Ustoz va murabbiylar kuni


Download 217.04 Kb.
Sana24.06.2023
Hajmi217.04 Kb.
#1654079
Bog'liq
1-oktiyabr


Termiz muhandislik texnologiya instituti Energetika va transport tizimlari fakulteti talabalari bilan “Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlanib o‘tkazilgan davra suhbati
B A YO N N O M A S I
29.09.2022 yil Termiz shahri
Ishtirok etdilar: O.Mallayev – “Sirtqi bo‘lim” dekan o‘rinbosari“Energetika
va transport tizimlari” fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari
Tadbirni o‘tkazish joyi va vaqti: Institut Binosi
KUN TARTIBI:
1-Oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlanib o‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida.
Kun tartibidagi masala yuzasidan dekan o‘rinbosari O. Mallayev so‘zga chiqib, “Ustoz shogird” an’analari ancha yillardan beri davom etib kelayotganligini, hamda ushbu an’ana yoshlarning o‘z ustida mukammal ishlashi uchun yordam berayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Umumkasbiy fanlar kafedrasi assistenti S.Abdusoatov ushbu davra suhbatida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdilar. Biz har birimiz hayotda qanday muvaffaqiyat va natijalarga erishgan bo‘lsak, bu yutuqlarda ustozlarning beqiyos hissasi borligini doimo minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.
Shu bois, mana shunday quvonchli kunda barcha shogirdlaringiz, butun xalqimiz nomidan sizlarga yuksak hurmat-ehtiromimiz, ezgu tilaklarimizni bildirib, chin dildan ta’zim qilamiz.
Ulug‘ shoirimiz mavlono Furqat ilm-ma’rifatni ko‘ngillarning sururi, ko‘rar ko‘zlarning nuri, deb ta’riflaganini hammamiz yaxshi bilamiz.
Darhaqiqat, millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi.
Xabarimiz bor, Muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zlagan nutqimda men boshqa ko‘pgina muhim masalalar qatorida Yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyani qabul qilishga oid O‘zbekiston tashabbusiga yana bir bor jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratdilar.
Yoshlar huquqi deganda, biz, birinchi navbatda, ularning tinch va sog‘lom yashash hamda ta’lim olishga bo‘lgan to‘laqonli huquqini tushunamiz. Shu bois, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizning barkamol bo‘lib voyaga yetishi, sifatli va mukammal ta’lim olishini ta’minlash biz uchun hamisha ustuvor vazifa hisoblanadi.
Butun dunyo davlatlari qatori O‘zbekiston ham koronavirus pandemiyasini boshidan kechirayotgan hozirgi murakkab davrda mamlakatimiz ta’lim tizimi ham jiddiy sinovga duch keldi. Bugungi qiyin sharoitga qaramasdan, davlatimiz tomonidan o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar va sizlarning fidokorona mehnatingiz bilan bu boradagi ishlarimiz izchil davom ettirilayotganligini ta’kidladilar.
- Maqsadimiz – har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta’minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir.
Fakultet miqiyosidagi talabalarga professor-o‘qituvchilarni biriktirib, talabalar bilim darajasini yanada oshirish maqsadida turli hil tanlovlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilganligini aytib o‘tdilar.
O‘tkazilgan tadbirda bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olib,
QAROR QILINDI:
1. Dekan o‘rinbosari tomonidan berilgan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. S.Abdusoatov hamda “Energetika va transport tizimlari” fakulteti professor-o‘qituvchilari “Ustoz shogird an’analari 1-oktyabr Ustoz murabbiylar kuni” mavzusidagi ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Yig‘ilish raisi A.Allanazarov
Yig‘ilish kotibi M.Eshnazarov


Download 217.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling