Toshkent viloyati chdpi pedagogika fakulteti PeP yo’nalishi 17/1 gurux talabasi Erkinova Malikaning


Download 0.5 Mb.
bet1/4
Sana10.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1185399
  1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi (1)


Toshkent viloyati CHDPI Pedagogika fakulteti PeP yo’nalishi 17/1 gurux talabasi Erkinova Malikaning
Kurs ishi
Mavzu:Pedagog va psixolog faoliyati


Toshkent viloyati CHDPI Pedagogika fakulteti PeP yo’nalishi 17/1 gurux talabasi Erkinova Malikaning
«Pedagog va psixolog faoliyati» nomli kurs ishiga raxbar xulosasi


Ushbu kurs ishida pedagog va psixologning faoliyati ularning birgalikdagi ish faoliyati haqida yoritilgan bo’lib, pedagog va psixolog faoliyatini birligi maktablarda to’g’ri va mazmunli dars jarayonlarini tashkil qilish va o’qish samaradorligini oshirish kabi masalalar yoritilgan.
Bugungi kunda yurtimizda psixolog faoliyatiga katta e’tibor berilayotgani va bu borada juda ham ko’p ishlar olib borilayotgani, psixolog faoliyati davomida rioya qilish kerak bo’lgan etiket qoidalari yurtimiz ravnaq topishida psixologlarning tutgan o’rni jamiyatdagi mavqeyi, shuningdek psixolog faoliyati davomida bolalarni qaysi toifaalarga bo’lib o’rganishi kerak ekanligiga alohida e’tibor berilib, ularda psixoprofilaktika va psixokorreksiya kabi psixologik yordamni tashkil qilishda psixologning pedagog bilan o’zaro munosabati yoritilib berilgan. Pedagog va psixolog nima uchun birgalikda faoliyat yuritishi va bu jarayonni qanday tashkil qilinishi to’g’risida batafsil yozilgan.
Pedagog o’z faoliyati jarayonida kuzatuvchi shuning bilan birga izlanuvchi ham bo’lishi lozim. Pedagogdagi bu jarayonlarni tashkil qilish va uni to’g’ri yo’naltirish psixologning vazifasi sanaladi. Shunday ekan psixolog nafaqat pedagoglar bilan balki boshqa soha vakillari bilan hamkorligi jarayonida ko’plab muvaffaqiyatlarga erishish mumkunligi haqida batafsil yozilgan
Pedagog va psixolog faoliyatining birgalikda olib borilishi avvalambor sifat samaradorligi shuninngdek bolalarning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilishi mumkunligi haqida batafsil bayon etilgan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, Erkinova Malika Ergashjon qizining «Pedagog va psixolog faoliyati» mavzusidagi kurs ishi hozirgi qo’yiilayotgan talablarga to’la javob beradi va ishni himoyaga tavsiya qilaman.


p.f.n. dotsent_________________________Sh. R. Samarova



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling