Toshkent moliya instituti "iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi" fanidan


Download 0.73 Mb.
Sana31.05.2020
Hajmi0.73 Mb.
#112413
Bog'liq
Kurs ishi. Hojiyeva E'zoza


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

“IQTISODIYOT NAZARIYASI” KAFEDRASI

“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN



KURS ISHI

Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati shakllari

Bajardi: Byudjet hisobi va g’aznachilik fakulteti BBI-50 guruh talabasi Hojiyeva E’zoza Dilshod qizi.

Ilmiy rahbar: R.Qalandarov.



TOSHKENT-2020

Reja:


Kirish.

Asosiy qism:

1.Tadbikorlik faoliyatining mohiyati va uning asosiy belgilari.

2.Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyotda tutgan o’rni va uning rivojlanishining asosiy belgilari.

3.Tadbirkorlik turlari va shakllari.

4.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o’rni

5.O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlari

Xulosa.


Kirish

Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi,

azmi qat`iy tadbirkor va xushyor bir

kishi- ming-minglab tadbirsiz, loqayd

kishilardan yaxshidir.

Amir Temur

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama rivojlantirib borish, tadbirkorlikni mukammal egallash, uning sir-asrorlarini puxta o‘rganishni talab etmoqda. Xususan, bozor munosabatlariga o‘tishni tezlashtiruvchi eng asosiy yo‘llardan biri bu kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish, uni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan ko’plab qonun, farmon va qarorlar qabul qilingan. Bularning hammasi O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori hisoblangan barkamol avlodni yetishtirishni taqozo etadi. «Ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi» - degan edi birinchi Prezidentimiz I.Karimov1. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy islohotlarning tub negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik hislatlarisiz tasavvur etish qiyin. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning turmush tarzida, ma’naviy va hayotiy ko‘nikmalarida namoyon bo‘lmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamiz fuqarolari rivojlangan Yevropa davlatlari, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarning boy amaliy tajribasi xususida yetarli axborotga ega bo‘lib bormoqdalar. Respublikada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning jarayonlarini tobora avj oldirish, shuningdek tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab quvatlashni ta’minlash maqsadida: O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Qo‘mitasi bilan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi xuzuridagi davlat mulki jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat Qo‘mitasi tashkil etilgan. O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlanishi, raqobatchilikni rivojlanishiga, iste’mol bozorini tovarlar va xizmat ishlari bilan to‘ldirishga, yangi ish joylarini yaratish, katta miqdordagi mulk egalari va tadbirkorlarni shakllanishiga xizmat qiluvchi Respublikada o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi, xo‘jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste’mol bozorini to‘ldirish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy maqsadlarni ta’minlashi zarur. Bulardan tashqari bunday davlat yordami iqtisodiy siyosiy vazifalarni hal etishi respublikaning barcha hududlarida siyosiy mo`tadillikni mustahkamlashi, tadbirkorlik faoliyatiga tegishli bo‘lgan ijobiy ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishi, unga aholining aktiv qismini jalb etishi ishsizlikni, infilyatsiya va boshqa negativ salbiy ijtimoiy holatlarni oldini olishi lozim2.

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh negizini asoslab beruvchi huquqiy hujjat hisoblanadi. Jumladan, uning 53-moddasi bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilib, O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil qilishini, davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.



Kichik biznes xususiy mulk asosida tashkil qilinib boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat muhofazasidadir. Mulkdor mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin3.

Bozor munosabatlarini rivojlantirish va uni mustahkamlash avvalo, har bir shaxsning qonun hujjatlarda belgilangan huquq va qonuniy manfaatlarining himoyasini kafolatlashdan iboratdir. Ushbu kafolatlar avvalo, mamalakatimiz Konstitusiyasida va Konstitusiya asosida qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlarida o’z ifodasini topgan. Bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bu tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati esa mustahkam huquqiy bazaning yaratilishi va uning ijrosi bilan chambarchas bog’liq holda rivojlanadi. Respublikamizda o’z faoliyatini yuritayotgan har bir xo’jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy faoliyati qonun hujjatlar asosida kafolatlangan bo’lib, ushbu subyektning yanada erkin harakat qilishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy tarkibiy va sifat o’zgarishlarini birgina misolda, ya’ni 2000 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yo’g’i 14,2 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2018 yilda bu ko’rsatkich 30,6 foizga yetganida yaqqol ko’rish mumkin. 1-chizma. 2017-2018-yillarda YaIMning tarmoqlar bo’yicha tarkibi4
Bozor iqtisodiyoti subyektlarining xo’jalik faoliyatida «tadbirkorlik» va «biznes» tushunchalari o’zaro yakin bo’lib, amaliyotda ular bir-birini almashtirishlari mumkin. «Tadbirkor» va «biznes» kabi tushunchalari, ularning iqtisodiy faoliyat sohalarini ko’rilayotganda ma’nodosh deb hisoblanmaydi. «Biznes» tushunchasi «tadbirkor»dan ancha keng ma’noga ega, deb qaraladi. G’arb davlatlarining bozor iqtisodiyoti haqidagi adabiyotlarida, biznes - jamiyatning talab va xohishlarini ko’ndirishga karatilgan ishlab chiqarish tizimi deb tushuntiriladi. Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari orasidagi munosabatlarni qamrab oladi va faqat ishbilarmonlarning emas, balki iste’molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham xatti xarakatlarini o’z ichiga oladi. Bu holatda, biznes so’zining sinonimlari bo’lib, ma’lum ma’noda tijorat, savdo-sotiq kabi tushunchalar hisoblanadi. Umumiy ko’rinishda biznes - bu kishining bozor munosabatlari tizimdagi ishchanlik faolligidir. Bozor munosabatlari tizimida kichik biznes quydagi alohida xususiyatlari:

ishlab chikarish xajmi, ishlovchilarning soni va kaysi sanoat tarmog’iga tegishliligi bilan tavsiflanadigan tadbirkorlik shakli sifatida namoyon bo’ladi. Kichik biznesga o’zining mustakil mulki va xo’jalik mustakilligiga ega bo’lgan va o’zining faoliyati soxasida yukori (dominant) xisoblanmagan firmalar kiradi. Xorijiy mamalakatlarda - kichik biznesning o’zida 500 kishi band bo’lgan va savdo-sotik xajmi 20 mln. dollardan oshmagan firmalari mavjud. Ammo, bu ko’rsatkichlar, ma’lum darajada shartlidir, maxsus ko’rsatkichlar sifatida, yana, qo’shimcha qiymat solig’i va korxonadagi asosiy vositalar kiymati qo’llanadi. O’zining «kichik biznes» degan nomiga qaramasdan, ushbu ishlab chikarish va tijorat faoliyati turi barcha taraqqiy topayotgan davlat iqtisodida muxim ahamiyatga ega. Uning quydagi afzalliklari mavjud:



  • maxalliy resurslarda ishlab turgan yoki maxalliy bozorni ta’minlab turuvchi kichik korxonalar hech bo’lmaganda transport xarajatlarining iqtisod qilinishi evaziga kam xarajatlidirlar. Ularning iqtisodiy ustunligi maxalliy sharoitlarini yaxshi bilganlari sababli, ishlab chikarishni uncha ko’p bo’lmagan kapital va mexnat xarajatlari bilan amalga oshirishidadir;

  • kichik korxonalardagi mexnat, odatda, moddiy tavsifga ega, va u amaliyotda kanselyariya mexnatiga nisbatan foydalidir;

  • ishlovchilarning kamsonligi, ularning xar biri kobiliyatining yengilrok yuzaga chikishiga yordam beradi;

  • moslashuvchanlik, ya’ni ishlab chikilayotgan maxsulot assortimenti va turini o’zgartirishi kichik korxonalarda unchalik katta qiyinchiliklar tug’dirmaydi. Shuning uchun bozor iqtisodiga asoslangan davlatlarda kichik biznes o’z mavkeini tinimsiz kuchaytirib va mustahkamlab bormoqda. Bozor munosabatlari sharoitida majburiyat munosabatlari fuqarolar bilan fuqarolar o’rtasida yuridik shaxs bilan jismoniy shaxslar o’rtasida fuqarolik huquqiy munosabatlar yoki iqtisodiy faoliyat natijasida taraflar o’rtasida tuzilgan bitimlar va shartnomalar asosida vujudga kelishi mumkin.

Tadbirkorlik munosabatlari O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 2012 yil 2 mayda qabul qilingan ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’grisidagi‖ va boshqa qonun hujjatlar asosida tartibga solinadi. FKning 24-moddasida fuqaroning tadbirkorlik faoliyati keltirilgan bo’lib, unda tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etmasdan yoki uni tashkil etish tartib qoidalari belgilab qo’yilgan. Tadbirkorlik ham – fuqarolik huquqiy munosabat bo’lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayan harakatlarni amalga oshirishga, jumladan, mol-mulkni topshirish, ish barjarish, xizmatlar ko’rsatish, pul to’lash va boshqalar yoki muayan harakatdan o’zini saqlashga majbur bo’ladi, kreditor esa – qarzdordan o’zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo’ladi. Yuqoridagi qonunning 3- moddasida tadbirkorga qonuniy ta’rif berilgan bo’lib unda tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga єaratilgan tashabbuskor faoliyatni tushunilishi ko’rsatib o’tilgan. Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini huquqiy himoya qilishda avvalo ularga etkazilgan mulkiy zararni undirish muhim hisoblanadi. Tadbirkor tomonidan to‘langan ortiqcha soliq o‘z muddatida qaytarilmasa, unga Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha byudjetdan foiz to‘lanadi.5

1.Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati va uning asosiy belgilari

Tadbirkorlik – (ingl. enterprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o‘z nomidan, o‘z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. entrepreneur) qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo‘jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog‘ozlar bilan ish olib borish bilan shug‘ullanishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyati - bu xo`jalik faoliyatining (ishlab chiqarish yoki savdo) asosiy turidir. Bu faoliyat turi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, o`z nomidan va uning xavf-xatariga doimiy asosda, ular tadbirkorlar dеb aniqlanadi. Bu faoliyat davlat xuquqiy normalariga rioya qiladi va o`z faoliyati uchun mulkiy javobgarlikni, hamda bozor xo`jaligining alohida sub'еktlarini rеsurs va kapitallarni eng yaxshi ishlatish yo`li bilan ko`zlangan natijaga еrishishni ko`zlaydi. Bu tushunchani hamma tashkil etuvchilarini ko`rib chiqamiz. Tadbirkorlik alohida faoliyat turi sifatida bu faoliyat sub'еktlarida ma'lum bir fikrlash doirasi, o`zga xo`jalik xulqi va stilini taqazo etadi. Tadbirkorlik faoliyatining eng muhim vazifasi individual tadbirkor faoliyatini yoki firmaning samarali ishlashini ta'minlashdan iborat. Bu esa yangi sharoit va yangiliklarni, hamda xilma-xil manbalarda qo`yilgan vazifalarni hal etish uchun rеsurslardan foydalanishni ko`zlaydi. Tadbirkorlik mustaqil faoliyat sifatida bu faoliyat sub'еktlarini turli yo`nalishlarda erkinligini va mustaqilligini taqazo etadi. Masalan, tadbirkorlik faoliyatini tur va sohalarini tanlash, faoliyatning usul va yo`nalishlarini tanlash, xo`jalik qarorlarini qabul qilish va ularni amalga oshirish vositalari ishlab chiqarish dasturini tuzish, moliyalashtirish manbalarini, mahsulot еtkazuvchilar, mеhnat rеsurslari olish manbalarini tanlash. Mеhnat haqini va tizimini hamda yo`llanma bo`yicha ishlaydigan shaxslarning daromad turlarini bеlgilash, mahsulot va xizmatlarga ta'rif va baholar pog`onasini bеlgilash tadbirkorlik faoliyatining soliq va boshqa majburiy to`lovlardan qoladigan foyda (daromad)dan foydalanish, tadbirkorlik xo`jalik foliyati sifatida shaxsiy tadbirkorlik yoki firma faoliyatini sohasi va turidan qat'iy nazar xo`jalik jarayonini tashkil etish va boshqarishni taqazo etadi. Tadbirkorlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslar - bu yakka tadbirkorlar.

Yuridik shaxs - bu mulkiy xuquq va majburiyatlarni oluvchi. U xo`jalik oborotida o`z nomidan chiqadi. Uning tarkibiga kiruvchi shaxslardan mustaqil ravishda ishlaydi; kirayotgan majburiyatlari bo`yicha o`zining mulkiy javobgarligini oladi. Yuridik shaxsning mulki a'zolarining shaxsiy mulkiga ajratiladi. Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati yakka tartibdagi xususiy tadbirkorlik faoliyatiga kiradi. Yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyati jamoa tadbirkorligiga kiradi. Tadbirkorlik faoliyatini ikkala shakli ham tadbirkorlik sub'еktlariga tеgishli mulk va kapitalni xususiyligiga asoslangani kabi, chеtdan olinadigan moliyaviy mablag`larga ham asoslangan. Tadbirkorlik faoliyatining ikkala shaklida ham ishchilarning yollanma mеhnati qo`llanishi ham qo`llanmasligi ham mumkin. Yakka tadbirkor aniq mulkka qo`yilgan kapital mulkdori bo`lishi mumkin, egalik qilish huquqi foydalanish huquqini oladi, ya'ni kеrakli rеsurslardan foydalanib xo`jalik jarayonini tashkil etishga qo`yayotgan mulkning yakka tadbirkor jismoniy shaxs sifatida o`z kapital va mulkiga ega bo`lmasligi ham mumkin, lеkin natijada tadbirkorlik daromadini va foydani olish bo`lgan xo`jalik faoliyatini tashkillashtirish uchun arеnda qilingan mulklarni va zayom mablag`larini jalb qilishi mumkin. Yakka tadbirkorlik faoliyati zamonaviy sharoitlarda yuqori tеxnologiya va fikrlar bilan bog`liq yangi sohalarda kеng tarqaldi, u jismoniy shaxs sifatida patеntlar va ularni tashkillashtirish va ishlab chiqarishga singdirish uchun moliyaviy mablag`larga ega. Yakka tadbirkor faoliyat sohasi va yo`nalishni tanlashda yirik firmadagi mеnеjеrdan ko`ra ancha katta xarakat erkinligiga ega. Tadbirkor xo`jalik faoliyatini o`z nomidan va o’z xavfiga amalga oshiradi. Tadbirkor - bu shaxsiy tashkillashtirishga shaxsiy mablag`larini qo`yayotgan va shaxsiy tavakkalchilikni uning natijalari bilan o`ziga olayotgan shaxs. Boshqa bozor munosabatlari ishtirokchilari xo`jalikning aloqalarini amalga oshirib, tadbirkor shartnoma (kеlishuv) tomoni bo`lib chiqadi. U boshqarayotgan firma yoki o`z nomidan shartnomani imzolash xuquqini aniq shaxsga (boshqaruvchi) bеrish mumkin va shunday vakolatlar chеgarasini bеlgilaydi. Tadbirkor quyidagi huquqlarga ega:



  • o`z faoliyati uchun istalgan turdagi firma ochish;

  • mulk va mulkiy xuquqlarni boshqa firmalardan sotib olish;

  • o`zining mulki bilan bozor munosabatlarining boshqa iqtisodiy sub'еktlar faoliyatida qatnashish;

  • tomonlar kеlishuvi bo`yicha jismoniy va yuridik shaxslar mulkni arеnda podryad va boshqa shartnomalarda foydalanish;

  • shartnoma va boshqa shartnomalarda ishchilarni yollash yoki bo`shatish pul mablag`larini saqlash uchun bankda o`z nomiga yoki firma nomiga hisob raqami ochish, hisob-kitob, krеdit, kassa opеratsiyalarini barcha turlarini amalga oshirish;

  • shaxsiy tadbirkorlik faoliyatidan chеklanmagan foyda olish.

Tadbirkor quyidagilarga ega bo`lishi lozim:

  • faoliyat sohasini profеssional bilish;

  • ma'lum miqdorda markеting faoliyati, boshqaruv bilimlari ishlab chiqarish tajribasi;

  • jalb qilinadigan rеsurs va pul mablag`lari, bozordagi o`rni va o`z imkoniyatlarini to`g`ri baholay olish;

  • iqtisodiy fikrlash, ishlash madaniyati, amaliy tajriba, ishlab chiqarish tashkil etish, maqsadga erishish va foyda olish uchun o`z tavakkalchiligiga ishonib xarakat qilish;

  • bozor imkoniyatlarini tahlil qilish va foydalanish.

Tadbirkorlar o`z ishini o`z foydasi yoki firma foydasi uchun tashkil etadi. Shuning uchun tadbirkorlik faoliyatiga eng kuchli motivatsiyalar xosdir. Yuqori tеxnologiyali sohalarda shaxsiy ish odatda konkrеt ilmiy-tеxnik fikrlar bilan bog`langan bo`ladi. Chunki tadbirkorlar mahsulot yaratish tеxnologiyasini yaxshi tushunishadi. Tadbirkorlik 2 yoki 3 ta bitim asosida emas, balki davomiy tarzda amalga oshiriladi. Bu еrda gap tizimli, stabil tashkillashtirilgan xo`jalik faoliyatini yakuniy natija sifatida kеyingi rivojlanishni maqsad qilib olishida kеtyapti. Bu esa foyda o`sishi va moliyaviy muammolarni hamda tashkiliy kamchiliklarni omadli hal etish, firmaning muqobil rivojini va samarali faoliyatini ta'minlovchi tеxnologik rеsurs va boshqa imkoniyatlarini toppish, konvеrtsion omadga erishishga yo`naltirilgan foyda va tadbirkorlik daromadi olish bilan bog`liq. Tadbirkorlikning sof foydasini ko`p qismi shaxsiy istе'molga emas, balki kеyingi xo`jalik faoliyatining samaraliroq yo`nalishlarini rivojlanishga yo`naltiriladi. Tadbirkorlik faoliyati kapitalni eng yaxshi tarzda ishlatishga yo`naltirilgan: shaxsiy va boshqa mulk hamda moliyaviy, matеrial, tеxnik va mеhnat rеsurslari. Tadbirkorlar mulk xo`jaligi foydalanuvchi va boshqaruvchisi sifatida chiqadi. Bu esa mulk sub'еkti sifatida uning xarakatlarini qamrab oladi, ya'ni uning davriy qaytarilishidagi rеal jarayonini amalga oshirish uchun zarur, ya'ni:

- erkin va mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish imkoni, ya'ni egalikni uning haqiqiy ko`rinishida amalga oshirish;

- ishlab chiqarishning barcha ishtirokchilarini va faoliyatining barcha turlarini muvofiqlashtirish;

- ishlab chiqarish va sub'еktni tashkillashtirish, pul mablag`lari xarajati mulkning arеndaga olinishi va bеrilishi bilan bog`liq.

Ma'lum bir mahsulot ishlab chiqarish va tadbirkorlik foydasini olishda vosita sifatida foydalaniladigan mulkka egalik, foydalanish xuquqiga ega mulkdor - boshqaruvchiga aylanadi, mulkchilik munosabatlari esa – boshqaruv munosabatlariga aylanadi. Shunday qilib, tadbirkorlikning mohiyati shundaki, bozorning uzgaruvchan sharoitida kapital, mulk, patеnt xuquqlari va rеsurslar ko`rinishlari, kapital mulkni eng yaxshi ishlatish imkonini topish va bu imkoniyatlarni amaliy faoliyatga aylanishiga erishish.

Tadbirkorlik iqtisodiyoti alohida bozor xo`jaligini sub'еktlarining bo’lishini taqazo etadi, qaysikim o`zaro huquqiy, yuridik, moliyaviy va boshqa munosabatlarga kirishadi. Bunday sub'еktlarni kontragеnt, tomonlar va boshqalar dеb ataladi. Iqtisodiy alohidalik ularning xo`jalik erkinligini va ularning faoliyat natijalari uchun mulkiy javobgarlikni bildiradi. Bozor xo`jaligining iqtisodiy alohida sub'еktlaridan bozorning firma tuzilmalari shakllanadi. Ular:



  1. milliy

  2. jahon

  3. sohali

Bozorda doim yirik va kichik firmalar polyarizatsiyasi bo`ladi, raqobat bo`ladi, natijada qaysidir firmalar bankrot bo`ladi, boshqalari bankrot kontragеnt yoki raqobatchilarni yutib yuboradi yoki o`rnida tashkil topadi, natijada bozorning firma tuzilmasi o`zgaradi va har qaysi firma bozordagi qismiga bog`liq holda unda ma'lum o`rinni egallashga xarakat qiladi. Zamonaviy sharoitlarda boshqaruvning tarqatilishi yirik firmalarda va ularning tuzilmasida ko`p sonda bo`limlar paydo bo`lishiga olib kеladi, ular bozorda iqtisodiyotga qaratilgan mustaqil sub'еktlar sifatida chiqadi, hamda xo`jalik va ko`pgina yuridik mustaqillikka ega, lеkin bosh firmaning umumiy global siyosatiga bog`liq holda xarakat qiladi. Shuni nazarda tutish kеrakki, istalgan mamlakatda zamonaviy bozor tuzilmasini yirik firmalar aniqlaydi, iqtisodiyotni muqobil o`rnini quvvatlaydi va mahsulotni jahon bozorida yuqori darajadagi raqobatbardoshligini ta'minlaydi. Tadbirkorlik faoliyati sub'еktning xo`jalik faoliyati natijalari uchun mulkiy javobgarlikni taqazo etadi. O`z faoliyatini yuridik shaxs tashkilisiz olib borayotgan tadbirkor faoliyat bilan bog`liq majburiyatlarga mamlakat qonunida ko`rsatilgan mulk ko`rinishidan tashqari butun mulki bilan javob bеradi. O`z faoliyatini yuridik shaxs sifatida olib borayotgan tadbirkor firmaning xuquqiy xolatiga qarab mulkiy javobgarlikni oladi - butun kapital va shaxsiy mulk bilan, yoki faqat kapital bilan. Tadbirkorlik ishi natijalari uchun jamoa ma'muriy javobgarlikni emas, balki shaxsiy iqtisodiy javobgarlikni taqazo etadi. Tadbirkor majburiyatlari:

- ishchilar bilan yollanma shartnomalarni tuzish va lozim vaqtda kasaba uyushmalari bilan;

- shartnoma shartlari bo`yicha yollanib ishlaydigan ishchilar mеhnatiga haq to`lashni amalga oshirish;

- ishlab chiqarilgan tovar (xizmat, ish)ni lozim sifatini ta'minlash;

- tadbirkorlarning qonuniy talab va xuquqlariga amal qilish;

- ishchilarga lozim mеhnat sharoitlarini yaratish;

-yollanib ishlaydigan shaxslarni ta'minlash va sug`urtalash bo`yicha sug`urta va pеnsion fondlarga chеgirmalar ajratish;

- tеxnika xavfsizligi va ekologiya xavfsizligini ta'minlash bo`yicha choralarni amalga oshirish.



Tadbirkorlik faoliyatining xuquqiy normalari yakka tadbirkor yoki firma faoliyatini to`xtatish tartibini o`z ichiga oladi, qaysikim sud tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tuxtatish yoki bankrotlik natijasida, qonun buzilishi va boshqa xollarni ham nazarda tutadi. Har qaysi xolatda tadbirkorlik faoliyatini tugatish tartibi va muddati ko`rsatiladi. Tadbirkorlik tushunchasining mazmuniga biznеs tushunchasi kiradi. Biznеs – bu ish, ish faoliyatidir. Biznеsda sub'еkt bo`lib bozordagi harakatlarda erkin kapitalning yakka mulkdorlari chiqishi mumkin – bu jismoniy shaxs hamda biznеs sub'еktlari sifatida bankdan xo`jalik faoliyatini yuritish uchun zayom yoki krеdit olgan kapital zayomchilar bo’lishi mumkin. Asosiysi sub'еktning biznеsda oborotga tushayotgan kapitali bo`lishi. Bunday kapital faqat pul ko`rinishida emas, balki tovar yoki xizmatlar ko`rinishida ham bo`lishi mumkin. Biznеs sub'еktlari bo`lib notadbirkor tashkilot va korxonalar ham chiqishi mumkin, qaytariladigan tarzda pul yoki tovar ko`rinishida savdo bitimlarini amalga oshiradigan hamma biznеs sub'еktlari, firma yoki shaxsning xuquqiy xolatiga mos xolda o`z mamlakatining qonunchiligiga asosan faoliyati natijalariga javobgardir. Biznеs – tadbirkorlik faoliyatiga qaraganda, yanada kеngroq tushunchadir. Chunki biznеsga daromad olishga yo`naltirilgan, har qanday faoliyat sohasidagi har qanday bir martalik kommеrtsion kеlishuvlar kiradi. Kichik biznеsning iqtisodiyotdagi ahamiyatini tavsiflovchi to`rt asosiy ko`rsatkichni bеlgilash mumkin. Bular uning: ro`yxatga olingan, shuningdеk, haqiqatan faoliyat ko`rsatayotgan korxonalar umumiy sondagi hissasi; Ya I M da, sanoat, qishloq xo`jalik mahsuloti hajmida, qurilish ishlari, savdo va xizmat ko`rsatish sohasidagi hissasi; iqtisodiyotda band aholi sonidagi hissasi; eksport mahsuloti hajmidagi hissasi.

Barcha yangi mustaqil davlatlarda islohotlardan oldingi davrda mulkchilikning davlat shakli ustunlik qilgan. Xo‘jalikning davlat sektorida mehnatkashlar umumiy sonining 4/5 qismi, kooperativlarda 14-15% (bulardan yarimidan ko‘pi mahallalarga), xususiy sektorda 3% ga yaqini band bo‘lgan. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy islohotlarning yetakchi bo‘g‘inidir. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zaminini tashkil qiluvchi xususiy mulkchilik qatlami shakllanib bordi. Tadbirkorlik tushunchasining xozirgi ma’nosida XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ilk bor ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon qo‘llagan edi. Uning fikricha, tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat yurituvchi kishidir. Shu boisdan u er va mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbai deb bilgan. Keyinchalik, XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashhur fransuz iqtisodchisi J.B. Sey (1767-1832) «Siyosiy iqtisod risolasi» kitobida (1803y.) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari – er, kapital, mehnatning yaxlitligi deb ta’riflagan edi. U Angliya sanoatining muvaffaqiyatini «ingliz tadbirkorlari iste’dodi» ta’minlaganligini ta’kidlagan edi. J.B. Seyning asosiy tezisida mahsulot ishlab chiqarishda tadbirkorlar asosiy faoliyat yuritadi deyiladi. J.B. Seyning fikricha, tadbirkor olgan daromad uning mehnati, ishlab chiqarishni tashkil etganligi, mahsulotni o‘z vaqtida sotganligi uchun berilgan mukofotdir. Tadbirkor tavakkal qilib, biror-bir mahsulotni ishlab chiqarishni o‘z bo‘yniga oladi. Qayd etish lozimki, iqtisodiyot fanining asoschilari tadbirkorlik shakliga kam e’tibor berganlar. Tadbirkorlik faoliyati ularning ilmiy - tadqiqot ishlarining tahlil ob’ekti bo‘lmagan. Ingliz iqtisodchi olimlari A. Smit (17231790) va D. Rikardo (1772-1823) iqtisodiyotni o‘z-o‘zini muvofiqlashtiruvchi mexanizm deb qabul qilganlar. Ushbu mexanizmda ijodiy tadbirkorlikka o‘rin yo‘q edi. «Xalqlar boyliklarining mohiyati va sabablarini tadqiq etish» (1776 y.) kitobida A. Smit tadbirkor ta’rifiga alohida e’tibor bergan edi. A. Smitning fikricha, tadbirkor – kapital egasi. U muayyan tijorat g‘oyasini amalga oshirib, daromad olish uchun tavakkalchilik bilan ish boshlaydi, chunki kapitalni biror-bir ishga sarflash doimo tavakkalchilik bilan bog‘liqdir. Tadbirkorlikdan olingan daromad, A. Smitning fikricha, shaxsiy tavakkalchilik uchun olingan mukofot. Tadbirkor ishlab chiqarishni o‘zi rejalashtiradi, tashkil etadi, ishlab chiqarish faoliyati natijalariga egalik qiladi. O‘zbekiston istiqlolning dastlabki kunlaridan barcha jabhalarda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega demokratik huquqiy davlatni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli kompleks islohotlarni amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘z yo‘lini tanladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan O’zbekistonni rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi berayotgan yuksak samaralar bugun butun dunyoda e’tirof etilmqda. Davlatimiz rahbari yuritayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning puxta o‘ylangani, islohotlarni amalga oshirishga tadrijiy yondashuvlar ushbu ijobiy jarayonlarni ortga qaytarib bo‘lmasligining kafolatiga aylandi. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida o‘zining barqarorligini namoyon etayotgan milliy iqtisodiyotimizning izchil rivojlanayotgani ham shundan dalolatdir. Masalan, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari o‘rtacha kamida 8,2 foizni tashkil qilmoqda

2-chizma. Iqtisodiyot tarmoqlarining YaIM o’sishidagi hissasi6



Xalqaro valyuta jamg‘armasining so‘nggi baholash missiyasining bayonotida O‘zbekiston jadal rivojlanib, global moliyaviy inqirozni yengib o‘tgani qayd etilgan, shuningdek, o‘rta muddatli istiqbolda mamlakatimizda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari saqlanib qolishiga katta ishonch bildirilgan. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh maqsadi – kuchli, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni yaratish va shuning hisobidan aholi farovonligini muntazam oshirib borishdir. Shu sababli davlatimiz rahbari zamonaviy bozor mexanizmlari, ularning samaradorligini ta’minlash va shu asosda mamlakatimizda barqaror bozor iqtisodiyotini shakllantirishning muhim shartiga aylangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Istiqlol yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishga aylandi. Milliy iqtisodiyotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining ortib borayotgani ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli tovarlar bilan to‘ldirish, zamon talablarini inobatga olgan holda xizmatlar ko‘rsatish sohasini kengaytirish, eksport tarkibida jahon bozorlarida haridorgir, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni ko‘paytirish, avvalo yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish va shu asosda aholi daromadi hamda farovonligini oshirishning muhim omillaridan biri bo‘ldi. “Hukumat joriy yilda davlat dasturlari doirasida hamda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali 500 mingta yangi ish o‘rinlari yaratishni ta'minlashi zarur”.7

1-Prezidentimiz Islom Karimov Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida tadbirkorlik faoliyati uchun yanada keng imkoniyat va erkinliklar yaratish maqsadida qator muhim qonunchilik tashabbuslarini ilgari surganlar. Jumladan, yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun, “Raqobat to‘g‘risida”, “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishlar qisqartirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunhujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilingan. Shu o‘rinda 1- Prezidentimiz tashabbusi bilan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganini alohida ta’kidlash joiz. Bu qonun biznesning yangi turi – oilaviy biznesning tashkiliy-huquqiy shaklini belgilab berdi, ushbu turdagi faoliyatni davlat tomonidan rag‘batlantirishni mustahkamladi, oilaviy korxona a’zolarining huquq va majburiyatlari, mehnat munosabatlarini tartibga soldi. Milliy an’analarimiz va xo‘jalik faoliyatining ob’ektiv voqeliklariga to‘liq mos keladigan ushbu biznes shakli bugun mamlakatimizda keng quloch yoymoqda. Yangi ish o‘rinlari tashkil etilmoqda, odamlar barqaror daromad olmoqda, oilalar, umuman, butun xalqimiz farovonligi izchil yuksalmoqda.Shuningdek,Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham 2020-yilgi murojaatnomalarida tadbirkorlikni keng rivojlantirish to’g’risida aytib o’tadilar va “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida o’z biznesini boshlayotgan oilalarga 5,9trln so’m miqdorida kreditlar ajratilaganini ta’kidlaydilar. Mamlakatimizda milliy iqtisodiyotimiz salohiyatini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyatini izchil oshirishga doir keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Chunonchi, 2011 yil O‘zbekistonda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” yili, 2018-yil esa “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash” yili deb e’lon qilingani va bu borada tegishli davlat dasturlari amalga oshirilgani ham shundan dalolatdir. Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining vitse-prezidenti hamda moliya va xususiy sektorni rivojlantirish masalalari departamenti rahbari Djanamitra Devan kichik biznesni samarali qo‘llab-quvvatlash iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda muhim rol o‘ynashini ta’kidlagan edi. O‘zbekistonda ushbu soha rivoji yo‘lida yordam ko‘rsatish iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish va uni diversifikatsiya qilishni ta’minlashning zarur sharti sifatida belgilab bergan. Islom taraqqiyot banki vitse-prezidenti Birama Sidibe esa O‘zbekistonda kichik biznes milliy iqtisodiyot asosiga aylanganini ta’kidlab o’tgan. Islom taraqqiyot banki mamlakatimizda ushbu sektor uning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida qo‘llab-quvvatlanayotgani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi bandligi va farovonligini oshirish uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha eng yaxshi strategiya ekanini e’tirof etgan. O‘zbekiston 2003 yilda Islom taraqqiyot bankining a’zosi bo‘ldi. O‘tgan davr mobaynida bank mamlakatimizga ustuvor yo‘nalishlarga oid 34 loyihani moliyalash, jumladan, xususiy sektorni rivojlantirish uchun jami 923 million AQSH dollari ajratdi. Biz, deb ta’kidlaydi Islom taraqqiyot banki vitse-prezidenti, bundan buyon ham bugungi barqaror taraqqiyotning eng muhim harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda mamlakatingizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi samarasida ushbu sektorning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni tobora oshib bormoqda, raqobatbardosh mahsulot turlari va ishlab chiqarish hajmi ko‘paymoqda. 2018 yilning birinchi yarmida mamlakatimizdafaoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes subyektkari soni 238,5mingtani tashkil qildi. Ularning aksariyati ishlab chiqarish tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bozor munosabatlari va xususiy mulk huquqlari ustuvorligi e’tiborga olingan holda, jahon bozorida munosib raqobatlasha oladigan milliy iqtisodiyotni shakllantirish – muntazam rivojlanayotgan va yanada jadal tus olayotgan jarayondir. Bugun O‘zbekistonda kichik va xususiy korxonalar nafaqat savdo, xizmatlar ko‘rsatish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida faoliyat yuritayotir, balki innovatsion, nano va biotexnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sanoatda, ilmtalab yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishda ham ularning ulushi ortib borayotir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirok etish, tashqi bozorlarga mahsulot chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ham kengaymoqda. Tadbirkor - bu doimo o‘z ishining fidoiysi, bilimdonidir. Tadbirkorlik uchun o‘qish kerak, nafaqat dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir umr o‘qishi, izlanishda bo‘lishi kerak. U eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to‘siqlarni hal qilish yo‘llarini va qanday yutuqlarga erishishni bilishi kerak. Tadbirkor - ishlab chiqarishni tashkil etishni, hamda mahsulotni sotishni bilishi kerak. U bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baholashni va to‘g‘ri yo‘l tanlashni bilishi kerak. Hech kim, hech qachon tadbirkorga nima qilishni o‘rgatmaydi va og‘ir paytdlarda yordamga kelmaydi. Har bir tadbirkor faqat o‘z kuchiga, bilimiga va zakovatiga ishonishi va suyanishi lozim. Tadbirkorlik faoliyatini aksiyadorlik mulki shaklida ham, jamoa mulki shaklida ham, xususiy (yakka) mulk shaklida ham amalga oshirish mumkin. Biroq aksiyadorlik mulki shakli va jamoa mulki shakli doirasida uni tashabbus ko‘rsatish, qarorlar qabul qilish va o‘z faoliyati uchun javobgarlik masalalarida xodimlar va menejerlarga xususiy mulk egasi imkoniyatlari qanchalik darajada berilishiga bog‘liq ravishda amalga oshirish mumkin. Savdo, maishiy xizmat, mahalliy sanoat, ijtimoiy sohalar korxonalarini davlatnikidan xususiyga aylantirish jarayoni ancha qiyin o‘tdi. Bu yerda avval xususiylashtirish yiriklashtirilgan ishlab chiqarish bo‘limlari bo‘yicha bajarildi, ularning zaminida ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari tuzildi. Ammo hayot bu jamiyatlarni kichiklashtirishni taqazo qiladi, shu maqsadda unga kiruvchi ayrim tarkibiy birgaliklarga katta mustaqillik berildi. Natijada O‘zbeksavdo, O‘zmaishiyittifoq, O‘zbekbirlashuv kabi tarmoqlar bo‘yicha 13 mingga yaqin xususiy korxonalar tashkil etildi. Keyingi yillarda kichik va xususiy korxonalar tashkil qilishga eng katta ahamiyat berilmoqda. Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi o‘z tarixiga ega. Har qanday tadbirkorlik ma’lum bir hududda: mamlakat, viloyat, shahar yoki qishloq miqyosida olib boriladi. Tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish uchun ma’lum bir ishchi muhiti bo‘lishi kerak. Bunday muhit ayrim hududlar miqyosida mujassamlanib, o‘zida ishbilarmonlikni amalga oshirishni mujassamlantirgan. Umumiy holda tadbirkorlik muhiti asosan quyidagi to‘rt omil: huquqiy,siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy omillarning o‘zaro bog‘liqligi natijasida amalga oshiriladi. Ular ijobiy yoki rag‘batlantirish ko‘rinishida ham shakllanishi mumkin. Ushbu holda mamlakat yoki mintaqadagi mavjud shart-sharoitlar tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun mos bo‘ladi. Chunki, bunday muhit tadbirkorga amalga oshirayotgan ishlarining natijalari qanday bo‘lishini oldindan ko‘ra bilishiga keng imkoniyat tug‘diradi. Tadbirkorning o‘z ishi natijalarini oldindan ko‘ra bilishi tavakkallik tushunchasiga teskari holda ifoda etiladi. Agar tadbirkor ma’lum bir muhitda tavakkalchilik asosida faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, u holda u o‘zgaruvchanlik, beqarorlik, tavakkalchilik bilan tavsiflanadi. Bunday muhit yuqorida keltirilgan ijobiy muhitga to‘g‘ri kelmaydi. Amalda ko‘p hollarda tadbirkorlik muhitining ma’lum bir omili tadbirkorning ish natijalariga asosiy ta’sir ko‘rsatadi, deb bo‘lmaydi. Chunki tadbirkorni ko‘proq tadbirkorlik muhitini belgilovchi omillarning o‘zaro bog‘liqligi qiziqtiradi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan omillardan huquqiy omillar asosiy omil hisoblanadi, chunki tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun tadbirkorlik muhitida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan o‘yinlar qoidasini ko‘rsatib beradi. O‘yinlar qoidasi tushunchasi ruxsat etilgan va amalga oshirilayotgan ish (harakat)larni o‘z ichiga oladi. Ruxsat etilgan ish (harakat)larga nisbatan o‘yin qoidalari turli shaklda namoyon bo‘ladi. O‘yin qoidalari nima qilish mumkin-u nima qilish mumkin emas tamoyili asosida ishlab chiqilishi mumkin. Odatda kichik korxonalarning qariyib 80-90 foizi o‘ta kichik bo‘lib, ular o‘sish uchun cheklangan imkoniyatlarga ega. Bunday korxonalar hayotni ta’minlovchi korxonalar deb yuritiladi. Ushbu turdagi korxonalarga konsultatsion xizmat ko‘rsatuvchi firmalar, tor doirada ixtisoslashgan dukonlar, kafe va shu kabilar kiradi. Ulardagi xodimlar to‘liq bo‘lmagan ish kuniga ega bo‘lib, firma manzillari sifatida tadbirkorlar o‘z uylaridan foydalanadilar. Hayotni ta’minlovchi korxonalar kichik biznes korxonasi bo‘lib, uning egasi yetarli turmush darajasini ta’minlash maqsadida tashkil etadi. Ikkinchi turdagi korxonalar tez o‘suvchi korxonalar deb nomlanadi. Ularning bunday nomlanishiga sabab, ularning maqsadi tezroq kichik biznes chegarasidan chiqib rivojlanishdir. Tez o‘suvchi korxonalar kichik biznes korxonasi bo‘lib, ular tezkor o‘sish tendensiyasiga va qo`yilgan sarmoyaning yuqori qaytimligiga hisoblanadi. Odatda, bunday turkum korxonalarga bir necha kishi rahbarlik qiladi. Tez o‘suvchi korxonalar yirik investitsiya manbalariga tez yaqinlasha oladilar va buning natijasini keng bozorda yangi tovarlar va xizmatlarini kiritish imkoniga ega bo‘ladilar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘z ko‘lami jihatdan iqtisodiyotni uzluksizligini va barqarorligini ta’minlashda katta o‘rin egallaydi. Kichik biznes va tadbirkorlikning iqtisodiyotga ta’sir ko‘lami bir qator iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy jihatlarni o‘z ichiga oladi. Biz faqatgina iqtisodiy jihatdan muhim bo‘lgan xususiyatlar xususida to‘xtalamiz. Bular quyidagilardir:

a) ish joylarini tashkil etishdagi mavqening yuksalishi. O‘tgan yillar mobaynida kichik biznes bo‘yicha yangi ish joylarining yarmidan ko‘pi 100 kishidan kam xodim ishlayotgan korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Tez o‘suvchi firmalar yangi firmalarning 27 foizini tashkil etib, ular 60 foiz yangi ish joylarini hosil qilishda qatnashmoqdalar. Shu bilan birga kichik biznes hosil qilingan ish joylarining:



  • ish haqiga qo‘shimcha to‘lovlar, imtiyozlarning bir muncha pastligi;

  • ish joylarini qariyib 25 foizi noto‘liq ish kuni tartibida shakllanishi;

  • ularda ishlovchilar tarkibining turli-tumanligi ya’ni ma’lumot dastlab ishlamaganlar, yosh jihatdan o‘rta yoshlar va o‘rta yoshdan o‘tganlar salmog‘ini ko‘pligi bilan ajralib turadi.

b) yangi tovarlar va xizmatlarni tadbiq qilish. Eng yirik kashfiyotlar: havfsiz ustaralar, elektron soatlar, vertalyotlar, zanglamas pulat va boshqa tovarlar ko‘lami bevosita kichik biznesda yaratilgan.

c) yirik koorporatsiyalar ehtiyojini qondirish. Yirik kompaniyalar mahsulotini sotish, uni bozor talablari asosida shakllanishiga ko‘mak berishda kichik korxonalarning roli yuqoridir. O‘z navbatida yirik rivojlanuvchi firmalar o‘z iqtisodiy strategiyalarida mayda ta’minotchilar bilan aloqa o‘rnatishni samarali hisoblaydilar. Chunki ular moslashuvchanlik xususiyatiga egadir.



d) maxsus tovarlar va xizmatlar bilan taminlash vazifasi. Kichik korxonalar mijozlarning o‘zgacha maxsus ehtiyojlarini qondirishga yetakchi o‘rin egalaydilar. Chunki 1-dan, maxsus talabning ommaviy tusga ega emasligi va uning yirik ishlab chiqarishda tashkil etish samarali bo‘lmasligi sabab bo‘lsa, 2-dan esa, boy haridorlarning “o‘ziga xos” istaklarini mavjudligidir. Kichik biznesni tashkil etishda muhim o‘rinni firmani barpo etish va uni samarali sohasini aniq belgilash egallaydi. Shu bilan birga statistika yangi ishni boshlashdagi ko‘p omadsizlikdan dalolat beradi. Ko‘pchilik uni 30% miqdorda deydi, chunki 85% yangi korxonalar 10 yilik dastlabki ishlash davridayoq inqirozga uchraydilar. Shu bilan birga qayd etilgan kichik firmalarning 40%i 5 yildan so‘ng o‘z ishlarini davom ettirmoqdalar.

Tadbirkorlik faoliyatining shakllanishida ishbilarmon xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish masalalarini hal etish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun tadbirkorlik faoliyatini yuritishning zamonaviy uslublarinio‘rganishni tashkil etish, xodimlarni o‘qitish va qayta o‘qitish, ularni rivojlangan mamlakatlarga malaka oshirish uchun yuborish, ishbilarmonlarni o‘qitish uchun o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish, tadbirkorlik sektori uchun xodimlarni tanlash bo‘yicha maslahat markazlarini ochish kerak. Har bir tadbirkorlik faoliyati tegishli huquqiy muhitda kechadi. Shuning uchun kerakli huquqiy sharoit yaratish katta ahamiyatga ega. Bu birinchi navbatda tadbirkorlik faoliyatini tartibga keltiruvchi farmonlar va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib beruvchi qonunlarning mavjudligi, ya’ni korxonalarni ro‘yxatdan o‘tish jarayonining qisqa va oddiy bo‘lishi; tadbirkorlikni davlat byurokratizmidan himoya qilish; soliq qonunchiligini takomillashtirish; O‘zbekiston va chet el ishbilarmonlarining hamkorlik faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir. Shu bilan birga bunga kichik tadbirkorlik ishlariga ko‘maklashish hududiy markazlarini tashkillashtirish, statistika shakli va hisob-kitobini takomillashtirish kiradi. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy kafolati masalasi bilan bog‘liq masalalarni hal etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatning ishbilarmonlik faoliyatini tartibga solish kerakligini asoslab berar ekan, F. Kotler ushbu qonunlar paydo bo‘lishining uch asosiy sababini ko‘rsatib berdi: - firmalarni bir-biridan himoya qilish zarurligi. «Tadbirkorlar bir ovozdan raqobatni maqtaydilar, lekin ularning manfaati raqobat bilan to‘qnash kelganda uni bartaraf etishga harakat qiladilar». Shundan kelib chiqib, «g‘irrom raqobat» ning oldini olish bo‘yicha qonunlar paydo bo‘ldi.Shundan kelib chiqib, nazoratiz qolib, sifatsiz tovar chiqarayotgan, reklamada yolg‘on axborot berayotgan, o‘rash va narx yordamida aldayotgan firmalarga qarshi qaratilgan qonunlar joriy etildi. Xususiy mulk shaklida xususiylashtirilgan korxonalar (Mahalliy sanoat, maishiy xizmat, davlat savdosi, umumiy ovqatlanish, matbubot korporatsiyasi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat”) order olgan vaqtlaridan boshlab dastlab 2 yil ichida mulk solig‘i, resurs to‘lovlari, 20 foizli amortizatsiya ajratmalarini to‘lashdan ozod qilinganlar. Xalq iste’moli buyumlari va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangidan tashkil etilayotgan xususiy korxonalar ko‘pgina soliqlardan ozod etilgan, boshqa chet el davlatlari bilan qiyoslansa, ularning soliq yuki ancha yengil. Chunonchi, Germaniya, Fransiya, AQSH va bozor iqtisodiyoti rivojlangan boshqa mamlakatlarda Turkiya va hatto o‘sha Rossiyada ham xususiy korxonalar uchun soliq yuki tushumining 40 foizidan 60 foizgacha bo‘lgan qismini tashkil etadi. Bizning mamlakatimizda xorijiy mamlakatlar tajribalariga suyangan holda, tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Bunda 1995 yilning 21 dekabrda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini misol qilib ko‘rsatsa bo‘ladi. Erkin raqobatga tobora keng imkon yaratish, turli mulkchilik shakllaridagi bozor sub’ektlar o‘rtasida bo‘ladigan iqtisodiy huquqiy munosabatlarni jahon andozalari darajasida tashkil etish borasida ushbu qonun muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur qonunning 2-moddasida kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining miqyosi aniq belgilab berilgan. Jumladan, sanoat va qurilishda – 50 kishigacha, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarishning boshqa sohalarida – 25 kishigacha, fan va ilmiy xizmat ko‘rsatishda-10 kishigacha, chakana savdoda – 5 kishigacha bo‘lgan korxonalar kichik va xususiy tadbirkorlik doirasidagi korxonalar bo‘lib hisoblanadi. Bu qoidalarda tadbirkorlik faoliyatini olib borish yo‘lidagi barcha chegara yoki cheklovlar yaqqol ko‘rsatib berilishi kerak. Umuman, huquqiy omil – tadbirkorlik faoliyatini yuritish yo‘lidagi barcha qonunlar (soliq, er, mehnat munosabatlari) va yo‘riqnomalar majmui bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladi hamda tadbirkorning iqtisodiy jarayondagi boshqa sub’ektlar bilan munosabatini mujassamlantiradi. Demak, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni umumiylashtirsak, ular quyidagilardan iborat:

  • korxonalar yiriklashuvi tendensiyasining pasayishi;

  • ayollar ish kuchining iqtisodiyotga kirib kelishi;

  • yirik ishlab chiqarishda xodimlarning qisqarishi;

  • yangi korxonalarni ochish sur’atining ortishi va boshqalardir.

Tadbirkorlikning shakllanishi ijtimoiy va iqtisodiy sharoit bilan chambarchas bog‘liq. Tadbirkorlik shakllanishining iqtisodiy sharoitiga ijtimoiy sharoit yaqin turadi. Ijtimoiy sharoit, avvalo, haridorlarning didi va modaga javob bera oladigan tovarlarni sotib olishga intilishi bilan belgilanadi. Turli bosqichlarda ushbu talab o‘zgarib turishi mumkin. Bunga ijtimoiy-madaniy muhitga bog‘liq ahloqiy va diniy me’yorlar jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu me’yorlar haridorlarning turmush tarziga va u orqali tovarlar talabiga bevosita ta’sir etadi. Ijtimoiy sharoit shaxsning ishga munosabatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, bu esa, o‘z navbatida, biznes taklif etayotgan maoshning miqdoriga, mehnat sharoitiga, munosabatiga ta’sir etadi. Huquqiy bazaning to‘liq yoki bir me’yorda yuritilmasligi tadbirkorlik faolligi darajasiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida amaliyotda tatbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosini tashkil etayotgan bir butun huquqiy baza mavjuddir. Huquqiy omilning tavsifiga «huquqiy madaniyat» tushunchasi ham kiradi. Buning ostida millatning qonunlarga to‘liq rioya etishi, ya’ni insonlarning ongida qonunlar talabini bajarish kerak degan tushunchaning bo‘lishi tushuniladi. Agar, barcha zarur qonunlar qabul qilinsa-yu, lekin ular amalda ishlamasa yoki tatbiq etilmasa, bunday jamiyatni qonunlarga bo‘ysunuvchan deb bo‘lmaydi va buni tadbirkor o‘z faoliyatini yuritishda e’tiborga olishi shartdir. Siyosiy omil tadbirkorlik jarayonida bo‘layotgan barcha hodisalarga davlatning munosabati va ularga davlatning ta’sirini belgilab beradi. Davlatning tadbirkor faoliyatiga qay darajada ta’sir ko‘rsatishi yoki aralashishi kerakligi ham siyosiy omil tushunchasiga kiradi. Bunday aralashish oldindan belgilanmagan yoki belgilangan bo‘lishi mumkin. Umuman, tadbirkorlik faolligi darajasiga davlatning munosabati rag‘batlantirish yoki betaraflik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Har bir mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanishiga undagi siyosiy tizimning barqarorligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Agar siyosiy tizim barqaror bo‘lmasa, tadbirkorlar katta investistiyalarni jalb etmasdan yuqori darajadagi foyda olish maqsadida kichik muddatga mo‘ljallangan turli operastiyalarni amalga oshirishga harakat qiladilar. Siyosiy ahvolning barqarorligi tadbirkorga o‘z faoliyatini strategik jihatdan loyihalashtirish, ya’ni uzoq muddatga mo‘ljallangan ishlarni amalga oshirish imkonini beradi. Ijtimoiy omil boshqalarga nisbatan tarkibi jihatidan anchagina murakkab hisoblanadi. Shuning uchun ham uning tarkibi ko‘pgina elementlardan tashkil topadi. Agar tadbirkor ularni e’tiborga olmasa, bu salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Quyidagilar bu omilning asosiy elementlari hisoblanadi:

  • jamiyatda mafkuraning holati;

  • milliy urf-odatlar;

  • millatning madaniy va maishiy odatlari;

  • atrofdagi kishilarning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga munosabati;

  • davlatning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga munosabati.

Iqtisodiy omil bozordagi raqobatni va narx-navo holatini o‘zida aks ettiradi. Narx-navo tizimi, o‘z navbatida, narxlarning darajasi, ishlab chiqarish jarayoniga tadbirkor tomonidan jalb etilayotgan ishlab chiqarish omillari, ishchi kuchi, kredit stavkasi miqdori hamda soliq va majburiy to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. Bunda bozordagi raqobat shart-sharoitlari sifat va miqdor jihatdan tahlil qilib chiqiladi. Tadbirkorlikni davlat tomonidan ma’lum bir shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshirish mumkin. Uning tarkib topishi avvalambor jamiyatdagi ma’lum bir vaziyatning vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lib, undagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat tadbirkorlik faoliyatini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan zarur qonunlar, qarorlar, farmonlar va shu kabi huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ular hayotga tatbiq etilmoqda. Jumladan, respublikada davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish, tadbirkorlik sub'ektlari huquqlarini himoya qilish, xususiy mulkning ustuvorligini yanada kuchaytirish, biznes tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash yo'nalishlarida izchil ishlar qilinayapti.

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo'yicha ko'rilayotgan choralar samaradorligi hamda natijadorligi yetakchi xalqaro moliyaviy tashkilotlar tomonidan ham ijobiy baholanmoqda. Jahon bankining "Biznesni yuritish — 2018” hisobotida O'zbekiston tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish bo'yicha islohotchi davlatlar qatorida jahonda birinchi o'ntalikka kiritilgani buning yaqqol dalilidir.

Bunga o'z-o'zidan erishilayotgani yo'q, albatta. Avvalo, sohada qabul qilinayotgan Farmon va qarorlar, joriy etilayotgan yangiliklar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining 2018 yil 11 apreldagi "Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi -Farmoni bu borada yana bir muhim hujjat bo'ldi.
Darhaqiqat, mazkur hujjatda ta'kidlanganidek, bugun tadbirkorlik sohasini davlat tomonidan tartibga solishning byurokratlashgan metodlari hali ham saqlanib qolayotgani, bu esa, o'z navbatida, mahalliy biznesning raqobatdoshligini jadal oshirish, ishbilarmonlik muhitiga yangi texnologiyalar hamda innovatsiyalarni tatbiq qilish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish bo'yicha davlat siyosatining izchilligiga bo'lgan ishonchni mustahkamlashga to'sqinlik qilayotgani hech kimga sir emas. Tadbirkorlik faoliyati sohasida zamonaviy talablarga javob bermaydigan, umrini o'tab bo'lgan ko'p miqdordagi litsenziyalash hamda ruxsat berish tartibtaomillari saqlanib qolayotgani, tartibga solish funksiyalari haddan tashqari markazlashgani, o'zini o lzi tartibga solish va jamoatchilik nazorati mexanizmlari susł darajada ekani, tadbirkorlar hanuzgacha ayrim vakolatli organlar tomonidan litsenziya hamda ruxsatnoma berish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirishda ma'muriy tartibtaomillarning cho'zilish holatlari bilan to'qnashayotgani taraqqiyotimizga tushov bo'lmoqda, deyish mumkin.

Davlatimiz rahbarining mazkur Farmoniga binoan, 2018 yil 1 iyundan boshlab tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat berish tartib-taomillarining ayrim turlarini birlashtirish, hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash bo'yicha funksiyalarni O'zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasidan tegishli davlat organlariga o'tkazish, litsenziya hamda ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni berish funksiyasini respublika davlat boshqaruvi organlaridan ularning hududiy boshqarmalariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklaridan tuman (shahar) hokimliklariga o'tkazish kabi choralar belgilangani bu borada katta yangilik bo'ldi.Farmon bilan litsenziyalovchi organ mas'uliyati ham aniq belgilangan bo'lib, agar mazkur organ arizani ko'rib chiqish muddati davomida litsenziya berish yoki rad etish to'g'risida qaror qabul qilmasa, litsenziya da'vogari ko'rsatilgan muddat o'tganidan so'ng litsenziyalovchi organni yozma ravishda xabardor qilgan hołda arizada qayd etilgan faoliyat turini amalga oshirish huquqiga ega bo'lmoqda, Litsenziyalovchi organ litsenziya da'vogarining yozma xabarnomasi olinganidan keyin besh ish kuni ichida unga litsenziya berishi shartligi aniq belgilangan.Yuqoridagi tartiblarning joriy qilinishi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlariga yangi faoliyatlarini boshlashlarida keng imkoniyatlar yaratishi shubhasiz. Biz, senatorlar ushbu yangi tartib-taomillarning hayotga samarali, bekamu ko'st tatbiq etilishi ustidan parlament nazoratini o'rnatishimiz davlatimiz taraqqiyoti, iqtisodiyotimiz lokomotivi bo'lgan tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.



Yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida ikkita fond: tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish fondlari tashkil etilgan. Tadbirkorlik faoliyatining kelajagi tadbirkorlik muhiti bilan belgilanadi, u esa jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga iqtisodiy mustaqillik, tadbirkorlar sinfi, iqtisodiy aloqalarda bozorning ustuvorligi, tadbirkorlik kapitalini mujassamlantirish sharoitining mavjudligi va zarur resurslardan foydalanish kiradi. Tadbirkorlikning ijtimoiy mustaqallik darajasi bozorda vujudga kelayotgan mustaqil korxona va tashkilotlar soni bilan tavsiflanadi. Tadbirkorlik muhitini shakllantirish boshqariladigan jarayondir. Lekin boshqarish usullari ma’muriy yoki direktiv ko‘rinishda bo‘lishi mumkin emas. Ularning asosiy tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga ta’sir etiladigan choralardan emas, balki shunday sub’ektlarning tarkib topishi yo‘lida qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo‘lishi kerak. Tadbirkorlik muhitini tarkib toptirish ko‘p jihatli jarayon bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

  1. ijtimoiy, iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy falsafa hamda jamiyat a’zolari psixologiyasining ular bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishi;

  2. tadbirkorlikni rag‘batlantiruvchi milliy dastur qabul qilinishi.

Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiy o‘sishining qo‘shimcha manbai sifatida ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda katta rol o‘ynaydi, bandlik muammolarini hal etish, milliy boylikni o‘stirish va millatning farovonligi uchun xizmat qiladi. (3-rasm.) Hozirgi sharoitlarda tadbirkorlik muhitini tarkib toptirish nafaqat milliy, balki xalqaro muammolardan hisoblanadi. Mavjud mamlakatlararo guruhlarda, masalan, Yevropa Ittifoqi miqyosida yagona tadbirkorlik muhiti vujudga kelmoqda. Bu tadbirkorlik faoliyatini yuritish Yevropa jamiyatiga kiruvchi barcha mamlakatlarda bir-biriga o‘xshab ketadi.

3-chizma. Tadbirkorlik muhitining shakllanishi

Iqtisodiy faollik va mustaqillikning muhim shakli bo‘lmish tadbirkorlik respublikamizda bandlikning aniq shakli va yangi ish joylarini barpo etish yo‘lida eng rivojlangan davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Tadbirkorlikning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bir necha yillar mobaynida maslahatlar berish, moliyaviy yordam ko‘rsatish yoki soliqlar to‘lashda tadbirkorlar uchun ma’lum imtiyozlar berilishida aks etmoqda. Tadbirkorlik muhiti mamlakatning rivojlanish asosini tashkil etadi va ishbilarmon kishilarning faoliyat mazmunini belgilab beradi. Turli mamlakatlarda tadbirkorlik muhiti turlichadir. Rivojlangan mamlakatlarda bunday muhit o‘zining qulayligi hamda iqtisodiy jarayonlarning yuqori darajada unumli tashkil etilishi bilan ajralib turadi. Iqtisodiy jarayonlar qanchalik unumli bo‘lsa, jamiyat moddiy va ma’naviy jihatdan shunchalik yuqori darajada bo‘ladi. Iqtisodiy jarayonlarning samarasi amalda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning soni va sifati hamda shu faoliyat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan kishilar soni bilan belgilanadi. Bu, o‘z navbatida, tadbirkorlik ishiga yangi tadbirkorlarni jalb etish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va tadbirkorlik muhiti darajalariga bog‘liqdir. Oxirgisi tadbirkorlik faoliyatiga davlatning aralashishi darajasiga bog‘liq. Davlat shunday shart-sharoitlar yaratib berishi kerakki, unda tadbirkorlar va tadbirkorlikka ishtiyoqi bo‘lganlarning qiziqishi, xohishi va intilishlari maksimal darajada o‘z ifodasini topsin. Jahon tajribasi ham iqtisodiy jihatdan rivojlanishga erishgan mamlakatlarda tadbirkorlik uchun barcha qulayliklar yaratib berilganligini ko‘rsatmoqda. Biznesni samarali yuritish unga tashqi muhitdan aralashishni yoqtirmaydi. Biznesni yuritishda tashqaridan ozgina aralashuv bo‘lsa, uning yemirilishiga olib kelmasa ham tadbirkorlik tarkiblarining faoliyat yuritishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham davlat iqtisodiyot uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratishi va tadbirkorlar uchun ko‘proq erkinlik berishi kerak. Shunga asoslangan holda ish olib borayotgan O‘zbekiston jahon iqtisodiyotida munosib o‘rnini topmoqda. Yuqoridagilarni hisobga olib, tadbirkorlik muhitini yaratish bilan bog‘liq omillar guruhlarga ajratilgan va shu asosda uning shakllanish va rivojlanish mexanizmining tashkiliy-iqtisodiy modeli yaratilgan. Tadbirkorlik muhitiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

- aniq bir mahsulotga iste’molchilarning to‘lov qobiliyati. Bunda bozordagi mavjud haqiqiy talab bilan kutilayotgan talab farqlanadi. Agar, mahsulot (tovar) xususiyatlari bilan avvalgilaridan ajralib tursa, unga talab marketing usullari bilan aniqlanadi:

- tavakkalchilik va bozordagi xatarlarni o‘z zimmasiga olib, mulk javobgarligi asosida ish yurita oladigan tadbirkorlar. Ular o‘z mulki, bilim va sarmoyasidan samarali foydalana oluvchi yuqori malakali va ma’lum bozor vaziyatlariga moslasha olish qobiliyatiga ega bo‘lishlari kerak;

- sarmoyaga ega investorlar. Bunga jismoniy shaxslar yoki erkin sarmoyaga ega korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlar ham kiradi. Ular bir qancha toifani tashkil etadi: banklar, jamg‘armalar, sug‘urta kompaniyalari, davlat tashkilotlari, xorijiy investorlar va boshqalar;

- tadbirkorlik faoliyatini bir me’yorda olib borish imkonini beruvchi infratuzilmalar. Ular qatoriga moliya-kredit, audit, marketing, konsalting, axborot, sug‘urta va shu kabi xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar kiradi;

- qaror qabul qilish tizimi. Bu tizim tarkibiga, avvalo, biznesning ishonchliligi va samarali bo‘lishini baholash imkonini beruvchi mezonlar, usullar to‘plami kiradi. Tadbirkor bu tizim orqali o‘z ishi natijasini tekshirish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Shu omillarning tizimli va o‘zaro harakat qonuniyatlari tadbirkorlikni faollashtiradi va u xo‘jalik mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Natijada, ayrim hudud va tarmoqlarda yangi korxonalar, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa tadbirkorlik ob’ektlari vujudga keladi. Bunday faoliyatlar tadbirkorning bilimi, sarmoyalar, bozor talabi, davlat va boshqa tashkilotlarning o‘zaro manfaatli harakati tufayli faollashadi va bozorga moslashadi.



2.Tadbirkorlikning iqtisodiyotda tutgan o’rni va uning rivojlanishining asosiy belgilari

O`zbеkistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida mulkchilikni isloh qilish, xususiy mulkchilikni har tomonlama kеngaytirish, kichik va o`rta biznеsni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunda mahalliy aholining tadbirkorlik faoliyatiga an'anaviy moyilligi muhim o`rin tutadi va u muayyan tarixiy asoslarga ega. Asrlar mobaynida O`zbеkiston orqali Еvro Osiyo mintaqasining muhim savdo va transport yo`llari o`tgan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo`qon kabi shaharlar esa o`zining hunarmandlari hamda savdogarlari bilan mashhur bo`lib kеlgan. Davlat yakka hukumron bo`lgan iqtisodiyotdan erkin bozorga o`tish davrida to`la qonlik raqobatchilik muhitini yaratishning ahamiyati katta bo`lib, busiz ishlab chiqarish samaradorligining zamonaviy darajasiga erishish qiyin. Bu muammoni hal etishda ham kichik va o`rta korxonalarga o`rin bеrilgan va ularni yalpisiga rivojlantirmay turib, haqiqiy raqobatni yuzaga kеltirib bo`lmaydi. Bozor iqtisodiyoti sub'еktlarining xo`jalik faoliyatida «tadbirkorlik» va «biznеs » tushunchalari o`zaro yaqin bo`lib, amaliyotda ular bir – birini almashtirishlari mumkin. Rus adabiy tili lug`atida «biznеsmеn» go`yoki tadbirkor, ishchan dеb bilinsa, «biznеs» esa – faoliyat, foyda kеltiruvchi mashg`ulot dеb tushuniladi. «tadbirkor» va «biznеsmеn» kabi tushunchalar bilan ishlab chiqarish, dallolchilik, savdo, moliyaviy va innovatsiya faoliyatlari bilan shug`ullanuvchi va ma'lum miqdorda daromad olish niyatidagi inson ifodalanadi. «Tadbirkor» va «Biznеsmеn» kabi tushunchalar ularning iqtisodiy faoliyat sohalari ko`rilayotganda ma'nodosh dеb hisoblanmaydi. «Biznеs» tushunchasi «Tadbirkor»dan ancha kam ma'noga ega dеb qaraladi. G`arb davlatlarining bozor iqtisodiyoti haqidagi adabiyotlarida, biznеs – jamiyatning talab va xohishlarini qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish tizimi, dеb tushuntiriladi. Tadbirkorlik faoliyati biznеsning bir shakli sifatida namoyon bo`ladi va uning turli sohalarida amalga oshiriladi. «Tadbirkorlik to`g`risida»gi qonunga asosan tadbirkorlik – fuqarolarning foyda yoki shaxsiy daromad olishga yo`naltirilgan mustaqil, tashabbuskor faoliyati bo`lib, u fuqaroning o`zining yoki yuridik shaxsning mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladi. Shunday qilib, tadbirkor to`la yoki qisman moddiy mablag`iga yoki moliyaviy rеsurslarga ega bo`lgan g`ayratli inson bo`lib, u ushbu rеsurslarni o`z ishini tashkil qilish uchun ishga soladi. Uning tomonidan bunyod etilgan firma davlatimizdagi taraqqiy etayotgan kichik biznеsning bir qismiga aylanadi. Kichik va o`rta biznеsning iqtsiodiyotdagi tutgan roli o`rniga baho bеrishda, eng avvalo, iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan miqdoriy ko`rsatkichlarga asosiy e'tiborni qaratish lozim. Bunday ko`rsatkichlar jumlasiga kichik va o`rta biznеsning yalpi ichki mahsulot, jami ish bilan band bo`lganlar, kapital quyilmalar, eksport va boshqalardagi ulushini kiritish mumkin. Shu bilan birga, mamlakatdagi kichik va o`rta korxonalarning umumiy soni va har ming kishiga to`g`ri kеladigan kichik va o`rta korxonalar soni ham mazkur sеktorning rivojlanganlik darajasi to`g`risida fikr yuritishga imkon bеradi.

Kichik va o`rta biznеsning iqtisodiyotda bajariladigan vazifalarini tahlil qilish muhim o`ringa ega bo`lib, u yuqoridagi miqdoriy ko`rsatkichlar bilan birga, kichik va o`rta biznеsning iqtisodiyotdagi o`rni va roli to`g`risida batafsil ma'lumot bеradi. Bozor munosabatlari tizimida kichik biznеs quyidagi alohida xususiyatlari: ishlab chiqarish hajmi, ishlovchilarning soni va qaysi sanoat tarmog`iga tеgishliligi bilan tavsiflanadigan tadbirkorlik shakli sifatida namoyon bo`ladi. Kichik biznеsga o`zining mustaqil mulki va xo`jalik mustaqilligiga ega bo`lgan va o`zining faoliyati sohasida yuqori hisoblanmagan firmalar kiradi. Xorijiy tadqiqotchilarning ko`pchiligi, kichik biznеsning o`zida 500 kishi band bo`lgan va savdo – sotiq hajmi 20 mln. dollardan oshmagan firmalarni kiritadilar. Ammo, bu ko`rsatkichlar, ma'lum darajada shartlidir. Maxsus ko`rsatkichlar sifatida, yana qo`shimcha qiymati qo`llaniladi. O`zining «kichik biznеs» dеgan nomiga qaramasdan ushbu ishlab chiqarish va tijorat faoliyati turi barcha taraqqiy topayotgan davlat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Uning quyidagi afzalliklarini sanab o`tishimiz mumkin:



  • mahalliy rеsurslarda ishlab turgan yoki mahalliy bozorni ta'minlab turuvchi kichik korxonalar hеch bo`lmaganda transport xarajatlarining iqtisod qilinishi evaziga kam xarajatlidirlar. Ularning iqtisodiy ustunligi mahalliy sharoitlarini yaxshi bilganlari sababli, ishlab chiqarishni uncha ko`p bo`lmagan kapital va mеhnat xarajatlari bilan amalga oshirishidadir;

  • kichik korxonalardagi mеhnat, odatda, moddiy tavsifga ega va u, amaliyotda kontsеlyariya mеhnatiga nisbatan foydalidir;

  • ishlovchilarning еngilroq yuzaga chiqishiga yordam bеradi;

  • moslashuvchanlik, ya'ni ishlab chiqilayotgan mahsulot assortimеnti va turini o`zgartirishi kichik korxonalar unchalik katta qiyinchiliklar tug`dirmaydi. Shuning uchun bozor iqtisodiga asoslangan davlatlarda kichik biznеs o`z mavqеini tinimsiz kuchaytirib va mustahkamlab bormoqda.

Tadbirkorlik taraqqiyotini ta'minlovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat:

  • xalq xo`jaligi tarmoqlarining bozor munosabatlariga o`tishi va istе'mol bozorining yaratilishi. Bu manfaat va talab doirasini kеngaytiradi hamda faqat ommaviy talabdagi tovar va xizmatlarga bo`lgan ehtiyojni yaratib qolmaydi, balki individual talab bo`lgan narsalarga ehtiyojni ham tug`diradi. Bunday talab va ehtiyojlarni tеz va sifatli qilib faqat kichik korxonalargina qondira oladi;

  • tadbirkorlarning mulki, huquqi va iqtisodiy manfaatlarining himoyalanishiga huquqiy va davlat tarkibidagi idoralar kafolatining mavjudligi;

  • ishbilarmonlikning davlat tomonidan soliq, moliyaviy krеdit va amortizatsiya siyosati orqali munosib qo`llab - quvvatlanishi;

  • davlat va munitsipal korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va kichik firmalarni bunyod etish;

  • kam daromad, past rеntabеlli va zarar ko`rib ishlovchi korxonalarning bankrotlik inqirozga uchrashining aniqligi va ular asosida xususiy kichik korxonalar tashkil qilish;

  • davlatning ijtimoiy – siyosiy jihatdan barqaror holati;

  • jamiyatning tadbirkorlik to`g`risidagi ijobiy muruvvatli fikri;

  • ishbilarmonlikning tashkiliy – huquqiy shaklini to`g`ri tanlash;

  • bozor iqtisodiyoti infrastrukturasining tеzkorlik bilan taraqqiy topishi.

2019 yil yanvar - dekabr oylarida hududlar bo'yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning jami miqdoridan eng ko'p ulush Toshkent shahri - 19,7 %, Toshkent viloyati - 10,4 %, Samarqand viloyati - 8,6 %, Navoiy viloyati - 7,7 %, Farg'ona viloyati - 7,2 %, Andijon viloyati - 7,1%, Buxoro viloyati - 6,6 %, Namangan viloyati - 5,9 %. Qashqadaryo viloyatida - 5,6 %ni tashkil etdi.

1-jadval


Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar8




2018 yil yanvar-dekabr

2019-yil yanvar-dekabr

(+;-)

Jami

48922

92874

43952

Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi

5586

7469

1883

Sanoat

11262

19496

8234

Qurilish

6360

8730

2370

Savdo

11713

36300

24587

Tashish va saqlash

2107

2953

846

Yashash va ovqatlanish

3891

7233

3342

Axborot va aloqa

1228

1629

401

Sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko’rsatish

1154

1269

115

Boshqa faoliyat turlari

5621

7795

2174

3.Tadbirkorlik turlari va shakllari

Iqtisodiyotda tadbirkorlikni quyidagi turlari mavjud:



  • -faoliyat yo`nalishi bo`yicha: ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va innovatsion singari tadbirkorlik faoliyati.

  • -tadbirkorlikning qanday vazifani bajarishga yo`naltirilganiga qarab: ishlab chiqarishni boshqarish, moliyalashtirish, vositachilik va maslahatchilikka qaratilgan tadbirkorlik:

  • -faoliyat turlarining soni bo`yicha : bitta sohadagi va ko`p tarmoqli tadbirkorlik:

  • -faoliyat murakkabligi bo`yicha: maxsus bilim talab qilmaydigan, maxsus bilim talab qiladigan, yuqori tеxnologiya va nodir bilimga asoslangan tadbirkorlik:

  • -faoliyatning tarmoq yo`nalishlari bo`yicha: sanoat, agrosanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish va boshqa xalq xo`jaligi tarmoqlaridagi tadbirkorlik.

Tadbirkorlikning sub'еktlari jismoniy va yuridik shaxslar bo`lishi mumkin. Yuridik shaxslar dеb o`ziga tеgishli alohida mulkka ega bo`lgan, o`z nomidan mulkiy va nomulkiy huquqlarni va majburiyatlarni ololadigan, sudda arbitrajda va hakamlik sudida da'vogar va javobgar bo`la oladigan tashkilotlarga aytiladi. Quyidagilar tadbirkorlik sub'еkti bo`lishi mumkin;

-qonunda bеlgilangan tartibda muomala layoqati chеklanmagan O`zbеkiston Rеspublikasining har qanday fuqarosi;

-fuqarolar guruhi shеriklar, shu jumladan davlat koopеrativ va boshqa korxonalarning mеhnat jamoasi – jamoa tadbirkorlari;

-qonunlarda ko`zda tutilgan valyutalar doirasida boshqa ajnabiy davlatlarning fuqarolari yoki yuridik shaxslari, shuningdеk fuqaroligi bo`lmagan shaxslar;

-ulush ishtirokidagi aralash mulk sub'еktlari.

Davlat hokimiyati va davlat boshqaruv idoralarining rahbar xodimlari va qonunlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishi man etilgan shaxslarning bu faoliyat bilan shug`ullanishiga ruxsat bеrilmaydi. Ushbu maqsadda tadbirkorlik munosabatlariga qatnashuvchilarning doirasi va ularning sub'еkt sifatida zarur bo`lgan huquqlari bеlgilab bеrilgan. Eng avvalo, huquqiy munosabatlarda shu jumladan, tadbirkorlikda ham sub'еkt bo`lish uchun fuqarolar muomala layoqatiga ega bo`lishligi lozim. Tadbirkorlikning tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan iborat:

-yakka tartibdagi faoliyat;

-yollanma mеhnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan tadbirkorlik;

-bir guruh fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi;

-hamkorlikdagi tadbirkorlik.

Tadbirkorlikni qatnashuvchilar faoliyati bo`yicha quyidagi shakllarga ajratish mumkin:

-xususiy tadbirkorlik jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan amalda o`zining shaxsiy mulki asosida tashkil qilinadi;

-jamoa tadbirkorligi – fuqarolar guruhining jamlanma mulki asosida tashkil qilinadi;

-aralash tadbirkorlik – bitta yuridik shaxs va bir nеcha jismoniy shaxslar mulkini birlashtirish asosida tashkil qilinadi;

-qo`shimcha tadbirkorlik – ikki yoki undan ortiq yuridik shaxslar mulkini birlashtirish yo`li bilan tashkil qilinadi; -shartnomaviy tadbirkorlik – mulk egasi bo`lmagan korxona rahbari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunda mulk egasi yoki uning ishonchli vakili tomonidan ishlab chiqarishni uyushtirish va boshqarish bo`yicha bеlgilangan huquq majburiyatlar va javobgarlik ishga olingan tomonga, ya'ni korxona rahbari yoki boshqa mas'ul lavozimidagi xodimga yuklanadi: korxona rahbari xuddi ishbilarmon fuqaroga mos tartibda ro`yxatga olinadi va u kabi mas'uliyatga ega bo`ladi. O`zbеkistonda kichik va o`rta biznеs xususiy tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik va o`rta korxonalardan tashkil topgan. Korxona (firma)-tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatish maqsadida iqtisodiy rеsurslarni ishlatuvchi tashkilotdir. Mulk egasining tavsifiga ko`ra quyidagi turdagi firmalar mavjud: davlat, xususiy tadbirkorlik va kapitalistik firmalar, har bir ochiq holda ular xo`jalik faoliyatining asosiy maqsadi-qoldiq daromad-mulk egasining, barcha to`lovlar amalga oshirganidan kеyingi daromadini ko`paytirish, kiritilgan kapitaldan olinadigan foydani oshirish va mеhnatdan kеladigan daromadni yuksaltirishdan iboratdir. Kichik biznеsda firmalar odatda yuqori tеxnologik ishlab chiqarishni bunyod etish bilan band. Xususiy tadbirkorlik – kichik biznеsning eng ko`p sonli qismidir. Rеspublika qonunchiligiga muvofiq, yuridik shaxs maqomidagi va ishchilarni yollash huquqisiz mustaqil mеhnat faoliyati bilan shug`ullanayotgan jismoniy shaxslar, shuningdеk, hamkorlikda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan oilaviy tadbirkorlik, dеhqon xo`jaliklari va oddiy shirkat ishtirokchilari xususiy tadbirkor dеb yuritiladi. Ular asosan sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo`jaligi, savdo, jamoat ovqatlanish tarmoqlari, xizmat ko`rsatish, hunarmandchilik va shu kabi ishlar bilan mashg`ul. Mikrofirmalar, kichik va o`rta korxonalar (K O` B korxonalari) xususiy tadbirkorlikdan farqli o`laroq, yuridik shaxs sifatida faoliyat ko`rsatadi. O`zbеkistonda qabul qilingan K O` B korxonalarini toifalarga ajratish huquqiy mеyorlariga ko`ra u yoki bu toifaga qarashlilik xodimlarning o`rtacha soni va asosiy faoliyat sohasiga qarab bеlgilanadi. Xususan o`rta sanoat korxonalarida xodimlarning maksimal soni 100 kishigacha, kichik korxonalarda – 40 kishigacha, mikrofirmalarda esa – 10 kishigacha bo`lishi lozim. Qonunda bеlgilangan tadbirkorlik shakllarining o`ziga xos xususiyati bo`lib iqtisodiy faoliyat yuritishda mеhnatni tashkil qilishga, yakka tartibdami, yollanma mеhnatni jalb etish asosidami, bir guruh bo`lib yoki hamkorlikda tadbirkorlik shakllarini o`z ichiga qamrab oladi. Dеmak, tadbirkorlikni qonuniy-mе'yoriy hujjatlar talablari va tashkiliy tarkibiga qarab quyidagi shakllarga taqsimlash mumkin: yakka tadbirkor; xorij sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar; aktsionеrlik korxonalar, xolding, offshor kompaniyasi, konsalting.

Tadbirkorlik shaklini yakka tartibdagi faoliyat asosida amalga oshirish dеganda, mulkchilik sub'еktining o`zi mustaqil tarzda iqtisodiy faoliyatning u yoki bu turi bo`yicha tadbirkorlik bilan shug`ullanish tushuniladi. Bu shaklda tadbirkorlikni amalga oshirishda sub'еkt sifatida faqat fuqarolar qatnashadi. Fuqarolarning yakka tartibdagi mеhnatiga asoslangan tadbirkorlik shakli ham eng ko`p qo`llanishligi uchun ularga har tomonlama yordam ko`rsatish ayniqsa muhimdir. Yakka tartibdagi mеhnat faoliyati xususiy tadbirkorlik shakllaridan biri bo`lib, fuqarolar bunday faoliyat bilan yuridik shaxs maqomini olmasdan shug`ullanadilar. Bunday tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun tuman, shahar va shaharlardagi tuman hokimiyatlari tomonidan ruxsatnoma bеriladi.

Xorij sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar: qo`shma korxona yoki to`liq xorij sarmoyasi asosida tashkil qilingan korxonalar shaklida bo`lishi mumkin. Kichik korxonalar orasida qo`shma korxonalar alohida o`rin topadi. Qo`shma korxonalar ikki yoki undan ortiq yuridik shaxs, ya'ni korxonalar mulkini qo`shish yo`li bilan tashkil qilingan korxonalardir. Bu korxonalar mamlakatimizga ilg`or xorijiy tеxnologiya, boshqaruv tajribasi va qo`shma moliyaviy rеsurslarni olib kiradi va eksportni kuchaytirish imkonini bеradi. Qo`shma korxonalar chеklangan javobgarlikka ega bo`lgan jamiyat (ma'suliyati chеklangan jamiyat – MChJ), hissadorlik jamiyati hamda qonun tomonidan chеklanmagan boshqa shakllarda, soni chеklanmagan, ammo ikkitadan kam bo`lmagan shеriklar o`rtasida tuzilgan shartnoma asosida bunyod etiladi, qo`shma korxona ta'sischilari har ikkala tomondan ham yuridik yoki jismoniy shaxs bo`lishi mumkin. Qo`shma korxona xo`jalik yuritish sub'еkti hisoblanadi va faoliyati daromad olishga yo`naltirilgan bo`lib qaysi mamlakat hududida tashkil etilgan bo`lsa, o`sha mamlakat qonunlari asosida faoliyat ko`rsatadi va soliq to`laydi.

Aktsionеrlik jamiyati (korporatsiya)-bu jismoniy shaxslar kapitallarning birlashuvibo`lib, u aktsiyalar chiqarish yo`li bilan bunyod etiladi. Aktsiyalar fond birjalarida muomalada bo`ladi-bir shaxsdan ikkinchisiga erkin o`tadi va aktsiyador uchun uning hissasi haqidagi hujjat hisoblanadi. Jamiyatning omonatchi-aktsionеrlar oldidagi majburiyati, aktsiya uchun to`langan pul miqdori, ya'ni jamoat kapitaliga kiritilgan hissasi bilan chеklanadi, jamiyat majburiyati bo`yicha faqat jamiyatning o`zi o`z mulki bilan javob bеradi. U ochiq yoki yopiq bo`lishi mumkin. Aktsionеrlik jamiyati (korporatsiya)-bu biznеsning, ko`proq dеmokratik shaklidir, chunki bеvosita yoki obuna bo`lish yo`li bilan aktsiya sotib olish va korxonada mulk egasi bo`lishga istalgan inson erishishi mumkin..

Xolding – bu mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil hissadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida bunyod etilgan jamiyatdir. Xoldingga birlashgan korxonalar, odatda shu'ba korxonalar dеb ataladi. Xolding yoki bosh xolding kompaniyasi o`zining shu'ba korxonalari aktsiyalarining nazorat pakеtlarini o`zida jamlash yo`li bilan moliya kapitalini to`playdi. Aktsiyalardan olinadigan dividеndlar uning asosiy daromadi hisoblanadi. Xolding kompaniyasi o`z navbatida o`z aktsiyalarini chiqarib hissadorlik jamiyati shaklida ham namoyon bo`lishi mumkin. Xolding qatnashchisining omonati pul mablag`lari, qimmatbaho qog`ozlar, asosiy vositalar yoki boshqa moddiy boyliklar shaklida bo`ladi. Omonatlar qiymati barcha xolding qatnashchilari ishtirokida baholanadi. Xolding kompaniyalari mustaqil faoliyat ko`rsatuvchi alohida korxonalar aktsiyalari nazorat pakеtlarini bitta shaxs tomonidan sotib olinishi orqali ham tashkil qilinishi mumkin.

Offshor kompaniyasi-bu imtiyozli soliq to`lash (yoki butkul to`lamaslik) hududida bunyod etilgan korxona bo`lib, u ro`yxatga olingan joyda barqaror turmaydigan shaxslarga tеgishlidir. Ko`pgina davlatlarda xorijiy invеstitsiyalarni ko`proq jalb etish maqsadida kiritilgan omonatlar haqidagi axborotning qonunchilik yoki an'anaviy kafolatlar yo`li bilan konfidеntsiyaligini (oshkor etmasligini) ta'min etuvchi va qator imtiyozlar bеrish tizimi bunyod etilgan bo`lib, bu tizim xorijiy tadbirkorlarga ularning tadbirkorlik faoliyatini mazkur davlat hududida olib borish sharti bilan joriy qilinadi. Odatda, offshor korxonasi ma'suliyati chеklangan jamiyat yoki kompaniya shaklida bunyod etiladi. Ammo, offshor faoliyati uchun boshqa tashkiliy-xuquqiy shakllar ham yo`q emas, masalan, shirkatchilik, xorijiy kompaniyaning shaxobchasi shaklida ham bo`lishi mumkin. Ba'zi bir davlatlar va tayor kompaniyani tеzkorlik bilan sotib olish yo`li bilan «offshor» tashkil qilish mumkin. Bunda nizom kapitalining eng kam o`lchami bеvosita va bilvosita qonun bilan bеlgilanishi (Kipr, Irlandiya, Gibraltar) yoki umuman chеgaralanmagan bo`lishi mumkin (Gongkong, Madеya).



Konsalting – bu ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko`rsatish sohasida ixtisoslashgan firmalarning o`z mijozlariga maslahat xizmati ko`rsatish va tеxnikaviy loyihalarni ekspеrtiza qilish bilan bog`liq iqtisodiy faoliyatdir. Kichik biznеsda konsalting birlashmalari taraqqiy topgan maslahat xizmati bozorini bunyod etish yo`li bilan tadbirkorlik faoliyatining taraqqiyotiga yordam ko`rsatadi. Chunki, bu kabi xizmatlarni alohida firmalar talab darajasida amalga oshira olmaydilar. Bunday birlashmalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • yagona axborot – so`rovnoma fondini yaratish va yagona rеklama stratеgiyasini (yo`nalishni) amalga oshirish yo`li bilan ularning a'zolari faoliyatini umum maqsadlar yo`lida jamlash;

  • maslahatchilik tashkilotlarini taraqqiy topishiga va xorijiy invеstitsiyalarni jalb etishga ko`maklashish;

  • tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun shеriklar tanlash.

Konsalting birlashmalarining kichik biznеs sohasida kеng tarqalgan maslahat xizmati turlari quyidagilardan iborat:

  • barcha mulk shakllaridagi korxonalarni ro`yxatga olish uchun ta'sis xujjatlarni tayyorlash bo`yicha maslahatlar bеrish;

  • markеting bo`yicha izlanishlar o`tkazish;

  • xususiylashtirish, aktsionеrlashtirish dasturlarini ishlab chiqish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat bo`yicha maslahat bеrish;

  • rеklama stratеgiyasini ishlab chiqish, rеklama matеriallarini tayyorlash va ularni tarqatish;

  • xuquq, moliya, tashkiliy, boshqarish masalalari bo`yicha maslahatlar bеrish;

  • aqliy (intеllеktual) mulkni himoya qilish masalasi bo`yicha maslahatlar bеrish;

  • xizmatchilarni tayyorlash va malakasini oshirish;

  • tadbirkorlik va kichik biznеsni taraqqiy toptirishga xizmat qiluvchi tadbirlarni o`tkazish;

  • firma ish uslubini ishlab chiqish;

  • xavfsizlik tеxnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, madaniyati, atrof muhitni himoya qilish masalalari bo`yicha maslahatlar bеrish;

  • invеstitsiyalarni jalb qilish, imtiyozli krеdit olish bo`yicha va boshqa maslahatlar bеrish. Zarurat tug`ilsa konsalting birlashmalari kichik biznеs korxona rahbarlari va mutaxasislarining malaka oshirish ishlarini tashkil etishi ham mumkin.

4.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o’rni

Mamlakatimiz iqtisodiyotini taraqqiy ettirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik alohida ahamiyat kasb etadi va hozirgi sharoitda uning roli yanada ortib bormoqda. Shu sababdan ham Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror o`sishini ta’minlovchi asosiy bo`g`in va amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo`nalishi hisoblanadi. Iqtisodiyotda ro`y berayotgan turli ijobiy o`zgarishlar ko`p jihatdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uzviy bog`liqdir. Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish va uni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustuvor yo`nalishlaridan biri qilib belgilangan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o`tganlaridek: “...jiddiy va kundalik e’tiborini talab qiladigan yana bir muhim yo`nalish bor. Bu-xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning ta’sirchan himoyasini ta’minlashdir”9. Jamiyatimizning iqtisodiy negizi bozor iqtisodiyotiga asoslangan. Bozor iqtisodiyotining tayanchi sifatida esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi muhim o`rin egallaydi. Ushbu sohani jadal rivojlanishini ta’minlash maqsadida qonunchilik bazasini takomillashtirib borish ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o`rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Mamlakatimizda ham barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o`sishni ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining o`rni beqiyosdir. Xususan, ularning yalpi ichki mahsulotdagi salmog`i muntazam o`sib, 2018- yil yakunlari bo`yicha 60,4 foizga, sanoatda esa 37,4foizga oshdi. Ushbu ko`rsatkichlarga erishishda tijorat banklari kreditlash hajmining oxirgi yillarda o’sishi ham muhim omillardan hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo`ljallangan harakatlar strategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xususida quyidagilar ta’kidlangan: “...kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni yaratish, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini asosi hisoblanuvchi o`rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror iqtisodiy o`sishga erishishda muhim omil bo`lib hisoblanadi” Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyatini oshirishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni alohida rol o`ynadi, chunki bu farmonda xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va har tomonlama qo`llab-quvvatlashga asosiy e’tibor qaratilgan. Mamlakatimiz iqtisodiyotini taraqqiy ettirish, yangi ish o`rinlarini yaratish bilan bog`liq masalalarni hal etishda tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish juda muhimdir, aynan ushbu masalaga berilgan e’tibor yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, ushbu sohaning mamlakatimiz YaIMdagi ulushini doimiy oshib borishiga sabab bo`lmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2016-yilda tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan sub’ektlar soni 32 mingtani tashkil etgan. Shu o`rinda biz mazkur sohaning mamlakatimiz hududlarida qanday ahamiyaga ega ekanligini ko`rib chiqamiz. 1-jadval ma’lumotlaridan ko`rinib turibdiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot va uning tarmoqlaridagi ulushi ko`rsatkichlarini respublikamiz va Toshkent viloyati hamda Toshkent shahri darajasini solishtirsak, YaIMdagi ulush 2016 yilda respublikamiz bo`yicha 56,9 foizni, Toshkent viloyatida 57,1 foizni, Toshkent shahrida esa 58,9 foizni tashkil etgan, ya’ni poytaxt viloyatida va Toshkent shahrida bu ko`rsatkich respublika darajasidan yuqoridir. Sanoat sohasiga keladigan bo`lsak, bu ulush respublika bo`yicha 45 foiz bo`lsada, Toshkent viloyatida bu ko`rsatkich ancha past, Toshkent shahrida esa 71,4 foiz bo`ldi. Bunday tendentsiya investitsiya sohasida ham saqlandi, aholi bandligida butunlay boshqacha holatni kuzatishimiz mumkin, chunki respublika bo`yicha 78,1 foiz bo`lsa, Toshkent viloyatida 76,8 foiz, Toshkent shahrida esa bor yo`g`i 37,1 foizni tashkil etdi.

2-jadval


O`zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi, foiz hisobida10

O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi, foiz hisobida [4].

YaIM/YaX M

Sanoat

Investitsiya

Aholi bandligi




2015

2016

2015

2016

2015

2016

2015

2016

1

2

3

4

5

6

7

8

9

O’zbekiston Respublikasi

56,5

56,9

40,6

45

36,3

40,3

77,9

78,1

Toshkent viloyati

56,7

57,1

30,8

32,6

33,5

40,1

76,8

76,8

Toshkent shahri

57

58,9

68,6

71,4

57,8

58,3

39,4

37,1

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishda 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish bo`yicha uchinchi ustuvor yo`nalishida iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning huquqlarini himoya qilish va uning istiqbolli rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag`batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, barcha turdagi to`sqinliklar va cheklanishlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish yo`lida to`liq erkinlik berish, amaliyotda “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo`ladi” degan printsipni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvini qat’iy oldini olish, davlat mulkini xususiylashtirish tartib-taomillarni yanada kengaytirish va soddalashtirish, xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg`armalarida davlat ishtirokini kamaytirish ko`zda tutilgan. Quyidagi jadval ma’lumotlari orqali kichik biznesning respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi roliga baho beramiz. 2-jadvaldan ko`rinib turibdiki, 2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan umumiy investitsiyalar hajmining 40,3 foizi, ya’ni 19963,2 mlrd. so`mlik investitsiyalar o`zlashtirildi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi jami sanoat ishlab chiqarishining 45,0 foizini, ya’ni 50020,8 mlrd. so`mni tashkil etdi. Shu yili jami iqtisodiyotda band bo`lganlarning 78,1 foizi, ya’ni 10 392,5 ming nafar kishining bandligi ta’minlandi, shu jumladan band bo`lganlarning 8212,1 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkorlar, 2180,4 ming nafari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to`g`ri keldi.

3-jadval



Tadbirkorlik rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari

Kichik tadbirkorlik rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari

O’lchov birligi

2015

2016

1

2

3

4

Kichik tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi

%

56,5

56,9

Kichik tadbirkorlikda faoliyat yuritayotgan sub’ektlar soni

Dona

450,5

482,3

Kichik tadbirkorlikda band bo’lganlar soni

Ming kishi

10170,3

10392,5

Iqtisodiyotda band bo’lganlar umumiy sonida kichik tadbirkorlikda band bo’lganlar ulushi


%

77,9

78,1

5.O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’nalishlari

O`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar o`tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institustional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me`yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko`maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O`zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda. Kichik biznes faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar davlatga bog`liq bo`lmagan holda, ya`ni katta kapital mablag`larsiz o`zlari ish joylarini joriy etishlari, vaqtinchalik mavjud bo`lgan tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va, hattoki, bu tanqislikni butunlay yo`qotishlari mumkin. Hozirgi jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning ehtiyojlarini qondirish sari yo`naltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat ko`rsatish hamda xalq iste`moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko`rinmoqda. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g`oyat katta ahamiyatga ega. Bizning respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar O`zbekistan Respublikasining «Korxonalar to`g`risida», «Mulk to`g`risida», «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to`g`risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me`yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida sanoatning yetakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o`tishda tobora o`z o`rnini topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish bilan ish jarayonini ta`minlovchi butun tizimni asosiy bog`lovchilik sifatini o`zlarida namoyon etmoqdalar. Bugungi kunga kelib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda, xalq iste`moli mollarini, qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa sohalarda faoliyat ko`rsatmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari ishlab chiqargan mahsulot davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan qolishmasligi va, hatto, ayrim hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi. Respublikamizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatining 60-70 foizi bevosita ishlab chiqarish bilan uzviy bog`langan, ular fermerlar, dehqonlar, sanoatchilar va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchilar va hokazolardir. Kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan bozor sharoitiga tez moslashadilar hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli o`tishini ta`minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Chunki, kichik korxonalar o`z faoliyatlarini tor ishlab chiqarish dasturlariga, ilg`or texnologiyaga, kam turkumli ilm-fan talab qiladigan mahsulotlar chiqarishga tezda moslaydilar hamda bozor asoslarini tez o`zlashtirib boradilar. Mulkchilik shakllariga ko`ra kichik korxonalarning quyidagi turlarini ajratib ko`rsatish mumkin: 1. Davlat mulkiga asoslangan kichik korxonalar. 2. Jamoa mulkiga asoslangan kichik korxonalar. 3. Fuqarolarning mulkiga asoslangan yakka tartibda ishlaydigan kichik korxonalar. 4. Ijara korxonalari. 5. Kichik qo`shma korxonalar. Respublikamizda kichik biznes korxonalari sonining izchillik bilan ortishi, iqtisodiyotning barcha sektorlarida, jumladan, transport, aloqa, sog`liqni saqlash va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida ham kuzatilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ham asta-sekin rivojlanmoqda. Kichik biznes korxonalarining asosiy eksporti – qishloq xo`jaligi, to`qimachilik, ishlov beruvchi, elektrotexnika ishlab chiqarish mahsulotlari hamda xalq amaliy san`ati buyumlaridir. Yuqoridagi tahlillar shuni ko`rsatadiki, so`nggi yillarda O`zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tashkil etilmoqda. Shu bilan kichik korxonalarning iqtisodiyotdagi o`rni va ahamiyati ortib bormoqda. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilar bilan tavsiflanadi:

- xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta`minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan kooperastiyani yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta`minlab bo`lmaydi;

- bozor uchun zarur bo`lgan raqobatchilik muhitini yaratadi hamda o`zgarib turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o`zgartirib olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi;

- iste`molchilik sohasida yuzaga keladigan bo`shliqni tezda to`ldirishga qodir bo`lib, eng zamonaviy mashina uskunalari va texnologiyadan foydalanib sarflangan sarmoyaning o`rnini juda tez qoplay oladi.

Kichik biznes va xususiy tabdirkorlikning xususiyatlari (muomala kapitalining kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarinitezda almashtirish imkoniyatlari va b.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo`lishi imkoniyatlarini yaratadi:


    • izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o`zlashtirish, ularni talabning tez o`zgarib turishi xatarini hisobga olgan holda kichik uyushmalarda ishlab chiqarish;

    • tezkor texnik servisning ishonchliligi va iste`molchilar bilan mustahkam aloqalar o`rnatish;

    • ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni bozor talablariga hamda bozor vaziyatlari o`zgarishlariga muvofiq olib borish;

    • ortiqcha ish kuchini o`ziga singdirish;

    • boshqarishning oddiyligi, katta ma`muriy apparatning yo`qligi, qurilish va loyiha quvvatlarini o`zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez o`zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik;

    • xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindila-ridan to`liqroq va samaraliroq foydalanish.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan bog`liq barcha narsalar zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini muhim va tarkibiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o`rin ajratilib, ularga davlat tomonidan madad berilmoqda. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes ilmiy-texnika rivojini jadallashtirish, sanoatning ilg`or tarmoqlarida yangi texnologiyalarga o`tish sharoitida o`z o`rnini topib bormoqda. Bunday tadbirkorlik yangi axborot texnologiyalarini, yangi g`oyalar va ishlab chiqarishni modernizastiyalash bilan ishlashni ta`minlovchi butun tizimning ajralmas qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, kichik korxonalar tavakkalchilik xavfi yuqori bo`lgan sharoitlarda ishlab chiqarishning ma`qul shakllaridan hisoblanadi. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g`oyat katta ahamiyatga ega. Yangi texnologik g`oyalarni yirik korxonalarga nisbatan tezroq qabul qiladigan kichik biznesda xatar kamroq va katta turkumdagi ishlab chiqarishga qaraganda ishni tezroq yo`lga qo`yish mumkin. Bu esa bizning sharoitda ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlantirishga yordam berishi mumkin. Iqtisodiyotning umumiy taraqqiyotini ta`minlashda, tovarlar va xizmatlar etishmovchiligini bartaraf etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik katta o`rin tutadi. Mehnat resurslari tez o`sayotgan va ishlab chiqarish joylashuvidagi o`ziga xoslik sharoitlarida O`zbekistonda kichik korxonalar tizimini vujudga keltirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

- erkin mehnat resurslarining, yangi xo`jalik munosabatlarining joriy etilishi, yangi mulkchilik shakllarining paydo bo`lishi natijasida ishlab chiqarishda bo`shatiladigan shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko`proq jalb etish, mulkchilikning yangi shakllari paydo bo`lishi;

- aholining, birinchi navbatda, yoshlarning, moddiy, ma`naviy va kasb darajasini ko`tarish;

- aholining sust harakatchanligini hisobga olgan holda sanoat ishlab chiqarishini aholi yashaydigan joylarga yaqinlashtirish hamda aholining xalq iste`moli mollariga bo`lgan ehtiyojlarini to`laroq qondirish;

- milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek, kichik va o`rta shaharlarni, qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga yordam ko`rsatish, umuman, har bir mintaqa uchun g`oyat muhim bo`lgan iqtisodiyot samaradorligini oshirish. Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijobiy ahamiyatini e`tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab yuborish ham to`g`ri emas. Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan doiradagina faollik ko`rsata oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun kerakli sharoitni yaratish zarur. Buning uchun bizningcha, moliya jamg`armalarini tashkil etish kerak. Bu jamg`armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar olish uchun kafil bo`lishlari, subsidiyalarga, shu jumladan qaytarib berilmaydigan subsidiyalarga (iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalarni rivojlantirish uchun) manba bo`lib xizmat qilishlari lozim. O`zbekistonda kichik korxonalarni moliyaviy qo`llab-quvvatlash tizimining takomillashtirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xizmat ko`rsatadigan banklar, fondlar, investiiyalar va sug`urta tashkilotlarining faoliyatlarini rag`batlantirish yo`nalishida olib borilishi lozim. Xorijiy mamlakatlardagi kabi O`zbekiston Respublikasida ham agar korxona ustuvor davlat dasturida (yangi texnikani yaratish, uzoq hududlarni rivojlantirish va boshqalar) qatnashayotgan bo`lsa, imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda foizning eng kam me`yori va qarzni uzishda uzoq muddat berilishi – qarz berishdagi asosiy shartlardandir. Kichik korxonalar faoliyatiga oldindan ko`rib bo`lmaydigan xilma-xil xatarli vaziyatlar katta ta`sir ko`rsatadi, kon`yunkturaning keskin o`zgarib ketishi, mijozlarning to`lovga qodir bo`lmay qolishi, tabiiy ofatlar ularni tang ahvolga tushirib qo`yadi. Shu sababli rivojlangan mamlakatlarda sug`urtalar tizimi yaxshi yo`lga qo`yilgan. Bizning mamlakatimizda ham sug`urtalar barpo etilishi zarur. Bu tizim kichik korxonalarni rivojlantirishda (ayniqsa, tijorat xatarlari katta bo`lgan sohalarda) qulay sharoitlarni kafolatlashi, o`ziniki bo`lgan yoki qarz olingan kapital bilan tavakkal qilib ish boshlagan tadbirkorlarga ishonch va zarur barqarorlikni yaratishi kerak. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish respublikamizda o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy raqobatning rivojlanishini, iste`mol bozorini tovarlar va xizmat turlari bilan to`ldirishni, shuningdek, xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda Respublikada quyidagi masalalarni hal qilish lozim:

- aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi boqimandachilik, iste`molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, aholida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug`ullanish istagini uyg`otish;

- qishloq xo`jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash, dehqon va fermer xo`jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon qadar oshirish, hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo`li bilan vaqtincha ishsiz yurgan kishilarni qo`shimcha ish joylari bilan ta`minlash;

- mintaqada bozor munosabatlari va infratuzilmani jadallashtirish, iqtisodiy raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

- respublika aholisining ortib borayotgan talab va ehtiyojlarini to`laroq qondirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni barpo etish;

- ko`rsatiladigan xizmatlar turini va miqyosini keskin oshirish, bank, auditorlik, konsalting hamda turli vositachilik faoliyatlarini hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari asosida yuksak saviyada tashkil etishni ta`minlash;

- korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, ularning iqtisodiy jihatdan mustaqil bo`lishlarini ta`minlash uchun shart-sharoitlar yaratib berish;

- joylarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va hajmini bozor talablariga ko`ra osonlik bilan moslashtira oladigan iste`mol bozorini tovar bilan to`ldirib, eksport uchun mol chiqara oladigan kichik korxonalarni joriy qilish.

Ma`lumki, respublikada mehnatga layoqatli aholining 65 foizidan ortiq qismi qishloqlarda yashaydi. Bu qishloq joylarda tadbirkorlikning rivoji uchun juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko`rsatadi. Shu bilan bir qatorda, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida band bo`lgan ortiqcha ishchi kuchlarini xizmat ko`rsatish, qayta ishlash va shu kabi yo`nalishlarga qayta taqsimlash kerak. Qishloqda tadbirkorlikni, uning kichik biznes shakllarini rivojlantirish bilan bog`liq turli boshqaruv pog`onalarida tashkiliy-iqtisodiy masalalarni hal etish ustuvor masalalar qatoriga kiradi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi masalalarni hal qilish lozim:

- bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

- hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish;

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo`llabquvvatlash;

- kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini mustahkamlash; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni texnologik jihozlar bilan ta`minlashni qo`llab-quvvatlash;

- islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng ommaga etkazish.

Shu o’rinda aytib o’tish lozimki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham o’zlarining 2020-yilgi Oliy Majlisga murojaatnomalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni mamlakatimizda yanada rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish bo’yicha bir qator tashabbuslarni ilgari surdilar. Xususan, yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorligi to’g’risidaquyidagi fikrlarni aytib o’tdilar: “Joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etishga oid tadbirkorlik tashabbuslarini, ayniqsa, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berish zarur”11.

Shuningdek,Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ijtimoiy tadbirkorlik asoslari va uni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasini topshirdilar. Ko’rinib turibdiki, yurtimizda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda Prezidentimiz tomonidan keng islohotlar olib borilmoqda.



Xulosa

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash, yangi ish o`rinlarini yaratish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishdagi rolini inobatga olgan holda quyidagi xulosalarni qilish mumkin:

- aholini ish bilan bandligini ta’minlash, mahalliy resurslardan samarali foydalanish asosida mahalliy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek mamlakatning eksport salohiyatini oshirishda bu sohaning ahamiyatini yanada oshirish chora-tadbirlarini takomillashtirish;

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishini tahlil qilish asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo`nalishlari bo`yicha uning iqtisodiy o`sish ko`rsatkichi hududlarda mamlakatning o`rtacha ko`rsatkichlari darajasiga yetishini ta’minlashga erishish orqali hududlar rivojlanishini muvofiqlashtirishga intilish;

- mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish kam investitsiya mablag`larini talab etishini, ularning bozor konyunkturasi talablariga tez moslasha olishiga imkon berishini inobatga olish.

Kelgusida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun quydagilarni taklif qilamiz:

- Yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarining samaradorligini oshirish maqsadida: kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining zaruriy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish xolatini tanqidiy o`rgangan holda tegishli chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;

kichik sanoat zonalariga ularning ixtisoslashuvi, xududning resurs salohiyatini inobatga olgan xolda, ishlab chiqarishning to`liq siklini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarini joylashtirish;

investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va ishtirokchilarga yuklatilgan majburiyatlarning ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;

kichik sanoat zonalari hududida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini kengaytirish. - Bu esa o`z navbatida Foydalanilmayotgan davlat mulki ob’ektlaridan oqilona va samarali foydalanish, zamonaviy va raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi ish o`rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi.2020-yil 24-yanvar.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. www.uza.uz

3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida, Toshkent shahri, 2017 yil 7 fevral.

4. O`zbekiston Respublikasining «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag`batlantirish to`g`risida»gi Qonuni. 1995 yil 21 dekabr.

5. Berkinov B.B., Aynaqulov M.A. Kichik tadbirkorlik korxonalarining yirik korxonalar bilan ishlab chiqarish kooperastiyasi. – Jizzax, 2004.

6. Bekmurodov A.Sh., Sattorov S., To`raev J., Soliev K., Ro`ziev S. O`zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish yillarida. Kichik biznes va tadbirkorlik rivoji – davr talabi. 3-qism. –T.: TDIU, 2005.

7. Qosimova M.S., Xodiev B.Yu., Samadov A.N., Muxitdinova U.S. Kichik biznesni boshqarish. O`quv qo`llanma. –T.: O`qituvchi, 2003.

8. Qosimova M.S., Ergashxo`jaeva Sh.J. Marketing. O`quv qo`llanma. –T.: TDIU, 2004.

9. Samadov A.N. «Kichik biznesni boshqarish» fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU, 2005.

10. Yusupov M.A., Ergashxo`jaeva Sh.J. «Tadbirkorlik asoslari» fanidan ma`ruzalar matni. –T.: TDIU, 2005.

11. O`zbekiston Respublikasining 2015 yildagi ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi bo`yicha yakunlari. – T.: Statistika davlat qo`mitasi, 2015.

12. O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. Lex.uz, 2016 yil 5 oktyabr.

13. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistik qo`mitasi. Toshkent-2017 yil.

14. Shodmonov Sh.Sh. Alimov R.X., Jo‘raev T.T. Iqtisodiyot nazariyasi. T.: “Moliya” 2007.;

15. S.Salayev, N.Fayzullayev, J.Atayev, D.Saidov, M.Gulmonov «Tadbirkorlik asoslari». T.: 2012y

16. M.P.Boltaboyev, M.S.Kosimova, B.K.Goyibnazarov, Sh.J.Yergashxodjayeva, A.N.Samadov, Sh.I.Otajonov “Kichik biznes va tadbirkorlik”. “Noshir”. T.: 2011y

17. X.G‘oziyev, Yu.Shokirova, M. Ashurov. “Kichik biznes va tadbirkorlik”fanidan Yangi pedagogik texnologiya asosida amaliy mashg‘ulotlar bajarishga doir uslubiy qo‘llanma. Farg‘ona – 2010.

18. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. Toshkent., 2011 yil.

19. Ibratov B.I. Tadbirkorlik huquqi. -Toshkent: Moliya. – 2001.-218b.

20. Quvondiqov Z.O. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish muammolari. Monografiya. SamDU nashri 2010 yil

21. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. T.: 2000.; 4.2. Iqtisodiyot va ta’lim. Jurnal. 2010. 1-3 sonlar.

22. Burxanxodjayeva X.V. Tadbirkorlar huquqlarini sud tomonidan himoya qilinishi. Tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini takomillashtirish muammolari./ Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami. -T.: TDYuI.-2002.

23. Do’stov U.N. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy vositalari (asosi) sifatida-shartnomalar. Tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini takomillashtirish muammolari./ Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami. -T.: TDYuI.- 2002.

24. Abdullaеv A. va b. Kichik biznеsni boshqarish. T. 2003.

25. Gеrchikova I.N. Mеnеdjmеnt. Uchеbnik 3 izd. prеrabotannoе i dopolnеnnoе M.: «YuNITI», 1997.

26. Gеrchikova I.N. Praktikum po izuchеniyu inostranno`x firm. M. MGIMO, 1996.

27. Gulyamov S.S. Mеnеjmеnt asoslari. T.: TDAU, 1998 5.Gulyamov S.S. Mеnеjmеnt va biznеs asoslari.T.: Mеxnat, 1997-351



Internet saytlari

1. www.lex.uz (O’zbekiston Pespublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi);

2. www.uza.uz (O’zbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy veb sayti)

3. www.gazeta.uz (yangiliklar portali)

4. www.google.uz

5. www.stat.uz (Davlat statistika qo’mitasi rasmiy veb sayti)

6. info@xs.uz

7. http://www.yedu.ru va http://www.yedu.uz – ta’lim saytlari.

8. http://www.yeqworld.ru – – adabiyotlarning elektron variantlari.

9. http://ru.wikipedia.org – erkin ensiklopediya «Vikipediya».




1 I.A.Karimov – «Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash- barcha islohot va o‘zgarishlarimizning boshmaqsadidir» (2008)

2 I.A.Karimov. - «Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonliginioshirishga xizmat qiladi». 2011

3 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси Т.: Ўзбекистон нашриѐти, 2012 йил, 11-бет.

4 www.stat.uz – Davlat statistika qo’mitasi rasmiy veb sayti

5 Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvarda Oliy majlisga murojaatnomasida so’zlagan nutqi

6 www.stat.uz – Davlat statistika qo’mitasi rasmiy veb sayti

7 Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvarda Oliy majlisga murojaatnomasida so’zlagan nutqi

8 www.stat.uz – Davlat statistika qo’mitasi rasmiy veb sayti

9 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi.

10 www.stat.uz – Davlat statistika qo’mitasi rasmiy veb sayti

11 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Oliy Majlisga murojaatnomasida so’zlagan nutqi

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling