Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, tadqiqot ishi yuzasidan quyidagicha


Download 16.67 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi16.67 Kb.
#1060754
Bog'liq
UMUMIY XULOSALAR


UMUMIY XULOSALAR
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, tadqiqot ishi yuzasidan quyidagicha
umumiy xulosalarga kelindi:
1. O’qituvchi darsni rejalashtirar ekan, albatta, uni qanday metod asosida
o’tkazish haqida bosh qotiradi. Yuzaki qaraganda, har bir mavzuni xohlagan
metodni qo’llab o’tkazaversa bo’ladi, lekin amalda buning iloji yo’q. Bunga qator
ob‟yektiv va subyektiv sababiar, mavjud sharoit salbiy ta’sir ko’rsatadi.
2. O’qituvchilarning xususiy fanlar asoslarini o’qitishga yo’naltirilgan
mashg’ulotlar jarayonini noan‟anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini
mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona
foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy
bilimlarni puxta, chuqur o’zlashtirilishi, ularda amaliy ko’nikma va malakalarning
hosil bo’lishining kafolati bo’la oladi.
3. Dars jarayonini qanday metod asosida tashkil etishda o’quvchi-
talabalarning o’rtacha bilim darajasi ham muhim rol o’ynaydi. Guruhda
talabalarning bilim darajasi yuqori bo’lsa, muvofiq ravishda ijodiy izlanishga
undaydigan metodlarni qo’llash zarur. Bu ularni yanada ko’proq o’qishga,
izlanishga olib keladi. Bilim darajasi past bo’lsa, ularga fanning mazmunini
o’zlashtirishga yordam beruvchi metodlarni tanlagan ma’qul.
4. Loyihalash metodi ta’lim texnologiyasining muhim bo’g’iniga
aylanmoqda. Bu metod ta’lim oluvchilarga hayot tarziga moslashish, mustaqil,
ijodiy fikrlash ko’nikmalarini hosil qilishga yordam beradi.
5. Loyihalash metodi ta’lim jarayonining muhim jihatlaridan biri bo’lib,
o’qituvchining talabalar bilan individual ishlash imkonini beradi. O’qituvchi dars
vaqtidan unumli foydalanib, talabalarning individual psixologik xususiyatlarini
hisobga olgan holda ular bilan yakka tartibda ishlaydi. Bunda ularning kasbiy
fanlarni chuqurroq egallashlariga kengroq yo’l ochib beriladi. Loyihalash ishlarini
tashkil etishda didaktik vazifaning qo’llanilishi va uni hal etish muammolari ko’rib
chiqiladi.
60
6. Loyiha qatnashchilari o’z qiziqishlari, fikr doiralari bilan bir- birlariga
yaqin, yordam beruvchi o’quvchi, talabalar bo’lib, ularni loyihada qo’yilgan maqsad
birlashtiradi. Ularni yoniga keyinchalik boshqa qatnashchilar ham qo’shilishi
mumkin. Lekin qatnashchilar haddan tashqari ko’payib ketishi salbiy oqibatlarga
olib keladi. Shuning uchun loyihada har bir qatnashuvchining bajaradigan vazifasi
aniq yozib qo’yiladi.
Shuningdek, olib borilgan kuzatishlar va izlanishlar natijasida quyidagi
TAVSIYALAR ilgari surildi:
ta’lim muassasalarida loyihalash metodi asosida o’qitish jarayonini
takomillashtirish va samaradorligini ta’minlash maqsadida soha mutaxassislari
hamda bo’lg’usi pedagoglar uchun metodik ta’minot yaratish;
loyihalash metodi asosida o’qitishni tashkil etishda ta’lim oluvchilarga
psixologik jihatdan yondashuvni to’g’ri tashkil etish va qiziqishlarini aniqlash
maqsadida amaliyotchi-psixologlar ishtirokida tashxis tizimini shakllantirish;
­ ta’lim muassasalarida mavjud imkoniyatlar va shart-sharoitlarni inobatga
olgan holda yoshlarga zamonaviy, informatsion axborot texnologiyalarini qo`llash
orqali loyihalash metodini amalga oshirish istiqbollarini belgilash zarur.
Download 16.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling