Urganch ranch texnologiya universiteti


Download 108.64 Kb.
bet1/8
Sana11.10.2023
Hajmi108.64 Kb.
#1698426
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-CHI MAVZU






URGANCH RANCH TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI

Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo’nalishi



__ kurs ____-guruh talabasi

__________________________________________________ning

“Maktabgacha pedagogika” fanidan tayyorlagan

KURS ISHI


Mavzu: .“Ilk qadam”davlat o‘quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil etish
Topshirdi: _______________________
Qabul qildi: _______________________


Mundarija
KIRISH………………………………………………………………………
I BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Ilk qadam dasturidan foydalanish...........................
I.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanish markazlarini samarali tashkil etish..........................................
I.2 Markazlardagi bolalar faoliyati maqsadi va vazifalari..........
II BOB. Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat markazlarida ta’lim jarayonini tashkil etish
II.1 Markazlardagi bolalar faoliyati turlari?............................................
II.2 Markazlardagi faoliyatda pedagogning roli ………
II.3 Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari……………
XULOSA VA TAVSIYALAR……………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………
ILOVALAR ……………………………………………………………….
Kirish
Mavzuning dolzarbligi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o’rin tutadi” deya ta’kidlaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishga qo’yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tasavvuridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarmni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashda alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan “Ilk qadam” davlat dasturini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish, dasturni to’laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o’rni belgilab olindi.
“Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachning o’rniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o’quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi.
MTTda rivojlanish markazlarini tashkil etish Davlat talablari va «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturini amalga oshirishni nazarda tutadi. Markazlarda ishlash har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda eng samarali rivojlanishiga imkon beradigan tarzda, uning individual qobiliyatlari, qiziqishlari, faoliyat darajasini inobatga olgan holda tashkil etiladi.
Ular qatorida ta’lim samaradorligini oshirish uchun o‘quvchilarda irodaviy sifatlarni tarkib toptirish borasida qator ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar. O’sib kelayotgan avlodning jamiyat normalarini to’la qonli qabul qilishi, o’z davrining yaxshi va kerakli kishisi bo’lib etishishi oilaning boshqa rasmiy tarbiya maskanlari bilan o’rnatadigan to’g’ri munosabatlari bevosita bog’liq. Ijtimoiylashuv jarayonida maktabgacha ta’lim muaasasalarining o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki maktabgacha ta’lim muaasasalarining xodimlari bolaning ota-onasi bilan bevosita, har kuni muloqotda bo’ladi va ular maktab ma’muriyatidan farqli ikki xil funktsiyani bajaradi: rasmiy va norasmiy. Undan tashqari, tarbiyachining o’zi ota-onaga nisbatan ikki xil holatda bo’ladi – rasmiy tarbiyachi va samimiy, e’tiborli suhbatdosh tarzida. Lekin oila a’zolari bilan maktabgacha ta’lim muaasasalarining xodimlarining bitta bola tarbiyasidagi ishlarini uyg’unlashtirish, yaxshi samaraga erishish unchalik oson ish emas. CHunki ikkala tomon bir-biriga ishongan taqdirdagi ular o’rtasida samimiy muloqot bo’lishi va tarbiyada ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Kurs ishining maqsadi Maktabgacha ta’lim tashkilotida Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishidagi o’ziga xosliklari va Davlat talablari hujjatining olib borilishi maqsad qilib belgilandi..

Download 108.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling