Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo kafedrasi dori vositalarining fizika
Download 56.99 Kb. Pdf ko'rish
|
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG„LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI FARMATSEVTIK KIMYO KAFEDRASI DORI VOSITALARINING FIZIKA- KIMYOVIY TAHLIL USULLARI ________________________________________________ O„ Q U V –U S L U B I Y M A J M U A _______________________ ______ Toshkent -2016 2 Mazkur o„quv-uslubiy majmua Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligining 2016 yil 6 aprelidagi 137-sonli buyrug„i bilan tasdiqlangan o„quv reja va dastur asosida tayyorlandi. Tuzuvchi: Dotsent M.B.Mavlyanova Katta o„qituvchi Xusainova R.A. Assistent Zaripova N.T. Fanning ishchi o‘quv dasturi farmatsiya soha uslubiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2016 yil _15_ iyundagi _11_-sonli bayonnoma). Farmatsiya soha uslubiy kengashining raisi, f.f.d., prof._______ Tojiyev M.A. Taqrizchi: Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi mudiri, professor Z.O.Yuldashev O‘quv -uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika instituti MUKning 2016 yil __________dagi ___-sonli qarori bilan tasdiqqa tavsiya qilingan. 3 MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………………4 I. Sillabus……………………………………………………………….5 II. Ishchi dastur……………………………………………………….....6 III. Fanni o‗qitishda foydalaniladigan intrefaol ta‘lim metodlari…………………….............................................………….34 IV. Nazariy materiallar…… ………………………..…………… …38 V. Amaliy mashg‗ulot materiallari ………………………………… ….143 VI. Keyslar banki…………………………………………………………183 VII. Mustaqil ta‘lim mavzulari…………….………………………………187 VIII. Glossariy……………………………………………………..……….189 IX. Adabiyotlar ro‗yxati…………………………..……………………...192 X. Testlar (ilova qilindi) 4 KIRISH Kirish Dori vositalarini nomenklaturasining ortib borishi, dori ishlab chiqaruvchi korxonalar sonining ko’payishi, ayni bir xil dori preparatining bir necha o’nlab sotuv nomlari bilan generik xolatda ishlab chiqarilishi va respublikamiz xududiga kiritilishi, shuningdek, dorivor o’simliklarga bo’lgan ehtiyoji tobora ortib borishi axolini sifatli ko’zlangan biologik samaraga ega bo’lgan dori vositalari bilan ta’minlashga o’ta extiyotkorlik bilan yondoshishini taqozo etadi. Buning uchun dori vositalari va dorivor o’simliklar xom ashyosi xavfsizligi va sifatini oshirish muammolarini echimini topish talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining belgilab bergan vazifalari asosida mazkur soha yuzasidan xorijiy oliy o‘quv yurtlarining dasturlari o‘rganildi va tahlil etildi. Tahlil natijalari asosida ishchi dasturga o‘zgartirishlar kiritildi. Mazkur ishchi o‘quv dasturi OO‘MTV ning 2013 yil 2 avgustdagi 278 – sonli “Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari asosida fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish tartibi” togrisidagi buyrug‘ida keltirilgan talablari va 2011 yilda tasdiqlangan namunaviy dastur hamda xorijiy adabiyotlar asosida qayta ishlab chiqildi. Jumladan, dori moddalarining kimyoviy tuzilishi va stereoximiyasini o’rganishda qo’llaniladigan zamonaviy fizikoviy kimyoviy usullarga jumladan, potentsiometrik, amperiometrik, polyariometrik usullar, absorbtsion usullardan fotokolorimetrik spektrofotometrik, IK spektroskopik radioto’lqini chastotasida olinadigan spektrlardan yadro magnit rezonansi, elektron paramagnit rezonansi, YAMR- 13 S, shuningdek, termik taxlil usullariga keng o’rin berilgan. Dori vositalarining sifati ularning olinish usullariga, saqlanish sharoitiga va fizikoviy-keimyoviy xossalariga bog’liq bo’lganligi sababli ularning sifat standartlari, sifat standartlarining ko’rsatkichlarini aniqlashda qo’llaniladigan fizikoviy kimyoviy usullar xaqida xam batafsil nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar beriladi (Undergraduate Instrumental Analysis, Seventh Edition, James W. Robinson, 2014). 5 I. SILLABUS Fanning qisqacha tavsifi OTMning nomi va joylashgan manzili: Toshkent Farmatsevtika Instituti Oybek ko‗chasi, 45 Kafedra: Farmatsevtik kimyo Farmatsiya fakulteti tarkibida Ta‟lim sohasi va yo„nalishi: 5720500– ―Farmatsiya‖ Farmatsiya (Sifat, Sertifikatsiya Va Standartizatsiya) Fanni (kursni) olib boradigan o„qituvchi to„g„risida ma‟lumot: f.f.n., dotsent Mavlyanova Muslima Burxanovna e-mail: mav. muslima.@gmail.com Dars vaqti va joyi: 1-bino 59,64 auditoriya Kursning davomiyligi: 3.09.2014-20.03.2015 Individual grafik asosida ishlash vaqti: Dushanba-shanba kunlari 9:00 dan 15:00 gacha Fanga ajratilgan soatlar Auditoriya soatlari Mustaqil ta‟lim: 76 Ma‟ruza 28 Amaliyot 84 6 II. ISHCHI DASTUR Kirish Dori vositalarini nomenklaturasining ortib borishi, dori ishlab chiqaruvchi korxonalar sonining ko’payishi, ayni bir xil dori preparatining bir necha o’nlab sotuv nomlari bilan generik xolatda ishlab chiqarilishi va respublikamiz xududiga kiritilishi, shuningdek, dorivor o’simliklarga bo’lgan ehtiyoji tobora ortib borishi axolini sifatli ko’zlangan biologik samaraga ega bo’lgan dori vositalari bilan ta’minlashga o’ta extiyotkorlik bilan yondoshishini taqozo etadi. Buning uchun dori vositalari va dorivor o’simliklar xom ashyosi xavfsizligi va sifatini oshirish muammolarini echimini topish talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining belgilab bergan vazifalari asosida mazkur soha yuzasidan xorijiy oliy o‘quv yurtlarining dasturlari o‘rganildi va tahlil etildi. Tahlil natijalari asosida ishchi dasturga o‘zgartirishlar kiritildi. Mazkur ishchi o‘quv dasturi OO‘MTV ning 2013 yil 2 avgustdagi 278 – sonli “Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari asosida fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish tartibi” togrisidagi buyrug‘ida keltirilgan talablari va 2011 yilda tasdiqlangan namunaviy dastur hamda xorijiy adabiyotlar asosida qayta ishlab chiqildi. Jumladan, dori moddalarining kimyoviy tuzilishi va stereoximiyasini o’rganishda qo’llaniladigan zamonaviy fizikoviy kimyoviy usullarga jumladan, potentsiometrik, amperiometrik, polyariometrik usullar, absorbtsion usullardan fotokolorimetrik spektrofotometrik, IK spektroskopik radioto’lqini chastotasida olinadigan spektrlardan yadro magnit rezonansi, elektron paramagnit rezonansi, YAMR- 13 S, shuningdek, termik taxlil usullariga keng o’rin berilgan. Dori vositalarining sifati ularning olinish usullariga, saqlanish sharoitiga va fizikoviy-keimyoviy xossalariga bog’liq bo’lganligi sababli ularning sifat standartlari, sifat standartlarining ko’rsatkichlarini aniqlashda qo’llaniladigan fizikoviy kimyoviy usullar xaqida xam batafsil nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar beriladi (Undergraduate Instrumental Analysis, Seventh Edition, James W. Robinson, 2014). Fanning maqsad va vazifalari Fanni o’rganishdan maqsad, magistrantlarga dori vositalarining olinish usullari, original dori moddalarining kimyoviy tuzilishini o’rganishda va sifatini nazorat qilishda qo’llaniladigan zamonaviy fizikoviy va fizikoviy kimyoviy usullar, ularning tasniflanishi, nazariy asoslari va qo’yilgan vazifani xal etishda lozim bo’lgan tegishli bilim va ko’nikmalarni singdirish, me’yoriy xujjatlarda ko’rsatilgan sifat ko’rsatkichlarini aniqlashda ulardan to’g’ri va 7 samarali foydalana olishlari uchun etarli asosga ega bo’lishlarini ta’minlashdan iborat Dasturni tayyorlashda fanni o’rganish jarayonining magistrant dunyoqarashining o’sishga, dialektik qonuniyatlarning mujassamlanishiga, barkamol shaxs bo’lib shakillanishiga yordam berishiga ham e’tibor berildi. Dori vositalari va dorivor o’simliklar xom ashyosi sifatiga qo’yilgan talablarning va o’qitish jarayoniga qo’yilgan magistrantlarning mukammallashuvini xisobga olgan holda mazkur dasturning nazariy qismi 15 20%, laboratoriya mashg’ulotlari qismi esa 30 35% o’zgartirilishi mumkin. Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar Talabalar dori vositalarini fizik va kimyoviy taxlil usullari fanini o‘rganish garayonida quyidagilarni bagara olishi lozim: - dori moddalarining kimyoviy tuzilishi asosida ularning xossalarini belgilash va olinish usullari to’risida; - dori moddasining kimyoviy tuzilishini aniqlashda qo’llaniladigan elektrokimyoviy usullar to’g’risida; - dori moddasining kimyoviy tuzilishini aniqlashda qo’llaniladigan absorbtsion usullari to’g’risida; - dori moddasining kimyoviy tuzilishini aniqlashda qo’llaniladigan YAMR, YAMR 13 S va paramagnit rezonans usullari to’g’risida; - dori moddasining kimyoviy tuzilishini aniqlashda qo’llaniladigan termik taxlil usullari to’g’risida; - dori moddasining kimyoviy tuzilishini aniqlashda qo’llaniladigan xromatografik usullari to’g’risida; - dori moddasining kimyoviy tuzilishini aniqlashda qo’llaniladigan mass-spektrometrik usullari to’g’risida; - dori moddalarining fizikoviy konstantalarini aniqlash bo’yicha - fotoelektrokolorimetrik usul yordamida dolri moddasinin tadqiq qilish bo’yicha - solishtirma yutilish qo’rsatkichi va molyar yutilish ko’rsatkichlarini bo’yicha - IQ spektrlarni o’qish, xarakterli yutilish yo’llarni aniqlash va undan foydalana olish bo’yicha - YAMR spektrdagi signallarning kimyoviy siljishlarini aniqlash va ulardan foydalanish bo’yicha - Moddalarning mass spektrometrik fragmentatsiyalanishi, mass spektrometrik qonuniyatlar va ulardan foydalanish bo’yicha 8 - Xromatografiyaning turli usullari (YUSYUQX, Ion almashinish xromatografiyasi, YUSSX, xromato-mass spektrometrik) dan dori moddalarning kimyoviy tuzilishini aniqlash va ularning sifatinini nazorat qilish bo’yicha - Emission atom absorbtsion spektrofotometrik usul yordamida element taxlilini amalga oshirish bo’yicha - Potentsiometrik titrlash bo’yicha - Atom absorbtsion spektrlar asosida moddaning element tarkibini aniqlash bo’yicha - IK -, UB-, YAMR-, mass spektrlarni o’qish va ulardan moddaning kimyoviy tuzilishi va sifatini aniqlash bo’yicha - Potentsiometrik usul yordamida in’ektsion eritmalar va boshqa parenteral dori vositalarning muxit sharoitini aniqlash bo’yicha - Optik faol birikmalarning burish burchagini aniqlash, solishtirma burish burchagini xisoblash va ulardan moddaning molekulyar massasini, kimyoviy tuzilshini xamda sifatini aniqlashda foydalanish bo’yicha - Yupqa qatlam xromatografiyasi usulidan murakkab tarkibli aralashmalarni tadqiq qilish, preparativ ajratish, tozalash va miqdoirini aniqlash bo’yicha - Ion almashinish xromatografiyasi usuli yordamida organik kislotalarning tuzlari, efirlari, kislota va asos xossasiga ega bo’lgan dori moddalarni ajratib olish, tozalash va tadqiq qilish bo’yicha - Parenteral dori preparatlarining osmolyarligini, qovushqoqligini aniqlashda qo’llaniladigan usullardan foydalana olish bo’yicha O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi Dori vositalarini fizik va kimyoviy taxlil usullari talabalarning Davlat talim dasturi rejasida keltirilgan tabiiy, kimyoviy va tibbiy (oliy matematika, fizika, umumiy kimyo, analitik kimyo, organik kimyo, odam anatomiyasi va fiziologisi, mikrobiologiya, potalogiya, gigiena, botanika, biologik kimyo va x.k.) fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishligi talab etiladi. Shuningdek “Dori vositalarini fizik va kimyoviy taxlil usullari” fani ixtisoslik fanlaridan farmatsevtik kimyo, GLP, validatsiya, sifatni ta’minlash, farmakognoziya, farmatsevtik texnologiya asoslari va yig‘indi preparatlar texnologiyasi, toksikologik kimyo, farmatsiya iqtisodiyoti va menejmenti fanlari bilan ham uzviy ravishda bog‘langan. 9 Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabalarga Farmatsevtik kimyo fanini o’qitishda kompyuter, axborot va boshqa zamonaviy texnologiyalarni qo’llab, bilim saviyasini oshirish va shu orqali Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talabalariga javob beradigan ilmiy salohiyatli etuk kadrlar tayyorlash jarayonini amalga oshirish. Ma'ruzalarni slaydlar orqali kadoskopda o’qish, Intepnet ma'lumotlaridan samarali foydalanish, shuningdek talabalarni elektron darsliklardan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratish. O’qitish jarayonida o’quv dasturlarini kompyuter orqali o’qitishni joriy etish, talabalarning kompyuter savodxonligini oshirishga ko’nikma berish, zamonaviy pedagogik texnologiya usullarini qo’llash. O’qitish jarayoniga, ayniqsa talabalar bilimini nazorat qilishga kompterlarni keng tadbiq qilish, talabalarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, turli kimyoviy jarayonlarni oqilona boshqarish, vujudga kelgan vaziyatni tez va to’g’ri hal qilish imkoniyatini beradi. O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta‘lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma‘ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish. Fanni loyihalashtirishda quyidagi asosiy kontseptual yondoshuvlardan foydalaniladi: Shaxsga yo‟naltirilgan ta‟lim. Bu ta‘lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta‘lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta‘limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma‘lum bir ta‘lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi. Tizimli yondoshuv. Ta‘lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi. Faoliyatga yo‟naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta‘lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta‘limni ifodalaydi. Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. Hamkorlikdagi ta‟limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e‘tiborni qaratish zarurligini bildiradi. 10 Muammoli ta‟lim. Ta‘lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta‘lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob‘ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta‘minlanadi. Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‟llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash. O‟qitishning usullari va texnikasi. Ma‘ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta‘lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar. O‟qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh. O‟qitish vositalari: o‘qitishning an‘anaviy shakllari (darslik, ma‘ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari. Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar. Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi. Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati. Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. Fanni o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. ―Internet‖ tarmog‘idagi rasmiy ma‘lumotlardan foydalaniladi, tarqatma materiallardan tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi. “Dori vositalarini fizik va kimyoviy taxlil usullari” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi: № Mavzu nomi Jami soat Maruza Laboratoriya mashg‘uloti Mustaqil ta’lim 1 Instrumental usullarning sifat va miqdorini aniqlashdagi taxlil muammolari. 10 2 6 6 11 Analitik usullarning tasnifi. Uskunalarning turlari. Analitik signallari. 2 Analitik signallarning qiymati analit miqdori bilan bog‗liqligi. Graduirlangan chiziqliklarining tuzilishi. Sezgirligi, aniqlash chegarasi. 10 2 6 6 3 Miqdoriy taxlilning asosiy usullari: kolibrlangan grafik, standart, standart qo‗shimchalar. Qo‗llanilish shartlari va xatolarning kelib chiqishi. 10 2 6 12 4 Elektrokimyoviy taxlil usullari. Potensiometriya, elektrodlar, to‗g‗ri potensiometriya va potensiometrik titrlash. Ionometriya, suvli eritmalarni vodorod ko‗rsatkichini aniqlash, dori vositalari taxlilida qo‗llanilishi. Kulonometriya. 9 2 6 8 Download 56.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling