Uzun qishloq xo`jalik kasb-hunar kolleji Ishlab chiqarishni tashkil etish va iqtisod fanidan dars ishlanmasi
Download 472.36 Kb.
|
Uzun qishloq xo`jalik kasb-hunar kolleji Dars ishlanmasi
Uzun qishloq xo`jalik kasb-hunar kollejiIshlab chiqarishni tashkil etish va iqtisod fanidan dars ishlanmasiMenejer YORDAMCHISI yo`nalishi bo`yicha dars ishlanmasiMAVZU: FOYDA VA RENTABELLIKDars muallifi: oliy toifali iqtisod fani o`qituvchisi O.D.IsayevDARS REJASIDarsning maqsadi:
DARSDAN KUTILAYOTGA NATIJA1. Foyda haqida tushunchaga ega bo`ladi2. Rentabellik darajasini aniqlashni biladi3. Foydani maksimumlashtirish yo`llarini aytib beradiTa’lim metodlari: Ma`ruza
MAVZU: FOYDA VA RENTABELLIKREJA
Tayanch so'z va iboralar1. Foyda.2. Rentabellik.3. Foydani maksimumlashtirish.4. Investitsiya5. Novatsiya6. Firma likvidligi.1. Foyda haqida tushunchaFoyda olishga intilmagan firma bo‘lmaydi. Xarajat qilishdan ham maqsad foyda ko‘rishdir. Xo‘sh, foyda nima?Foyda — bu ishbilarmonligi, kapital sarflab tavakkaliga xatarli ishga qo‘l urgani uchun tadbirkorlarga tegadi-gan pul mukofotidir.Ish kuchi egasi ish haqi degan daromad olsa, firma egasi foyda shaklidagi daromadni oladi. Foyda, birinchidan, kapitalning, ikkinchidan, ishbilarmonlikning mahsulidir. Foyda deganda, odatda, iqtisodiy foyda tushuniladi.Foyda (F) daromad (D) bilan xarajat (X) o‘rtasidagi farqqa teng bo‘ladi, ya’ni F=D–X.Foydaning miqdori unga ta’sir etuvchi omillarga bog‘liq bo‘ladi.Foydaning miqdori unga ta’sir etuvchi omillarga bog‘liq bo‘ladi.Bular narx va xarajatdir. Shunga binoan iqtisodda shunday qoida mavjud:Foyda miqdori narxga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda, xarajatlarga nisbatan teskari muta-nosiblikda o‘zgaradi.Xarajatlar o‘zgarmagan taqdirda tovar narxining ortishi foydani ko‘paytiradi, uning pasayishi foydani kamaytiradi. Bordi-yu narx o‘zgarmagan sharoitda xarajatlarning ortishi foydani kamaytirsa, ularning pasayishi foydani ko‘paytiradi. Har ikkala holda ham F=D–X bo‘lishi saqlanib qoladi. Narx va xarajat foydani qarama-qarshi yo‘nalishda o‘zgartiradi. Xarajatning ortishi foydaning qisqarishini bildiradi (2-rasm).2 – rasm. Daromad tarkibida xarajat va foyda hissasining o‘zgarishi.2 – rasm. Daromad tarkibida xarajat va foyda hissasining o‘zgarishi.Birinchi 3 ta ustunda narx o‘zgarmagan holda (P =100)Birinchi 3 ta ustunda narx o‘zgarmagan holda (P =100)xarajatning ortishi va pasayishining foydaga ta’siri ko‘r-satilgan. So‘nggi 3 ta ustunda xarajat o‘zgarmagan holdanarx ortishining foydaga ta’siri ko‘rsatilgan. Foyda ortibborishi uchun narx pasaygan taqdirda xarajat undan ko‘p-roq pasayishi zarur (P=–5% bo‘lsa, X=–8%) va shuning-dek, xarajat oshgan taqdirda narx undan ko‘proq ortishiKerak (X=+10% bo‘lsa, P=+12%). Bu tushunarli, chunkiqanchalik P>X bo‘lsa, shunchalik ularning farqi — foydaortib boradi. Xarajatning foydaga ta’sirini mehnat unum-dorligi yuzaga keltiradi.Mehnat unumdorligi xarajatlarni pasaytirish orqali foydani oshiradi, shu sababli foydani ko‘proq olish omili hisoblanadi.Mehnat unumdorligi xarajatlarni pasaytirish orqali foydani oshiradi, shu sababli foydani ko‘proq olish omili hisoblanadi.Foydani maksimumlashtirish yuksak mehnat unumdorligini talab etadi, bu esa iqtisodiy ravnaq omili hisoblanadi.2. Rentabellik
Birinchi usulda foyda miqdori (F) ishlab chiqarishga qo‘yilgan kapitalga (K—asosiy va aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik miqdori) bo‘linadi va foizlarda ifodalanadi.
Bunda Ri = F / K * 100%Ri = 20 mln / 100 mln * 100% = 20% Ri = 20%Bu olingan foyda firma sarflagan kapitalning necha foiziga teng degan ma’noni bildiradi. Kapital firmaning bir yo‘la sarfi bo‘lsa, uning joriy sarfi bo‘lgan xarajatlar ham bor. Rentabellik darajasini hisoblashning ikkinchi usulida foyda miqdori joriy xarajatlar miqdori (X ) bilan taqqoslanadi: Ri = F / X * 100%
Rentabellik qayerda pul ko‘p foyda keltirsa, uning shu yerga qo‘yilishini bildiradi. Ammo pul egasi oz bo‘lsada kafolatlangan daromad top-moqchi bo‘lsa, pulining rentabelligi past, ammo bexavotir foyda beruvchi sohaga yoki tezda ko‘p daromad topmoqchi bo‘lsa, rentabelligi yuqori bo‘lgan, lekin riski ham katta sohaga qo‘yishi mumkin.
3. Foydani maksimumlashtirishKo‘pchilik firmalar foydani maksimumlashtirishni piro-vard maqsad deb biladilar. Lekin bunga darhol erishib bo‘l-maganidan qisqa vaqtda (masalan, bir yilda) ular oz foydabilan ham qanoatlanadilar, lekin pirovard mo‘ljaldan qayt-maydilar. Foydani maksimumlashtirish uning miqdori kattabo‘lishini bildiradi. Foyda miqdori 3 narsaga bog‘liq bo‘ladi:1) rentabellik yoxud foyda normasiga;2) kapitalning aylanish tezligiga;3) kapitalning miqdori yoki ishlab chiqarish ko‘lamiga.Firma bir yerda to‘xtab qolmaydi. U iloji boricha o‘z biz-Firma bir yerda to‘xtab qolmaydi. U iloji boricha o‘z biz-nesi kelajagini ta’minlashi zarur bo‘ladi. Bu esa investitsiya(ingl. invectment– joylashtirish)siz bo‘lmaydi.Investitsiya foyda olish maqsadida firma ishining rivo-jiga qo‘shimcha mablag‘ qo‘yishdir.Firma investitsiyasiga zarur pul 3 manba hisobidan shakl-lanadi:1) firmaning asosiy kapitalidan yiliga ajratiladigan amor-tizatsiya puli;2) firmaning o‘z foydasi, ya’ni foydadan ishchilarga mukofot, korxona egalariga dividend berilgandan so‘ng qolgan foyda. Buni taqsimlanmagan foyda ham deyishadi;3) qarz ko‘tarilgan pul.II. ТAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR1. Iqtisodiy foyda miqdori qanday topiladi?2. Foyda miqdoriga nimalar ta’sir etadi?3. Rentabellikni aniqlashning qanday usullari bor?4. Firma investitsiya uchun pulni qayerdan oladi?III. MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI1. Quyidagi jumlalardan tushirib qoldirilgan so‘zlarning to‘g‘risini topib o‘rniga qo‘ying:a) Daromad bilan xarajat ayirmasi .............. hisoblanadi;b) Firmani naqadar foyda olishini ................ bildiradi;c) Yomon ishlagan firma oxir- oqibatda .......... ........... bo‘ladi.2. Quyidagi savollarga javob topib, yuz bergan hodisalarni izohlab ko‘ring:2. Quyidagi savollarga javob topib, yuz bergan hodisalarni izohlab ko‘ring:a) Firma tovarlarining narxi ko‘tarilib, o‘rtacha daromad 10 foizga oshdi, ammo firma foydasi 5 foiz kamayib ketdi. Nega shunday bo‘ladi?b) Firma tovarining narxi oshmagan holda, uning foydasi 3 foizga ko‘paydi. Bu nima hisobidan bo‘ladi?c) Firma tovariga ketgan joriy sarf (tannarx) kamaymagani holda uning foydasi 2 foizga oshdi. Nega shunday bo‘ldi?d) Firma tovarining sotilish narxi ham, uning tannarxi ham o‘zgarmay qoldi, biroq firma olgan foyda miqdori ko‘paydi. Buning sababi nima?3. Quyidagi masalani hisoblab topishga urinib ko‘ring:3. Quyidagi masalani hisoblab topishga urinib ko‘ring:«Qo‘shchinor» firmasining kapitali 240 mln so‘m. Uning yillik oboroti 6 marta ko‘p bo‘ladi. Har aylanish mobaynida 30 mln so‘m foyda ko‘riladi. Firmaning yillik foyda normasini hisoblab chiqing.Foydalanilgan adabiyotlar1. Shodmonov Sh.Sh, Alimov R.X., Jo`raev T.T. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. -T.: Moliya, 2002.2. O`lmasov A., Shodmonov Sh.Sh. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. - T: Sharq, 2006.3. O`lmasov A. Iqtisodiyot asoslari. Kasb-hunar kollejlar uchun darslik.–T:Sharq, 2010.4. O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ko`rsatkichlari. -T.: YuSAID, 2014.5. www.bilim.uz6 www.ziyonet.uz7. www.edu.uzDownload 472.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling