Valyuta bozori va valyuta operatsiyalarining xalqaro moliya munosabatlartdagi ahamiyati


Download 192 Kb.
bet1/18
Sana14.03.2023
Hajmi192 Kb.
#1267040
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
xorijiy valyutalar bilan bogliq operatsiyalar




Reja:
1.Valyuta bozorining mohiyati, mazmuni va iqtisodiyotda tutgan o’rni
2. Xorijiy valyuta va valyuta operatsiyalari
3. Muddatli bitimlar bilan bog`liq operatsiyalar
4. Xalqaro moliya munosabatlarida valyuta riskini boshqarish
5. O`zbekiston respublikasida valyuta operatsiyalarini rivojlantirish muammolari

1. VALYUTA BOZORINING MOHIYATI, MAZMUNI VA IQTISODIYOTDA TUTGAN O’RNI
Valyuta bozorlari - bu talab va taklif asosida turli xil valyutalar oldi-sotdi qilinadigan rasmiy markazlardir. Ya'ni, valyuta bozori - bu chet el valyutasini oldi-sotdisini va chet el valyutasidagi qimmatbaho qog’ozlarni, hamda valyutaviy kapitalni investitsiya qilish munosabatlarini amalga oshiruvchi iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiluvchi markaz hisoblanadi.
Har qanday mamlakatning iqtisodiyotini rivojlangan moliya-kredit bozorisiz tasavvur etish mumkin emas. Bu moliya bozorlarida sotuvchi va xaridorlar pul-kredit mablag’larini va investitsion qimmatliklarni iqtisodiy munosabatlar orqali ayirboshlash yuzaga kelishini, ya'ni ulaniing tannarxini va iste'mol qiymatini namoyon qiladi.
Valyuta bozori moliya bozorining muhim va asosiy qismini tashkil qiladi.
Valyuta bozorlari - jahon xo’jaligining ajralmas bulagi bo’lib hisoblanadi. Valyuta bozorlarida banklar va kompaniyalar valyuta operatsiyalarini, ya'ni valyutalarning oldi-sotdisini amalga oshiradilar.
Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo’lib, tashqi savdo bo’yicha xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning davlatlararo harakati hamda chet el valyutasini oldi-sotdi qilish bilan bog’liq boshqa hisob-kitob operatsiyalari hisoblanadi.
Hozirgi zamon valyuta bozorlari asosan 1944 yildan keyin, ya'ni Bretton-Vuds valyuta tizimidan keyin yuzaga kelgan. Bu valyuta bozorlarining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ular zamonaviy elektron aloqalar orqali bir-biri bilan uzviy bog’langan. Turli mamlakatlarda joylashgan xalqaro valyuta bozorlari valyutalarni oldi-sotdi qilish jarayonida bir-biriga nisbatan doimiy ta'sirda bo’ladi. Jahon valyuta bozorlari asosan valyutaviy cheklashlar bo’lmagan yoki zaif tarzda mavjud bo’lgan mamlakatlarda joylashgan.
Valyuta bozorlarining, asosan, 3 turini ko’rsatish mumkin:

  1. Milliy valyuta bozori;

  2. Hududiy valyuta bozori;

  3. Jahon valyuta bozorlari.

Valyuta bozorida sotib oluvchi sifatida - talab va sotuvchi sifatida - taklif, bir-biri bilan uchrashadi. Sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida qatnashayotgan har qanday iqtisodiy sub'ekt, ya'ni davlat, xo’jalik sub'ekti yoki fukaro o’zining moliyaviy kizikishlariga ega bo’ladi. Bu moliyaviy kizikishlar bir-biri bilan mos kelishi ham, mos kelmasi ham mumkin. Manfaatlar bir-biri bilan mos kelgan taqdirda, valyuta qimmatliklarini oldi-sotdisi haqida bitim tuziladi. Shuning uchun, valyuta bozori valyuta qimmatliklarini sotuvchi va xaridorning kizikishlarini namoyon qiluvchi o’ziga xos iqtisodiy instrument hisoblanadi. Funktsional nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozorlari o’z vaqtida xalqaro hisob-kitoblarni, valyuta risklarini sug’urtalashni, valyuta zahiralarini diversifikatsiyalashni, valyuta interventsiyasini amalga oshiradigan va valyuta bozorida qatnashuvchilarning kurslari o’rtasidagi farq natijasida keladigan daromadni o’zida namoyon qiladi. Institutsional nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozorlari vakolatli banklarning, investitsion kompaniyalarning, birjalar, brokerlik idoralari, chet el banklari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini o’zida namoyon qiladi. Tashqiliy-texnik nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozori jahonning turli mamlakatlari bilan xalqaro hisob-kitoblar va boshqa valyuta operatsiyalarini bir-birini o’zaro bog’lovchi telegraf, telefon, teleks, elektron aloqa vositalari va shu kabi kommunikatsiya tizimlari yig’indisini o’zida namoyon qiladi.
Valyuta bozorida sotuvchi va xaridor o’rtasida chet el valyutasini oldi-sotdi qilishda dallol bo’lib, faqatgina banklar qatnashadilar. Valyuta bulimining asosiy vazifasi bo’lib, o’zining mijozlariga ma'lum bir valyutadagi aktiv va kapitallarini boshqa bir xorijiy valyutaga konvertirlashni ta'minlash hisoblanadi. Bu jarayon «naqd bitim», ya'ni spot operatsiyasi yoki «muddatli bitimlar», ya'ni ularning keng tarqalgan shakli - forvard operatsiyalari shaklida bo’lishi mumkin. Jahonning barcha moliya markazlarida ma'lum bir valyutaga narxlarning o’rnatilish diapozoni bir xil tartibda o’rnatilishi an'anaviy tus olganligi, banklar faoliyatini bu sohaga birlashuvining o’rnatilishiga olib keladi. Ayni bir moliya markazida ma'lum bir qisqa vaqt oralig’ida bozor stavkasi o’rtacha stavkadan sezilarli darajada farq kilsa, u holda turli narxlar natijasida foyda olish maqsadida jarayonni amalga oshiruvchi valyuta arbitraji orqali tartibga solinadi. Shu orqali valyuta biznesi pul tizimini muhim tartibga soluvchisi sifatida harakat qiladi. Odatda, umummilliy ahamiyatga ega bo’lgan yirik banklar, shu jumladan, bir qator mahalliy banklar mahalliy biznesga xalqaro hisob-kitoblar bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi malakali mutaxassislar bilan ta'minlangan valyuta bulimiga ega bo’ladilar. O’z mijozining hisob-kitob bo’yicha topshiriq-larini bajaradigan va o’z mablag’lari hisobiga katta operatsiyalami amalga oshirmaydigan kichik banklar valyuta bo’yicha mutaxassisga ehtiyoj sezmaydi. Bunday holatda, bankka shu soha bo’yicha umumiy bilimga ega bo’lgan mutaxassisning o’zi kifoya qiladi. Chunki, bunda uning roli mijozning topshirigini bajarishi uchun boshqa bank bilan hamkorlik qilishdagina namoyon bo’ladi. Jahon valyuta bozorida valyuta oldi-sotdisi tunu-kun amalga oshiriladi. Bunga asosiy sabab, jahon hududiy valyuta bozorlarining turli soat millarida joylashganligi bilan bog’liqdir.
Hozirgi vaqtda Osiyo - Tokio, Gonkong, Singapur, Melburndagi markazlari bilan, Yevropa - London, Frankfurt-na Mayne, Tsyurix, Amerika - Nyu-York, Chikago, Los-Andjeles valyuta bozorlari jahon valyuta bozorlarining asosiy qismini egallagan. Jahonning hududiy valyuta bozorlarida odatda barcha valyutalar katirovka qilinmaydi, balki faqatgina, ushbu bozorda qatnashayotganlarga kerakli bo’lgan valyutalar, ya'ni mahalliy pul belgilari va bir qator yetakchi erkin konvertirlanadigan valyutalar, birinchi navbatda, zahira valyutalar (AQSH dollari, Yaponiya ienasi, evro, Shveytsariya franki va shu kabi valyutalar)dan keng foydalaniladi. Bunda, tabiiy xolki, yetakchi, ya'ni zahira valyutalar kursining o’zgarishi natijasida turli bozorlarda, yoki bitta bozorda kotirovka qilinayotgan valyutalar, turli vaqtlarda bir xil narxni saqlasada, ularning kursida biroz tebranishni kuzatish mumkin. Valyuta kurslarining bunday tebranishlari valyuta bozorida valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi chayqovchilar daromadining manbasini tashkil qilishga xizmat qiladi.
Valyuta operatsiyalari vujudga kelishi uchun ob'ektiv asos bo’lib, tashqi savdo, kapitallar va kreditlaming harakati xizmat qiladi. Xalqaro mehnat taqsimoti yuzaga kelishi eksport-import operatsiyalarining yuzaga kelishiga asosiy sabab bo’ladi.
Valyuta operatsiyalarining keng ko’lamda rivojlanishi tijorat banklariga ushbu bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda ularni tartibga solishga imkoniyat tugdiradi.
Shuni alohida ta'kidlab o’tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat shu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha ehtiyojlarni qondirib bo’lmaydi. Demak, mamlakatlar o’rtasida eksport-import operatsiyalari albatta amalga oshishi yuz beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, valyuta bozorlarining ahamiyati milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuvida namoyon bo’ladi.



Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling