Toshkent Davlat Transport Universiteti "Texnosfera xavfsizligi" kafedrasi


Download 312.08 Kb.
bet1/4
Sana14.04.2023
Hajmi312.08 Kb.
#1357209
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5303485557664392876

Temir yo’l transporti muayyan ishchilarining mehnatini tashkil qilishda ergonomik muammolar

Toshkent Davlat Transport Universiteti

"Texnosfera xavfsizligi" kafedrasi

TVL-10 guruh talabasi Axtamova Laylo

Reja:

  • Ergonomika o’zi nima?
  • Ergonomika tarixi
  • Temir yo’lchilar faoliyatidagi ergonomic muammolar

Ergonomika o’zi nima?

Ergonomika (yunoncha: — ish, mehnat va — qonun) — kishi (kishilar guruhi)ni ishlab chiqarish faoliyati sharoitlari bilan bogʻliq holda kompleks oʻrganadigan fan; mehnat qurollari, sharoitlari va jarayonlarini takomillashtirish maqsadlarida inson, texnika, ishlab chiqarish muhitining oʻzaro taʼsiri va aloqalarini tadqiq etadi. Qadimdan mukammal mehnat qurolini ixtiro qilish, mehnat jarayonida inson organizmi holatini oʻrganish biror ishini bajarish uchun eng maqbul sharoitlar yaratish maqsadlari bilan bogʻliq boʻlgan. Insonning mehnat faoliyata uchun ent oʻngʻay mehnat qurollari, eng qulay mehnat sharoitlari yaratish yoʻlidagi dastlabki qadamlar 20-asr boʻsagʻasida boshlandi. Bu sohada birinchi keng miqyosdagi amaliy tadqiqotlar amerikalik amaliyetchimuhandis va menejer, ilmiy boshqarish maktabi asoschisi U.F.Teylor (qarang Teylorizm) tomonidan bajarildi.

Ergonomika tarixi

Ergonomika fani qadim zamonlarda bo'lganmi?-degan savolning tug'ilishi tabiiy. Mazkur qo'llanmaergonomikaga bag'ishlanganligi sababli bu savolga javob qidirish lozim, albatta. Insoniyat sivilizatsiyasining boshlanishida kishi tafakkuri niho -yatda sodda boiganligi ko'pchilik olimlar tomonidan e'tirof etiladi.Odamzod hayoti davomida yaxshi, mazmunli hayot kechirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va shu maqsadlari yo'lida kurashib kelgan U qurol yasagan, ov qilgan. Dastlabki ov qurollari mukammal tuzilishga ega bo'lmaganligi sababli ular ko'pincha pand yeyishgan. Ko‘p hollarda yirtqich hayvonlar qurboni bo'lishgan. Inson o'zining ijtimoiv sharoitini ham uzoq izlanishlari davomida yaratgan. Dastlabki qurilmalar insonni sovuqdan, issiqdan, tabiat ofatlaridan saqlay olmagan. Hayot uchun kurashlsh insonni tajribalardan kelib chiqqan holda idrok etishga undagan.Ular uzoq hayotiy tajribalarni inobatga olgan holda asosiy talablarga javob beradigan qurol, imorat, uy-ro'zg'or, xo'jalik buyumlarini yaratishga harakat qilganlar. Mazkur tajribalar qulaylik yaratishga undagan.Bu qulaylik inson bilan imorat qismlari. qurol bilan inson harakati. uy-ro'zg’or buyumlarining qulay bo'lishiga, xo‘jalik buyumlarining inson harakati va hayvonlar harakati bilan bog'liqligida bo'lishi lozim bo'lgan. Masalan, omochlar ot, buqa yoki eshakka qo'shimcha qulaylik yaratigandagina yer yaxshi haydalishi mumkin. Har qanday buyumdan to'g'ri foydalanish bilanbirga uning ish jarayoni odamning bo'yi-basti, harakatiga mutanosib bo'lishi kerak.


Download 312.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling