bu chala haqiqat. Zero, Ye.D.Polivanov o‘z davriga sig‘magan, V. Shklovskiy ta’biri bilan aytsak, “genial qobiliyatlar sohibi”, XX asrda yashagan buyuk tilshunos va sharqshunos olimdir. Polivanovning ayrim zamondoshlari esa uni o‘z davridan ildamlab ketgan noyob olim sifatida e’tirof etadilar.
Download 30.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling