Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘lim fakulteti Boshlanģih ta‘lim va sport tarbiyaviy ishi yo‘nalishi bot-17. 2-guruh talabasi Nortajova Zaxroning Ona tili va adabiyot fanidan


Download 0.7 Mb.
Sana16.12.2020
Hajmi0.7 Mb.
#168430
Bog'liq
Onà tili Mustaqil ish

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘lim fakulteti Boshlanģih ta‘lim va sport tarbiyaviy ishi yo‘nalishi BOT-17.2-guruh talabasi Nortajova Zaxroning Ona tili va adabiyot fanidan

Mustaqil ishi


Samuil Yakovlevich Marshak asarlarining janr jihatdan rang-barangligi. Samuil Yakovlevich Marshak asarlarida ilgari surilgan goyalar.

Reja


1.Samuil Yakovlevich Marshak asarlarining janr jihatdan rang-barangligi.

2.Samuil Yakovlevich Marshak asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar.

3.Samuil Yakovlevichning asarlar tahlili

S. Marshak 1887 yilda Voronej shahrida tish texnigi oilasida tugʻildi. Boʻlajak sanʼatkorda shoirlik isteʼdodi juda erta uygʻondi. “Toʻrt-besh yoshlarimda, – deb eslaydi shoir, – sheʼrlar yoza boshladim. Oʻn bir yoshlarimda, bir qancha poemalar yaratdim. Goratsiyning “Odamlar”ini tarjima qildim”.

1914-yilda Rossiyaga qaytib kelgan Marshakning hayoti bolalar olami bilan chambarchas bogʻlanib ketadi. U 1915–22 yillarda bolalar uylarida tarbiyachi, oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. Bu Marshakning bolalar shoiri boʻlib kamol topishida katta rol oʻynaydi.

S. Marshak 20 yillarda oʻzining sheʼr, ertak va poemalari bilan yosh kitobxonlarning sevimli shoiri sifatida tanildi. “Qayerda ovqatlanding, ey chumchuq”, “Ahmoq sichqoncha haqida ertak”, “Kecha va bugun”, “Sirk” va boshqa shu kabi mashhur asarlari oʻsha yillarda maydonga kelgan edi.

1939 yilda Marshakning “Petya nimadan qoʻrqar edi?”, “Korablcha” singari mashhur sheʼrlari bosilib chiqdi.

Ikkinchi jahon urushi davrida shoir ijodining asosiy qismini urush, bosqinchilarga qarshi kurash mavzusi tashkil etdi. Ayniqsa, 1943 yilda yaratilgan “Oʻn ikki oy” nomli ertakdramasi tez orada millionlab yosh kitobxonlar orasida mashhur boʻlib ketdi.

S. Marshakning nomini olamga yoygan, bolalar shoiri sifatida tanitgan sheʼrlaridan biri “Ahmoq sichqoncha haqida ertak”dir.

Bu ertakda shoir bolalar hayoti va xarakteriga mos boʻlgan qiziqarli sujet topa olgan. Kimki oʻziga ortiqcha oro bersa, oqibatini oʻylamay koʻr-koʻrona ish tutsa, oʻzidan kattalarning pand-nasihatiga amal qilmasa, hayotda koʻp narsa yutqazadi, oʻz baxtini qoʻldan boy beradi, degan fikr ertakning asosiy gʻoyaviy mazmunini tashkil etadi.

S. Marshak “Yongʻin”, “Pochta”, “Musobaqalar doskasi” asarlari bilan ham rus bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi

S. Marshak Rossiyada hayot kechirayotgan har bir kishi bir-biriga mehribon, jonkuyar, shuningdek, vaqti kelganda mardlik, jasorat koʻrsatishga tayyor ekanliklarini, ayni paytda oddiy, kamtarin, oʻzlarining qoʻlga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlari, erishgan jasoratlari bilan kerilmasliklarini, manmanlikka berilmasliklarini, oddiy hayotiy detal – oʻt ichida qolgan bir qizchaning hayotini saqlab qolgan bola misolida tasvir etadi. Bola, mana, koʻrib qoʻyinglar, men jasorat koʻrsatdim, deya koʻkragiga urib maqtanish oʻrniga, tezgina odamlar orasiga kirib, koʻzdan gʻoyib boʻladi. Bu qahramonni keyinchalik barcha qidiradi. Lekin hech kim topa olmaydi.



Hozir ham oʻquvchilar oʻrtasida maktab jihozlarini asrabavaylab tutmaydiganlari topilib turadi. Bunday bolalarga shoir oʻzining “Stol kelgan qayerdan?” degan sheʼrida maktab jihozlari oʻz-oʻzidan paydo boʻlib qolmaganligini, buning uchun kattalarning qanchadan qancha vaqtlari, mehnatlari sarf etilganligini tushuntirib beradi.

“Marshak bizning bolalar adabiyotimizning asoschisi va bilimdoni,” – deb yozgan edi M. Gorkiy. Bunday yuksak maqtovga S. Marshak halol mehnati, kichkintoylarni astoydil sevishi, ardoqlashi sababli erishdi.
Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling