Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali 9-20 tmj guruh talabasi


Download 137 Kb.
bet1/4
Sana04.04.2023
Hajmi137 Kb.
#1326183
  1   2   3   4
Bog'liq
B Shohjahon ATJQ



TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA
INSTITUTI SHAHRISABZ FILIALI
9-20 TMJ GURUH TALABASI
B
ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA
QURILMALAR .
OZOROV SHOHJAHONNING



f

MUSTAQIL ISHI.
anidan



Mavzu: Ekstraksiya.
Topshirdi: Bozorov Shohjahon.
Tekshirdi: Saidov B.
Umumiy baho :_______

2022-2023 Yil

Mavzu: Ekstraksiya.

Reja.
1. Kirish.
1.1. Adabiyotlar sharhi.
1.2. Umumiy tushunchalar.
1.3. Ekstragentlarni tanlash.
2. Asosiy qism.
2.1. Suyuqlik- Suyuqlik sistemalarining muvozanati.
2.2. Ekstraktorlar konstruksiyalari.
2.3. Ekstraksiya jarayonida massa o‘tkazish
3. Xulosa.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
«Suyuqlik-suyuqlik» sistemalarida eritma yoki qattiq jismlar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni maxsus suyuqlik (erituvchi) yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb nomlanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, erituvchi aralashmada erimaydi, lekin ekstraksiyalanayotgan komponent eritadi.
Ma’lumki, ekstraksiya jarayoni 2 xil bo‘ladi: 1) suyuqliklarni ekstraksiyalash; 2) qattiq materiallarni ekstraksiyalash.
Tarkibida tarqatuvchi modda M bor boshlang‘ich eritma G‘ va erituvchi E lar ekstraktorga yuklanadi. Biror eritma tarkibidagi komponentlarni ajratib olish uchun qo‘llaniladigan suyuqlik ekstragent (E ) deb nomlanadi. Fazalar o‘rtasida massa almashinish jarayoni ularning bevosita to‘qnashuvi tufayli yuz beradi. Ekstraksiya natijasida hosil bo‘lgan suyuq aralashma ajratgichga yuboriladi va u yerda ekstrakt (E ) va rafinat (K ) ga ajratiladi. Suyuq aralashmani ekstrakt va rafinatga ajratish uchun tindirish , separatsiyalash, sentrifugalash yoki boshqa mexanik jarayonlar qo‘llaniladi. Ekstrakt tarkibidagi zarur komponent (mahsulot) ajratib olinadi, rafinatdan esa ekstragent qayta tiklanadi. Ekstraksiya jarayoni turli xil konstruksiyali qurilmalarda ekstraktorlarda o‘tkaziladi. Jarayon tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu jarayon ham rektifikatsiya kabi eritmalarni ajratish uchun ishlatiladi. Agar, rektifikatsiya jarayoni issiqlik ta’sirida olib borilsa, ekstraksiya uchun esa - uning zarurati yo‘q. Rektifikatsiyada komponentlarga ajratish ularning turli uchuvchanligiga bog‘liq.

Adabiyotlar sharxi.
1.1 Umumiy tushunchalar.
G‘ovaksimon qattiq jism tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi.
Qatgiq jismdan bir yoki bir necha komponentni selektivlik qobiliyatiga ega bo‘lgan erituvchi yordamida ajratib olish jarayoni eritish deb nomlanadi. Ushbu jarayon ekstraksiyalash jarayonining xususiy holatdir Kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoatlarda juda ko‘p kapillyar-g‘ovakli jismlar eritish jarayoni yordamida qayta ishlanadi. Ekstraksiyalash ishqor,kislota, tuzlar, qand, o‘simlik moylar, sharbatlar, vitaminlar, turli dorilar, rangli va nodir metallar va hokazolarni olishda ishlatiladi.
Ekstraksiyalash jarayonida kerakli komponent qattiq fazadan diffuziya yo‘li orqali suyuqlik fazaga o‘tadi. Buning uchun shu komponentni eritadigan tegishli erituvchi tanlab olinishi kerak. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ekstraksiyalash va eritish jarayonlari «qattiq jism - suyuqlik» sistemasida olib boriladi.
Ekstraksiyalash 2 bosqichda o‘tadi:
1) komponentning qattiq jismlar ichki qismidan tashqi yuzasiga diffuziya yo‘li bilan o‘tishi;
2) komponentning diffuziya jarayoni tufayli qattiq jism yuzasidan chegaraviy qatlam orqali suyuqlik fazaga o‘tishi. Bu jarayon noturg‘un bo‘lib, vaqt bo‘yicha o‘zgaradi.
Eritish jarayonining tezligi faqat ikkinchi bosqichning qarshiligiga bog‘liq, chunki birinchi bosqichda qarshilik umuman bo‘lmaydi. Shuning uchun, eritish jarayoni ekstraksiyalashga qaraganda ancha tez boradi. Sanoat texnologik jarayonlarida erituvchilar sifatida kuyidagi suyuqliklar ishlatiladi: suv - qand lavlagidan shakarni, hamda kofe, choyni ekstraksiyalash uchun; spirt va spirt-suvli aralashmalar liker - aroq damlamasi va pivo alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish sanoatida; benzin, trixloretan, dixloretan yog‘ va efir moylarini ishlab chiqarishda. Undan tashqari, suv va ayrim noorganik kislotalarning eritmalari ham, erituvchi sifatida ishlatiladi. Bunday jarayonlar ishqorlanish deb nomlanadi. Ishqorlanish mineral xom ashyolarni kimyoviy qayta ishlash yo‘li bilan qimmatbaho komponentlarni olish uchun qo‘llaniladi. Eritish jarayoni texnologik sxemalarida filtrlash, bug‘latish va kristallash kabi jarayonlardan avval ishlatiladi va u birinchi bosqich bo‘lib hisoblanadi.
Eritish jarayoni statikasi va kinetikasi Jarayonning mexanizmi shundaki, erituvchi qattiq jism g‘ovaklariga kirib boradi va ajratilishi kerak bo‘lgan moddani eritadi. Eritilgan moddaning kimyoviy potensiali va uning qattiq jismdagi kimyoviy potensialiga tenglashganda erish jarayoni muvozanat holiga keladi.
To‘yinish holatiga oid eritmaning konsentratsiyasi eruvchanlik deb ataladi. Qattiq jismning tashqi yuzasidagi muvozanat qisqa vaqt ichida o‘rnatiladi. Shuning uchun, massa almashinish jarayonlarni tahlil qilishda, "qattiq jism - erituvchi” sistemasining fazalararo yuzasidagi konsentratsiyasi to‘yingan eritma konsentratsiyasi Uto‘y ga teng deb qabul qilinadi.



Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling