Uzoq yillar davomida vujudga kelgan eski ta’lim tizimini tubdan qayta qurmasdan va isloh etmasdan turib bu maqsadga erishish mumkin emas
Download 1.66 Mb.
|
Hosilaning tatbiqi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Darajali, ko‘rsatkichli va logarifmik funksiyalar (30 soat)
- 9. Trigonometrik funksiyalar (50 soat)
7. Funksiya va grafiklar (24 soat)
Dekart koordinatalar sistemasi. Funksiya tushunchasi, aniqlanish va qiymatlar sohasi, berilish usullari. Sonli funksiyalar: juftligi, toqligi, monotonlik, chegaralanganlik, nollari, ishora o‘zgarmaslik oraliqlari, davriyligi. Jadval bilan berilgan funksiya ifodasini topish. Teskari funksiya tushunchasi. O‘zaro teskari funksiyalar. Funksiyalar ustida amallar. Murakkab funksiya va unga oid misollar. Funksiya grafiklarini almashtirish. funksiyalar va ularning xossalari, grafiklari. Asimptota. funksiyalar va ularning xossalari. Funksiyalarini elementar tekshirish. 8. Darajali, ko‘rsatkichli va logarifmik funksiyalar (30 soat) Darajali funksiya. . Ularning xossalari va grafiklari. Ko‘rsatkichli, logarifmik funksiyalar, xossalari, grafigi. Sonning logarifmi. Asosiy logarifmik ayniyatlar. Ko‘paytma, bo‘linma va darajaning logarifmi. Bir asosdan boshqa aosga o‘tish formulasi. Logarifmlash va potensirlash. O‘nli va natural logarifmlar, ularning xossalari. Ko‘rsatkichli va logarifmik ifodalarni ayniy almashtirishlar. Ko‘rsatkichli tenglama va tengsizliklar. Logarifmik tenglama va tengsizliklar. Ko‘rsatkichli va logarifmik tenglamalar sistemalari. 9. Trigonometrik funksiyalar (50 soat) Birlik aylana. Burchak va yoy tushunchasi. Burchakning gradus, radian o‘lchovlari. Ixtiyoriy burchakning sinusi, kosinusi, tangensi, kotangensi va ularning ba’zi burchaklardagi qiymatlarini hisoblash. Asosiy trigonometrik ayniyatlar. Keltirish formulalari. Trigonometrik funksiyalarning juft-toqligi, davriyligi. Eng kichik musbat davr. Keltirish formulalari. Trigonometrik funksiyalarning aniqlanish va o‘zgarish sohalari, monotonlik oraliqlari, ularning grafiklari. Burchaklar yig’indisi va ayirmasi uchun sinus, kosinus va tangens, formulalari. Ikkilangan va yarim burchak uchun formulalar. Trigonometrik funksiyalarni yarim burchak tangensi orqali ifodalovchi formulalari. Trigonometrik funksiyalar ko‘paytmasidan yig’indiga, yig’indidan ko‘paytmaga o‘tish formulalari. ni almashtirish. Trigonometrik ifodalarni ayniy shakl almashtirishlar. Teskari trigonometrik funksiyalar, xossalari va ularning grafiklari. Teskari trigonometrik funksiyalar ustida trigonometrik amallar, trigonometrik funksiyalar ustida teskari trigonometrik amallar. Teskari trigonometrik funksiyalarni ayniy almashtirishlar. Soda trigonometrik tenglamalar. Trigonometrik tenglamalarning turlari va ularni yechish usullari. Umumiy usullar: ko‘paytuvchilarga ajratish, yangi o‘zgaruvchi kiritish. Xususiy usullar: darajani pasaytirish, bir xil argumentga keltirish, yordamchi burchak kiritish, chegaralanganlik xususiyatidan foydalanish, universal almashtirish, o‘zgaruvchilarni almashtirish, bir jinsli va bir jinsliga keltiriladigan tenglamalarni yechish usuli va boshqa usullar. Trigonometrik tenglamalar sistemasi. Trigonometrik tengsizliklar. Teskari trigonometrik funksiyalar qatnashgan tenglama va tengsizliklar. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling