Toshkent tibbiyot akademiyasi


Download 251.5 Kb.
bet1/3
Sana03.10.2020
Hajmi251.5 Kb.
#132289
  1   2   3
Bog'liq
ur




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI


FAKULTET VA GOSPITAL TERAPIYA, SHARQ TABOBATI, TIBBIY-PROFILAKTIKA FAKULTETI ICHKI KASALLIKLAR KAFEDRASI

YAGONA METODIK TIZIM BO’YICHA AMALIY MASHG’ULOTLAR UCHUN O’QUV USLUBIY QO’LLANMA TUZISHGA TAVSIYALAR

Uslubiy ko’rsatma

Tuzuvchilar: prof. Rizamuxamedova M.Z., dots. Burxanova F.A., dots. Djo’raeva E.R.,

ass.Berdieva D.U., ass. Ne`matova N.A.

t.f.d., prof. F.X.Azizova - TTA o’quv bo’limi boshlig’i

Taqrizchilar: UASH, allergologiya bilan kafedra mudiri, professor Berdiev U.G.

TashMPI gospital terapiya kafedrasi mudiri, professor Raximov SH.M.


Uslubiy tavsiya TTA MUX yig’ilishi 2007 yil __________№____sonli bayonnomasi,

TTA MUX raisi,

Professor Karimov M.SH.



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TIBBIY TA`LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

MAVZU:

O’TKIR REVMATIK ISITMA

(Tibbiy oliy ta`lim muassasalari o’qituvchi va talaba uchun)


o’quv-uslubiy ko’rsatma

Mavzu: O’TKIR REVMATIK ISITMA.





1. Mashg’ulot o’tkazish joyi, jixozlanishi

  • Revmatologiya, kardiorevmatologiya va umumiy terapiya, laborator-diagnostika bo’limlari, o’quv xona.

  • Qon taxlillari, serologik taxlillar, klinik va bioximik taxlillar yig’masi, immunologik taxlillar, o’tkir fazali sinamalar, bioximik taxlillar, rentgenologik tekshirishlar natijalari, o’qituvchi-kontrolli testlar, tematik bemorlar, tarqatma materiallar: tasnifi, tashxis mezonlari.

  • TV-video, overxet, mul`timedia proektori, jadvallar, slaydlar, axborot-komp`юterlashtirilgan dastur, tematik bemorlar, plakat va rasmlar.



2. Mashg’ulotning davomiyligi

Berilgan mavzuni yoritish uchun ajratilgan soat-270 minut




3. Mashg’ulotning maqsadi:

Talabalarga kasallik etiologiyasini, patogenezini, klinik simptomatologiyalarni, laborator-instrumental diagnostika va ratsional terapiyani, asoratlar profilaktikasini, reabilitatsiyani o’rgatish.



Ta`lim maqsadi - nazariy bilimlarni egallash va mustaxkamlash:

Tarbiyaviy maqsadi – shifokorlikka tayyorlashda jaxon standartlari talab darajasida mutaxassislikka qiziqishni, mas`uliyat xissiyotlarini shakl­lan­tirish, o’z bilim darajasini kengaytirishga qiziqishni tarbiyalash, deontologik tarbiya darajasini shakllantirish, amaliy ishni bajarishda eҳtiyotkorlik, aniqlik va ma`suliyatni xis etishni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad - talabalarda mustaqil fikrlashni vai mustaqil muloxaza юritishni shakllantirish, talabalarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish (klinik, gigienik).

.

Vazifalar




  1. O’tkir revmatik isitma kasalligining qisqacha ta`rifi.

  2. O’tkir revmatik isitma etiologiyasi.

  3. O’tkir revmatik isitma patogenezi.

  4. O’tkir revmatik isitma tasnifi.

  5. O’tkir revmatik isitma klinik manzarasi: sub`ektiv ma`lumotlar, umumiy ko’rik, paypaslash, tukillatish va eshitish ko’rsatkichlari, laborator-instrumental xulosalar.

  6. O’tkir revmatik isitma qiyosiy tashxisi.

  7. O’tkir revmatik isitma davolashning asosiy printsiplari.

  8. O’tkir revmatik isitma kasalligining kechishi, prognozi.



Talaba bilishi lozim:

  • O’tkir revmatik isitma etiologiyasi

  • O’tkir revmatik isitma patogenezi

  • O’tkir revmatik isitma tasnifi

  • O’tkir revmatik isitma tashxislash usullari

  • davolashning asosiy printsiplari


Talaba bajara olishi lozim:

  • Bemorni so’rab-surishtirish, umumiy ko’rikdan o’tkazish, paypaslash, tukillatish va eshitish

  • Bemorlarni tekshirish rejasini tuzish

  • Laborator ko’rsatkichlarni taxlil va talqin qilish,

  • Rentgen xulosalarini taxlil va talqin qilish

  • Klinik tashxisni qadamma-qadam asoslash

- Retsept yozish (antibiotiklar, sulfanilamid vositalar, bronxolitiklar va ularning nojo’ya ta`siri)




4. Motivatsiya

Xozirgi vaktda o’tkir revmatik isitma kasalligini o’rganish juda katta axamiyatga ega, chunki u revmatik tizimi kasalliklari orasida birinchi o’rinlarda turadi, ҳamda bemor ҳayoti uchun xavfli bo’lgan asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. SHuningdek ҳayot uchun muҳim bo’lgan ichki a`zolar zararlanishiga ҳam sababchi bo’ladi.
5. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik

Fanlararo bog’liqlik:

Dars davomida olingan bilimlar normal va patologik anatomiya, gistologiya, normal va patologik fiziologiya, bioximiya, reanimatologiya yo’nalishlarida kerak bo’ladi.


Fan ichidagi bog’liqlik:

Dars davomida olingan bilimlar revmatologiya, kardiorevmatologiya, kardiologiya, gematologiya fanlarini o’rganilganda kerak bo’ladi.




  1. Mashg’ulot mazmuni


6.1 Nazariy qism
O’TKIR REVMATIK ISITMA - Revmatizm (Sokol`skoy – Buyo kasalligi) biriktiruvchi to’kimaning tizimli yalliglanish bo’lib asosan юrak va kon tomirlar tizimi jaroxatlaydi, ko’prok kasallikga moyillik bo’lgan kishilarda A-guruxga kiruvchi V-gemolitik streptokokk bilan boglik xolda rivojlanadi. Kasallik yoshlarda 7-15 yoshda ayolllarda ko’p uchraydi.

Bu tushunchadan 3 narsa kelib chikadi: 1. Asosan юrak kon tomir tizimi jaroxatlanishi

2. Naslning axamiyati

3. Streptokokk infektsiyasining roli.



Epidemiologiya. Revmatizm er kurrasi axolini 2-4% tashkil etadi. Iktisodiy rivojlangan mamlakatlarlarda kam uchraydi. Angliyada juda kam uchraydi.

Download 251.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling