Uzoq yillar davomida vujudga kelgan eski ta’lim tizimini tubdan qayta qurmasdan va isloh etmasdan turib bu maqsadga erishish mumkin emas


Download 1.66 Mb.
bet1/27
Sana29.04.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1401578
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Hosilaning tatbiqi (2)


Kirish.
Yurboshimiz I. A. Karimovning shu yili bo‘lib o‘tgan “Rivojlangan avlodni tarbiyalash-mamlakatimizni barqaror etish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida shunday dedilar.
“Avvalo shuni ta’kidlash zarurki, bundan 15 yil oldin qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta’lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurushning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan «o‘zbek modeli»-o‘z taraqqiyot yo‘limizning ajralmas tarkibiy tarkibiy qismidir.
Ushbu dastiur jiddiy izlanish va tadqiqotlarning, jahondagi taraqqiy topgan ilg’or mamlakatlar tajribasini umunlashtirishning natijasi sifatida o‘tmishda majburan singdirilgan kommunistik mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay voz kechish, odamlarning birinchi navbatda unib-o‘sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlshga qaratilgan bo‘lib, qiasqacha aytganda, bu dastur hayotda o‘z fikriga, o‘zining qarshlari va grajdanlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirish maqsad qilib qo‘yadi”.
Uzoq yillar davomida vujudga kelgan eski ta’lim tizimini tubdan qayta qurmasdan va isloh etmasdan turib bu maqsadga erishish mumkin emas.
Agarki, O‘bekiston aholisining qariyib 35 foizini 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 62 foizdan ziyodini esa 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishini hisobga olsak, bu islhotning roli va ahamiyati o‘z-o‘zidan tushunarli va ravshan bo‘ladi”
Sunday ekan ta’lim tizimida samarali o‘qitishni tashkil etishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish bugungi kunning har bir pedagogining asosiy vazifasidir. Shu jumladan matematika fanlarining uzluksiz ta’limning har bir bosqichlarida ana sunday usullar bilan ta’lim berish har bir o‘qituvchlarning bosh maqsadi va burchi bo‘lishi lozim.
Ushbu BMI da AL va KHK larida «Algebra va sonlar nazariyasi» fanining funksiya hosilasining tatbiqi mavzusini o‘qitishda talabalarda mustahkam bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga doir tavsiya va takliflar berilgan
Ushbu BMI 3 ta bob va 10 ta paragrafdan iborat reja asosida yoritildi.
I bob “Yordamchi ma’lumotlar” deb nomlangan va 2 ta paragrafdan iborat. Bu bobning 1.1-§ da AL va KHK lari DTS lari va ishchi dasturlari o‘rganilgan. 1.2-§ da esa BMI ni yoritishda tayanch tushuncha bo‘lgan funksiya hosilasining AL darsligida kiritilish mazmuni bayon qilingan. Bunda dastlab funksiya orttirmasiga ta’rif va funksiya orttirmasini hisoblashga doir bir necha misollar yechib ko‘rsatilgan.
II bob “Xosilaning funksiya grafigini tekshirishdagi tatbiqlari” deb nomlangan va 3 ta paragrafdan iborat. Bu bobning 2.1-§ da analitik ko‘rinishda berilgan funksiyalarning ekstremum qiymatlari, ularning kesmadagi eng katta va eng kichik qiymatlarini topish masalalari nazariy va amaliy tomondan yoritilgan. 2.2-§ da Differensial hisobning asosiy teoremalaridan biri bo‘lgan Lagranj teoremasi isboti bilan keltirilgan. Undan keyin funksiyaning monotonligini uning hosilasi yordamida aniqlash masalasi ko‘rilgan. Shu bilan birga funksiya grafigining qavariq, botiqligiga vatarlar yordamida ta’rif berilgan. Monotonlik oraliqlarini, qavariq-botiqligi va egilish nuqtalarini topishga doir misollar keltirib o‘tilgan. 2.3-§ da esa yuqoridagi paragraflarning natijalarini funksiya grafigini chizishda qo‘llab bir necha funksiyalarning grafiklari chizilgan.
III bob “Xosilaning algebraik masalalar yechishga tatbiqi” deb nomlangan. 3.1-§ da funksiya hosilasi yordamida tengsizliklar va Koshi tengsizligi isbotlangan. Funsiyaning hosilasi yordamida tengsizliklarni isbotlashda qo‘llashga doir misollar keltib o‘tilgan. 3.2-§ da Nyuton binomi va uning taqribiy hisoblashlardagi tatbiqlari keltirib o‘tilgan. 3.3-§ da algebraik tenglamalarning ildizlarini hosila yordamida taqribiy hisoblash usuli kelrib o‘tilgan. 3.4-§ da esa, “Hosilasining tatbiqi” mavzusiga oid ikki soatlik dars ishlanmasi berilgan.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling