Turli tillardagi fonetik hodisalar


Download 92.07 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi92.07 Kb.
#1043516
Bog'liq
Fonetik hodisalar

Turli tillardagi fonetik o’zgarishlar

Reja: * O’zbek tilidagi fonetik o’zgarishlar * Turk tilidagi fonetik o’zgarishlar

O’zbek tilidagi fonetik o’zgarishlar: *Nutq jarayonida turli xil so’zlarda tovush o’zgarishlari vujudga kelishi mumkin . *Tovush o’zgarishlari turlicha bo’lishi mumkin. *Jumladan, tovush tushishi, tovush almashinishi, tovush ortishi va tovush ikkilanishi kabilar. *Bunday tovush o’zgarishlari pozitsion va kombinator tovush o’zgarishlariga bo’linadi.

Kombinator tovush o’zgarishlari: * Kombinator ( lot. combinare -qo’shmoq, birlashtirmoq ) yonma-yon tovushlarning o’zaro ta’sirlashuvi natijasida yuzaga keladi. * Akkomodatsiya (lot. accomodtio-moslashish) yonma-yon turuvchi ikki tovush (unli va undosh) artikulyatsiyasining qisman moslashishi. *Masalan: til oldi unlilari (a, e, i) til orqa undoshlari (q, g’, x) ning talaffuz etilishiga muvofiqlashib orqaga siljiydi.

*Assimilyatsiya – yonma-yon kelgan ikki tovushning o’zaro o’xshashga aylanishi . *Masalan: ketdi-ketti, sizsiz-sissiz. *Dissimilyatsiya – yonma-yon kelgan ikki tovushning aksincha noo’xshshga aylanishi *Masalan: maqsad-maxsat. *Metateza – yonma-yon kelgan ikki tovushning o’zaro o’rin almashinishi *Masalan : tuproq-turpoq, daryo-dayro. *Diareza – (yun. Diaresis-ajralish, bo’linish) muayyan talaffuz sharoiti tufayli so’z tarkibidagi tovushlarning tushib qolishi. *Masalan: pastqam-pasqam.

Pozitsion fonetik o’zgarishlar * Pozitsion o’zgarishlar-(lot. pozitio-holat, joylashish) so’z o’zagidagi yoki unga qo’shiladigan qo’shimchalar tarkibidagi ayrim tovushlarning ma’lum fonetik qurshov yoki pozitsiya natijasida talaffuz etilmasligi. *Prokopa-so’zning boshida talaffuzda tovush tushishi. *Masalan: yiring-iring, yilon-ilon *Sinkopa-so’z o’rtasida tovushning tushib qolishi. *Masalan: o’g’il-o’g’lim *Apakopa-so’z oxirida talaffuzda tovush tushib qolishi. *Masalan:baland-balan

*Eliziya-unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so’zning qo’shilishi natijasida unlilardan birining tushib qolishi. *Masalan: yoza oladi-yozoladi. *Sinerezis-so’z o’rtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri kuchsizlanib, nutqda tushib qolishi. *Masalan: Saodat-so:dat, maorif-mo:rif *Proteza-so’z boshida tovush ortishi. *Masalan: stakan-istakan *Epenteza-so’z o’rtasida talaffuzda tovush ortishi. *Masalan: fikr-fikir *Epiteza-so’z oxirida talaffuzda tovush ortishi. *Masalan: bank-banka

Turk tilidagi tovush o’zgarishlari *Turk tilidagi (d) tovushi til oldi, portlovchi, shovqini, jarangli tovush bo’lib, uning artikulyatsiya o’rni xuddi jarangsiz tovush kabidir. *Turk tilidagi (g) tovushi til orqa, portlovchi, shovqinli, jarangli undosh bo’lib artikulyatsiyasi xuddi (k) tovushi kabidir. *Turk tilidagi (v) tovushi lablanish, sirg’aluvchi, shovqinli, jarangli undosh tovushdir, (v) tovushining artikulyatsiya o’rni xuddi (f) kabidir.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 92.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling