Umumiy tabiiy geografiya


Download 20.75 Kb.
bet1/5
Sana06.11.2021
Hajmi20.75 Kb.
  1   2   3   4   5

Umumiy tabiiy geografiya


Reja:


1.Geografik qobiq.

2. Asosiy geografik qonuniyatlar.

3. Yer landshafti qobig`ining bir butunligi.

4. Landshaft komponentlarining o`zaro modda va energiya almashinishi orqali bog`langanligi.

5. Zonallik va azonallik (regionaol) qonuniyatlar

6. Landshaft qobig`idagi jarayonlarning davriylik xususiyati.

Geografik qobiq

Hozirgi vaqtda kishilarning mehnat faoliyati olib boriladigan, ya`ni jamiyat bilan tabiat o`rtasidagi aloqalar ro`y beradigan muhit turli mualliflar tomonidan turli xil terminlar bilan ifodalanmoqda. Chunonchi, “tabiat”, “tabiiy muhit”, “landshaft qobig`i”, “geografik qobiq”, “geografik sistema” va boshqalar mavjud. Aslini olganda bu terminlar mazmuni bir xildek ko`rinsada, ular bir-biridan farq qiladi.

“Tabiat” tushunchasi umumiy ilmiy va falsafiy tushuncha bo`lib, butun borliqni-koinotni o`z ichiga oladi. Torroq ma`noda olganda esa barcha tabiiy fanlarning o`rganish obyekti. “Tabiiy muhit” tushunchasi esa tabiatning jamiyat bevosita aloqada bo`lgan qismini ifodalaydi. Insonning fan va texnika imkoniyatlari oshib borgan sari tabiiy muhit ham eniga, ham bo`yiga kengayib boradi. “Geografik muhit” tushunchasi esa Yer (geo) bilan bog`liq tushuncha bo`lib, Yerning yuza qismi bilan uning yaqin atrofini o`z ichiga oladi. “Geografik qobiq” bilan “landshaft qobig`i” tushunchalari bir-biriga juda yaqin. Geografik qobiqqa yer po`sti, butun gidrosfera va biosfera hamda atmosferaning quyi (troposfera) qismi kiradi.

Geografik qobiqning asosiy xususiyatlari:

a) geografik qobiq bir butun hosila, kompleksdir, uning bir butunligi tarkibiy qismlari o`rtasida to`xtovsiz ravishda modda va energiya almashinib turganligi natijasidir;

b) unda moddalar va energiyaning aylanma harakati mavjud. Shu sababli tabiiy jarayonlar takrorlanib turadi;

v) geografik qobiq vaqt va makonda bir tekisda rivojlanmaydi, ritmlilik mavjud; to`xtovsiz rivojlanishda davom etadi.

Geografik qobiq bir butun bo`lsada, u o`z navbatida tarkibiy qismlardan-kichikroq geografik komplekslar, ya`ni landshaftlardan tashkil topgan.

Tabiatda har bir hududiy kompleks, u hoh butun Yer yuzini o`z ichiga olgan landshaft qobig`i bo`lsin, hoh eng kichik kompleks bo`lsin, ya`ni landshaftdan, yoki uning morfologik qismlari-urochishe yoki fatsiyalardan iborat bo`lsin, muayyan muvozanatdagi komponentlar birligidan iborat va to`xtovsiz rivojlanishda bo`ladi. Har bir komponent alohida rivojlanmasdan, o`zaro bog`liq holda rivojalanadi. Tabiatning yana bir xususiyati sisitemali tuzilishga ega ekanligidir. Unda turli ko`lamdagi sistemalar mavjud.

V.B.Sochava sistemalarni uchta asosiy katta-kichik bosqichga ajratishni taklif qiladi: planetar, regioanl va topologik. Planetar geosistema geografik (landshaft) qobiqdan iborat. Regioanl geosistemalarga geografik qobiqning yirik qismlari-tabiiy geografik zonalar, tabiiy o`lkalar, provinsiya va landshaftlar kiradi. Topologik geosistemalarga landshaftning tarkibiy (morfologik) qismlari-joy, urochishe, fatsiyalar kiradi.

Geosistemalarni tabiiy geografiya o`rganadi. Planetar geosistemalar-geografik (landshaft) qobiqning qonuniyatlari va xususiyatlarini umumiy yer bilimi, regional va topologik geosistemalarni landshaftshunoslik o`rganadi. Kompleks tabiiy geografik tadqiqotlar xulosalariga amal qilmay tabiatdan to`g`ri foydlanish mumkin emas.

Tabiatdan to`g`ri foydalanishning tabiiy geografik asoslari deb N.A.Gvozdetskiy, Y.K.Yefremov va boshqalar quyidagilarni ko`rsatishadi:

1. Tabiiy komponentlarning o`zaro aloqalarini va bu aloqalarining antropogen ta`sir natijasida o`zgarishlarini hisobga olishning shartligi.

2. Komplekslarning hududiy o`zgarishi qoununiyatlarini va komplekslar o`rtasidagi aloqalarni hisobga olishning zarurligi.

3. Tabiiy komplekslarning ichki energiyasi ta`siridagi yo`nalishi va sur`atini hisobga olishning shartligi.

4. Tabiiy hududiy komplekslarning inson faoliyati ta`sirida o`zgarishi haqida to`xtovsiz ma`lumot olib turishning zarurligi.

Bulardan tashqari, tabiatdan foydalanish ishi ekologik yondoshishga asoslanmog`i kerak.



Download 20.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling