Ona tili
1. Qorq... dost yovuz dushman... yomon.
Ushbu gapdagi nuqtalar o‘rnida qo‘llanilishi kerak bo‘lgan qo‘shimchalarni tiklang. Ular haqidagi to‘g‘ri fikrni toping.
A) so‘z yasovchi qo‘shimcha
B) so‘z yasovchi va lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha
C) lug‘aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha
D) so‘z yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha
2. Meyorni kop buzar odam bolasi,
Uning kattasidan kichigigacha
Ushbu parchadagi otlar tarkibida kelishiklar qay tarzda qollangan?
A) 2 orinda belgili, 2 orinda belgisiz
B) 2 orinda belgili, 1 orinda belgisiz
C) 3 orinda belgili, 2 orinda belgisiz
D) 1 orinda belgili, 1 orinda belgisiz
3. Oglining uchinchi marta olib kelgan pulini otmoqchi bolganida, bola uning qoliga yopishadi.
Gapdagi fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zning tarkibi haqida bildirilgan qaysi fikr to‘g‘ri?
A) ikki ma’noli qismdan iborat
B) tarkibida faqat sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha mavjud
C) asos va bitta qo‘shimchadan iborat
D) so‘z tarkibi tartibi buzilgan
4. Xorazmiy zuryodimiz,
Navoiyning avlodimiz,
Yurtga tikib hayotimiz,
Asragaymiz biz Vatanni.
Ushbu sheriy parchada qollangan egalik qoshimchalari haqidagi togri fikrni belgilang.
A) uch orinda I shaxs koplik
B) ikki orinda III shaxs birlik, bir orinda I shaxs koplik
C) tort orinda I shaxs koplik
D) ikki orinda III shaxs birlik, ikki orinda I shaxs
5. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), o‘xshatish yo‘li bilan bildiruvchi qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar…
A) ajratib yoziladi
B) chiziqcha bilan yoziladi
C) qo‘shib yoziladi
D) bosh harf bilan yoziladi
6. 1) tunamoq; 2) asabiylashtirmoq; 3) umumiylikda;
4) shildiroq; 5) yasovchi
Qaysi sozlarda sozga yangi mano beruvchi ikkita qoshimcha ishtirok etgan?
A) 2, 3, 4 B) 2, 3 C) 2, 4, 5 D) 1, 4, 5
7. Zamonaviy bilimga ega, odobli, ilmli, barkamol va shijoatli farzandlar bizning yutug`imizdir.
Ushbu gapda nechta yasama so‘z bor?
A) 5 ta
B) 7 ta
C) 4 ta
D) 6 ta
8. Oldindadir hali zahmat, oldindadir imkonimiz,
Yetishgaymiz kelajakka, pokizadir vijdonimiz.
Sheriy parchadagi munosabat shakllari tarkibida uchramaydigan undoshni toping.
A) z B) g C) n D) y
9. So‘z tarkibi tartibi buzilgan so‘z uchraydigan javobni toping.
A) oqayotganda
B) eslaganlik
C) chidamli
D) bosqinchilik
10. Chopon : Ey xoja, men senga sutga suv qoshmagin degan edim, mening sozimni aslo eshitmading. Otgan kechasi sutga qoshgan suvlaring hammasi yigilib, sel bolib oqdi va qoylarni oqizib ketdi, deb javob berdi.
Ushbu parchada felning vazifa shakllaridan qaysilari qatnashgan?
A) sof fel, sifatdosh, ravishdosh
B) ravishdosh, harakat nomi
C) sof fel, sifatdosh, harakat nomi
D) sof fel, harakat nomi, ravishdosh
Do'stlaringiz bilan baham: |