Universiteti magistrlik dissertasiyasi annotatsiyasi


Download 23.99 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi23.99 Kb.
#1415321
Bog'liq
аннатация лотин


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
MAGISTRLIK DISSERTASIYASI ANNOTATSIYASI

Fakultet: Biologiya Magistratura talabasi: Tugizov M.B
Kafedra: Zoologiya IImiy rahbar: b.f.n.,A.S.Boltabaev.
O‘quv yili: 2021-2023 Mutaxassisligi: 5A140101 – Biologiya
(Zoologiya, ixtiologiya va gidrobiologiya)

JIZZAX VILOYATI SO‘QIR QANDALARINING FAUNASI VA EKOLOGIYASI
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Mavzusining dolzarbligi: Jizzax viloyati go‘za va beda agrosenozlarida so‘qir qandalarining faunasining xilma – xilligi juda yuqori.Ammo bu hududda so‘qir qandalalar faynasin o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar hajmi qisqa bo‘lishi bilan birga,ular ancha eskirgan va hozirgi davrga kelib qandalalar faunasida sezilarli o‘zgarishlar yuz bergani shubhasizdir. Shunga ko‘ra bu turkum (Hemiptera-Heteroptera) vakillari tabiat va inson hayotida turli xil ahamiyat kasb etib ular orasida fitofaglari, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari, agrotsinozlar va tabiiy ekosistemalar uchun foydalilari entomofaglari, muhofazaga muhtoj va papulyatsiyalar sonini nazorat qilish kerak bo‘lgan vakillarining mavjud.Shularni inobatga olgan holda mazkur hududda yarimqattiqqanotlilarning xilma xilligi, tur tarkibi, faunasi va ayrim ekologik hususiyatlari o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari:
Maqsadi: Jizzax viloyati yurimqattiqqanotlilar (Hemiptera) turkumning faunasini aniqlash, va ekologik hususiyatlarini tadqiq etish.
Vazifalar: Jizzax viloyati go‘za va beda agrosenozlari hamda tabiiy biosenozlaridan yarimqattiqqanotlilar namunalarini yig‘ish;
Yig‘ilgan namunalar asosida Jizzax viloyati yarimqattiqqanotlilari faunasining turlar tarkibi va tarqalishini aniqlash;
Yarimqattiq qanotlilarining ko‘p uchraydigan turlarini faunasini va ekologik husussiyatlarini o‘rganish.
Tadqiqot obyekti va predmeti:
Obyekti: Jizzax viloyati go‘za va beda agrosenozlari hamda tabiiy biosenozlarida tarqalgan yarimqattiqqanotlilar hisoblanadi.
Predmeti: Yarimqattiqqanotlilarning xilma-xilligi, faunasi, va ekologik hususiyatlari hisoblanadi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari:
Jizzax viloyati hudida tarqalgan yarimqattiqqanotlilarning o‘rganishdan iborat bo‘lib, bunda ularning tur tarkibi o‘rganilib, ularning keng tarqalgan turlari aniqlanib shu ko‘p uchraydigan turlarning faynasi va ekologiyasini o‘rganiladi. Turlarning Jizzax viloyati hududida tarqalishi biotoplar kesimida o‘rganiladi va tahlil qilinadi. Yarimqattiqqanotlilarning o‘rganilayotgan hududda qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari va foydali ahamiyat kasb etuvchi turlari hamda faunasi va ekologik xususiyatlari kam o‘rganilgan yoki o‘rganilmagan turlari mavjudligi kiritiladi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharxi:
O‘zbekiston yarimqattiqqanotlilari faunasi va bio-ekologik hususisyatlari borasida olib borilgan tadqiqot ishlari yetarlicha emas va bu mavzuga doir ma’lumotlarni dala qandalasi va lichinkalarini Saprigin M.A.( 2013 yil)., Chelova E.Y.(2015 yil)., Basarova Z.T. (2019 yil)., Golub B.G.(2019 yil)., Garadova M.A.(2019 yil)., 2020 yillarda Drapolkalar va boshqa olimlar tomonidan o‘rganilgan.
Tadqiqot qo‘llanilgan metodikaning tavsifi:
Yarimqattiqqanotlilarni tutish, qotirish va ularning bio-ekologik hususiyatlarini o‘rganishda va tahlil qilishda turli usullardan foydaliniladi. Bunda turli zoologik, entomologik, ekologik va statistik usullardan foydaliniladi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati:
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati yig‘ilgan namunalar asosida Jizzax viloyati uchrovchi yarimqattiqqanotlilarning tur tarkibining o‘rganilganligi, biosenotik aloqalari ekologik hususiyatlarini ochib berganligi va shu ma’lumotlar Jizzax viloyati amalga oshiriluvchi tadqiqotlar jumladan zararkunandalarga qarshi kurash, yarimqattiqqanotlilar populyatsiyalarini boshqarish kabi amaliy ishlar uchun asos bo‘lishi bilan izohlanadi.
Magistrlik desertatsiyasining tuzilishi va hajmi:
Dessertatsiya kirish qismi, 3 ta bob (1-bob adabiyotlar sharxi, 2-bob tadqiqot uslubi, 3,4-bob ishning borishi va olingan natijalar), hulosa va adabiyotlar ro‘yxati, va ilova qismlardan tuzilgan. Umumiy hajmi 84 bet.
Bajarilgan ishning asosiy natijalari: Yig‘ilgan namunalarga asosan Jizzax viloyati tadqiqot olib borilgan hududlarda yig‘ilgan namunalar yarimqattiqqanotlilar (Hemiptera-Heteroptera) turkumining so‘qir qandalalarining (Miridae) 3 oilaga mansub, 13 avlod, 15 tur ekanligi aniqlandi.Shundan so‘qir oilasiga (Miridae) oilasiga 9 avlod, 11 tur, Pentatomidae oilasiga 2 avlod, 2 tur kirdi.Entomofag turlariga faqqat Nabidae 1 oila, 1 tur 1 avlod, 1tur ekanligi aniq’landi. O‘zbekiston uchun birinchi marta qayt qilindi, ko‘p tarqalgan turlarning biologik va ekologik hususiyatlar shu jumladan ozuqa ihtisosligi, Jizzax viloyati 3-4 avlod berishi va yashash sharoiti yoki substrati o‘rganildi va formalari hamda trofik guruhlar belgilandi. Jizzax viloyati yarimqattiqqanotlilari turlarining biotoplarda va hududlarda tarqalishi o‘rganildi va tahlil qilindi.
Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi:
Jizzax viloyati tadqiqot olib borilgan hududlarda yarimqattiqqanotlilar turkuming 3 ta oila, 13 avlodga mansub 15 ta tur, uchrashi aniqlandi va hududlari va biotoplar boyicha taqsimlanishi tadqiq qilindi. Ko‘p uchragan 11 ta turning faunasi va ekologik hususiyati o‘rganildi.

Ilmiy rahbar: dosent v.b. A.S.Boltabaev.
Magistratura talabasi: Tugizov M.B.
Download 23.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling