Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti aniq fanlar kafedrasi


Download 294.47 Kb.
bet1/3
Sana01.07.2020
Hajmi294.47 Kb.
#122598
  1   2   3
Bog'liq
Nuraliyev Umidjon


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

ANIQ FANLAR KAFEDRASI
K U R S I SH I

Mavzu: Oliy ta’limda Matematikani o’qitishning innovatsion vositalari

BAJARDI: MO’M 19/1-guruh magistranti Nuraliyev Umidjon Abdukarim o’g’li


ILMIY RAXBAR:Zaitov.A.A

Chirchiq 2020

REJA

Kirish


1-bob. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta’lim vositalari muammolari

  1. §. Ta’lim vositasi tushunchasi

  2. §. Zamonaviy tailim vositalari

  1. bob. Matematikani o’qitishda an’anaviy ta’lim vositalari

    1. §. Algebrani o’qitishda an’anaviy ta’lim vositalari

2.2§. Geometriyani o’qitishda an’anaviy ta’lim vositalari

  1. bob. Matematikani o’qitishda innovatsion ta’lim vositalari

    1. §. Algebrani o’qitishda innovatsion ta’lim vositalari

3.2§. Geometriyani o’qitishda innovatsion ta’lim vositalari

Xulosa


Kurs ishining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-maydagi “Malakali kadrlar tayyorlash hamda o’rta mahsus kasb- hunar ta’limi muaasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash yanada takomillashtirishga oid chora tadbirlar to,g,risida,,gi qarori ta’lim mazmunini uning samaradorligini yanada yaxshilashga qaratilgan. Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan o’rta maxsus kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlanayotgan pedagog kadrlar sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalaridagi o’quv jarayonini zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etish va tayyorlanayotgan o’rta bo’gin mutaxasislari malakasining raqobatbardosh bo’lishiga erishish asosiy vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi.

Ushbu vazifalarning samarali bajarilishining asosiy omili o’quv vositalaridir. Ta’lim vositalari svilizatsiyaning ajralmas qismi umuminsoniy madaniyatning muhum elementi hamda dunyoni ilmiy o’rganish tilidir.

Shiddatli axboratlashuv jarayoni amalga oshib borayotgan hozirgi davrda har bir soha kishisi zamon bilan hamnafas ravishda innovatsion tehnalogiyalarga, innovatsion vositalarga murojaat qilishiga to’g’ri kelmoqda shu jumladan matematika fani ham bunday oqimdan chetda qolayotgani yo’q. O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotida halqning boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. Ma’lumki, kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilg‘or pedagogic texnologiyalarni joriy qilish va o‘zlashtirish zarurligi ko‘p marta takrorlanib yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib, talabalarni o‘qitishni jadallashtirish ko‘zda tutilgan.Pedagogik texnologiyaga UNESCO ning bergan ta’rifini keltiramiz:

“Pedagogik texnologiya - bu butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘z oldiga ta’lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo‘yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o‘zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qodlash va belgilashning tizimli usulidir”. Bu ta’rifdagi asosiy tushuncha “tizimli usul” bo‘lib, aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiyaning, o‘qitishga boshqa yondashuvlardan farqlanuvchi asosiy belgisi hisoblanadi. Ta’lim maqsadlari, uning mazmuni, o‘qitish va ta’lim berish usullari, nazorat va natijalarni baholashni o‘zaro bog‘liklikda loyihalash- ko‘pincha an’anaviy o‘quv jarayonida yetishmaydigan narsadir.Jaxon pedagogika fani ilmiy - texnika taraqqiyoti ta’sirini boshdan kechirib, psixologiya, kibernetika, tizimlar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va boshqa fanlar yutuqlarini birlashtirib, hozirgi davrda faol yangilanish innovatsiya jarayonlari bosqichida turar ekan, inson imkoniyatlarini samarali rivojlantirish amaliyotiga boy mahsul bermoqda. Pedagogik texnologiya usullari dastlab o‘qitishning harakatini namunaviy vaziyatdagi belgilangan qoida bo‘yicha o‘zlashtirish talab etiladigan mahsuldor darajasi uchun ishlab chiqilgan. Mahsuldor ta’lim har qanday ta’limning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanib, u insoniyat jamg‘argan tajribani aniq o‘quv fani doirasida o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Ta’lim oluvchilarda bilim va ko‘nikmalarning ma’lum “poydevori” hosil qilingandan keyingina ta’limning natijali va ijodiy yondashish usullariga ko‘chish mumkin.Pedagogik texnalogiya oqimi 70-80 yillarda AQSh da yuzaga keldi va UNESCO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qo‘llab - quvvatlandi va hozirgi kunda ko‘pgina mamlakatlarda muvaffaqiyatli o‘zlashtirilmoqda. Ma’lumki, tubdan farq qiluvchi uchta ta’lim turlarini ajratish mumkin. Bular: og‘zaki- ko‘rgazmali, texnologik va izlanuvchan-ijodiy ta’lim turlari hisoblanadi.



  1. Og‘zaki - ko‘rgazmali an’anaviy bo‘lib, o‘qituvchining axborot berishi,talabalarning bilimlarni qabul qilishi, to‘plashi va xotirasida saqlashi bilan belgilanadi. Ta’limda og‘zaki-ko‘rgazmali yondashuv juda katta tajribaga ega bo‘lib, qismlarga ajratib ishlab chiqilgan va ta’lim tizimida ulkan xizmat ko‘rsatdi.Jadal suratlar bilan o‘sib borayot-gan fan va texnika talablari, ta’lim tizimidagi istlohatlar, raqobotbardosh kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma’lumot olish istaklarini todaroq qondirishga bo‘lgan jamiyat ehtiyojlari o‘qitish usullariga yangicha yondashishni talab qilmoqda.

  2. Ta’limga texnologik yondashuvning umumiy tavsifnomasi qismlarga ajratilmagan holda, ta’limning juda oddiy mahsuldor darajasi sifati misolida qaraladi. O‘quv ishlari yuqori natijalarga erishishga qaratilgan bo‘lib, yo‘naltirilganlik, mashg‘ul bo‘lish, musobaqalashish va o‘zaro yordamlashish tushunchalari mavjud bo‘ladi.

  3. Izlanuvchan yondashuvdagi maqsad, talabalarda muammoni hal etish, yangi, oxirigacha tugallanmagan tajribani o‘zlashtirish, ta’sir etishning yangi yo‘llarini yaratish qobiliyatlarini, shaxsiy idrokni rivojlantirishdan iboratdir. Izlanuvchan ta’lim andozasining ta’lim mazmuni, tabiat va jamiyat bilan o‘zaro ta’siri natijasida shaxsda tadqiqotchilik va jadal ijodiy xarakterli faoliyat yo‘li boshlanadi.

O‘quv jarayonining texnologik shakl modeli va uning amaliy tadbiqi yangilik xususiyatiga ega bo‘lib, an’anaviy ta’limni qayta shakllantiradi. “Pedagogik texnologiya” so‘z birikmasi asosida “Texnologiya”, “Texnologik jarayon” tushunchasi yotadi. Bu tushuncha orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning ketma - ketligi haqidagi hujjat, ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi. Pedagogik texnologiyada asosiy yo‘l aniq belgilan-gan maqsadlargaqaratilganlik, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining xatti - harakati orqali o‘qitishdir. O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olish kerak. Pedagogik texnologiyada nazarda tutiladigan maqsadlarni qo‘yish usuli,o‘qitish maqsadlari o‘quvchilar harakatida ifodalanadigan va aniq ko‘rinadigan hamda odchanadigan natijalar orqali belgilanadi. Maqsadlar o‘qituvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda o‘rgatish, tushuntirish, ko‘rsa- tish, aytib berish va hokazo atamalar orqali qo‘yila-di. O‘quvchining harakatlarida ifodalanadigan vazifalar esa ta’limining natijalarda ifodalanadi. Natija, talabaning tugallangan xatti -harakatini ifodalovchi keltirib chiqaring, sanab o‘ting, so‘zlab bering tanlang, ko‘rsatib bering, hisoblang kabi atamalar bilan ifodalanishi kerak.Shunday qilib, an’anaviy o‘quv jarayonlarida asosiy omil - bu pedagog va uning faoliyati hisoblansa, pedagogik texnologiyada birinchi o‘ringa o‘qish jarayonidagi o‘quvchilarning faoliyati qo‘yiladi. Har bir vazifa raqamlanib, u bitta natijani ko‘zlashi lozim. Har bir vazifani shunday qo‘yish kerakki, u o‘qituvchining o‘tadigan darsining bosqichlarini emas, balki, talabaning o‘zini keyin qanday tutishi kerakligiga ishora qilsin. Ma’lumki, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llashda asosiy e’tibor loyihalash bosqichiga qaratiladi, bunday tizimli yondoshuv asosida o‘quv jarayonini loyihalash, kutilayotgan natija shaklidagi o‘quv maqsadlarini mumkin qadar aniqlashtirish, rejalash- tirilgan o‘quv maqsadlariga kafolatli erishishga undaydi. Biz ushbu mavzuda matematika sohasi uchun innovatsion vositalar bilan tanishib chiqamiz.

Kurs ishining maqsadi:

Innovatsion pedagogika asoslarini va innovatsion ta’lim jarayonini , maktabda matematikani o’qitishning innovatsion vositalarini o’rganishdan iborat.



Kurs ishining obyekti:

O’zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida matematikani o’qitish jarayoni.



Kurs ishining predmeti:

Innovatsion ta’lim muhiti mazmuni, metodlari va innovatsion muhitni shakllantiruvchi vositalar.



Kurs ishining vazifalari:

S Mavzuga doir manba topish, axborotlarni tartiblash, rejani shakllantirish;

S Innovatsion pedagogik faoliyatni o’rganish;

S Innovatsion ta’lim jarayoni, shakl, metod, vositalarini o’rganish;

S Innovatsion ta’lim muhitini o’rganish;

S Matematikani o’qitishning innovatsion muhitini o’rganish;

S O’rganilgan ma’lumotlar asosida xulosalar chiqarish;

S Kurs ishini jihozlash, himoyaga tayyorlash;



  1. bob. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta’lim vositalari muammolari.

1.1 §. Ta’lim vositasi tushunchasi

Ta’lim vositalari -O’quv materialini ko’rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o’qitishni samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi.

Ta’lim berishning texnik vositalari -o’quv materialini ko’rgazmali namo- yish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi talabalarga o’quv materialini tushunishlariga va eslab qolishlariga imkon beradi .Bunday vositalarga quyidagilar misol bo’lishi mumkin: diaproektor, grafoproektor, doska-bloknot, doska-stend, ...

Yordamchi ta’lim vositalari — grafiklar, chizmalar, namunalar, tarqatma materiallar va boshqalar.

O’quv-uslubiy materiallar — o’quv materiallar, o’zlashtirilgan o’quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning mustaqil ishlarini faollashtirishga yordam beradi (ish varaqasi, eslatma, nazorat varaqasi, matnlar).

Ta’lim vositalari o’qituvchi uchun ham, o’quvchi uchun ham qulay bo’lishi lozim. O’qituvchi uchun vositalar: o’quv predmetini o’qitish metodikasi bo’yicha qo’llanmalar, shahsiy metodika, murakkab masalalar bo’yicha metodik tavsiyalar, o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar, darslik. Talabalarni o’quv bilish faoliyatlarini jadallashtirishga yordam beruvchi har turdagi ta’lim vositalarini tanlash va ulardan foydalanish quyidagilarga bog’liq:



  1. Maqsadni belgilash;

  2. Asosiy bilim manbaiga;

  3. Ta’lim usuliga;

  4. O’quv materialining yangiligi va murakkabligiga;

  5. Talabalarni o’quv imkoniyatlariga.

Ta’lim vositalarini tanlashni aniqlovchi omillar: maqsadni belgilash; o’quv ahborot mazmuni; ta’lim vositalari; etakchi bilim manbai; o’quv materialining yangiligi va murakkabligi. Mavzuni o‘rganishning taxminiy bosqichlari quyidagilardan iborat deb bilamiz:

  1. Mavzu va uning rejasi beriladi;

  2. O‘quv faoliyati natijalari eslatiladi;

  3. Mavzuni uning ahamiyatga qisqa to‘xtalinadi;

  4. Mavzuni tushuntirish ketma- ketligi texnologik loyiha asosida o‘qituvchi maqsadiga mos kelishi lozim;

  5. Talabalar diqqatini jalb etib, mavzu savollari haqida muammoli vaziyatlar hosilqilish;

  6. Tushuntirish jarayonida o‘quv adabiyotlari yoki tarqatma materal bilan ishlashga ahamiyat beriladi;

  7. Talabaning tarqatma materal yoki o‘quv adabiyotlardan asosiy tushunchalarni o‘qish va yozishni tashkil etishga imkoniyat yaratish;

  8. Mavzuni o‘rganish darajasini tekshirish, talabalarga og‘zaki savollar berib borish orqali, (masalan, analitik geometriya tushunchasining mohiyati nima?);

  9. Talabalar javoblariga izoh berish yoki toddirish, to‘g‘ri javoblarni rag‘batlantirish;

  10. Egallangan bilimlarni tekshirish va baholash; bunda tayyorlangan savollar hamma talabalarga tarqatiladi. Savollarga javob berish uchun muayan (masalan, 10 minut) vaqt beriladi. Berilgan savol varaqlari yigdshtirib olingach, savollar oldindan tayyorlab qo‘yilgan javoblar bilan solishtirib tekshiriladi. To‘g‘ri javoblar ekranda ko‘rsatiladi yoki doskaga ilinadi. Har bir talaba o‘zining bilimlarini o‘zi tekshirib ko‘radi va baholaydi baholash reyting tizimida bodadi, o‘qituvchi talabalar javoblariga munosabat bildiradi.yuqori baholanganlar rag‘batlantiriladi va kam baho olgan-larga tanbeh bermasdan, ularni o‘qish - o‘rganishga da’vat etiladi;

  11. Egallangan bilimlarni yanada mustahkamlash va mustaqil ishlash ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida uyga vazifa beriladi. Bunda beriladigan vazifa aniq bodishi, berilgan vazifaning bajarilish shakli (referat, konspekt qilish, misol va masalalarni yechish) aniq bodishi zarur.

Matematika fanini, o‘rganishda ushbularga erishishni maqsad qilib olinadi:

  1. matematikaning hozirgi zamon taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati anglash;

  2. o‘quvchining matematik apparatning qo‘llanilishiga qiziqishi;

  3. amaldagi dastur asosida matematik apparatni o‘rgatish;

  4. ayrim masalalarning matematik modellarini tuza bilish va uni tahlil qilish;

  5. matematik fikrlash va xulosa chiqarish;

  6. matematik bilimlarni chuqurlashtirishga yo‘naltirib, bu bilimlarni o‘z faoliyatida qo‘llash.

1.2§. Zamonaviy ta’lim vositalari.

Zamonaviy ta’limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend, doska-bloknot, grafoproektor, elektron darslik va videodarslikni misol keltirishimiz mumkin.









Grafoproektor — shaffof plyonkadagi tasvir (slaydlar) ni ekranga proektsiyalash uchun qo,Пaniladigan jitoz hisоblanadi. Undan ma,ruza vaqtida materiaИarni namoyish qilish uchun, shuningdek guruh ishlari taqdimotida yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. Kodoskop foydalanish uchun quky moslashuvchan vosita bo’lib, bir marta tayyorlangan plyonkadan ko’p marta foydalanish mumkin, bundan tashqari doska bo,lmagan hoПarda asosiy tushuncha g,oyalar va natijalarni o’qituvchi plyonkaga flomaster yordamida to,g,ridan-to,g,ri yozib ko,rsatish ham mumkin.

EHM — Elektron Hisoblash Mashinalari.







Hozirgi kunda ta’lim jarayonini EHM siz tasavvur qilish qiyin. Allaqachon kompyuter o’qituvchi uchun ham talaba uchun ham asosiy vositaga aylanib ulgurgan. Kompyuterning afzallik taraflari anchagina.Uning yordamida electron darslik va juda katta hajmli ma’lumotlarni ihcham holatda saqlash va foydalanish imkoniyati mavjud.Kamchiligi nurlanish tufayli inson salomatligi uchun zararlidir. Kompyuter orqali elektron darslikdagi masala yechilishini quyidagichanamoyish etish mumkin.

Masala. y=x -2x+3 funksiyaning grafigini yasang va uni y=x funksiya grafigi bilan taqqoslang.

у

y=x -2x+3 funksiyaning qiymatlar jadvalini tuzamiz:


x

-3

-2

-1

0

1

2

3

y(x)

18

11

6

3

2

3

6

Topilgan nuqtalarni yasaymiz va ular orqali silliq egri chiziq o'tkazamiz.



Grafiklami taqqoslash uchun, tola kvadratni ajratish usulidan



foydalanib, у =x2-2x+3 formulaning

shaklini almashtiramiz:



y=x" -2x+1 +2=(x-lУ+2

2 2 Avval v jr vay fx-Jj'

funksiyalaming grafiklarini taqqoslaymiz.

Agar fxy'/J nuqta y=xr parabolaning

y

nuqtasi, ya'ni yi=X! bo'lsa, u holda

y



(xi+l;yi) nuqta y= (x-1) funksiyaning

grafigiga tegishli bo'ladi.



у

Chunki ffx/ Jj-Jj' X/ V/. Demak,



у у

y=(x-iy funksiyaning grafigi y=xr parabola-dan uni bir birlik o'ngga siljitish (parallel ko'chirish) bilan hosil qilingan

parabola bo'ladi.

Endi y = (x-1)2 va

y=(x-1) +2 funksiyalarning grafiklarini taqqoslaymiz. x ning har bir qiymatida

у

У = (x-1 +2 funksiyaning qiymati y=(x-

1) funksiyaning qiymatidan 2 taga ortiq. Demak, y = (x - 1) + 2 funksiyaning grafigi y = (x-1) parabolani ikki birlik yuqoriga siljitish bilan hosil qilingan parabola bo'ladi.





7 7

Shunday qilib, y = x - 2x + 3 funksiyaning grafigi y = x parabolani bir birlik o'ngga va ikki birlik yuqoriga siljitish natijasida hosil qilingan parabola bo'ladi.

Doska-stend — mashg’ulotlarda o’quv munozaralari, aqliy hujum, guruh ishlari va boshqa muhokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o’qitishning texnik vositasidir. Bunda stendga o’sha kattalikdagi qog,oz qo’yiladi va unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Mashg,ulot vaqtida stendda mazkur kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin. Doska-stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar (sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va hokazo) joylashuvini xohlagan vaqtda o’zgartirish imkoniyati mavjud. Shuningdek doska-stend bilan ishlaganda qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikr- mulohazalari va g’oyalarini qamrab olish va qayd etish imkoniyatiga ega bo’linadi.










  1. Download 294.47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling