Vengriya tayyorladi: 402-guruh talabasi Amanov mamasoat


Download 0.76 Mb.
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1370391
  1   2   3   4
Bog'liq
AmanovYT

VENGRIYA

Tayyorladi: 402-guruh talabasi Amanov mamasoat

Vengriya maqomi

  • Vengriya yoki Mojariston (Magyarorszag) (rasman: Vengriya Respublikasi yoki Mojariston Respublikasi)(Magyar Koztar-sasag) — Yevropaning markaziy qismida, Dunay daryosining oʻrta oqimida joylashgan davlat.[1] Maydon 93 ming km2.[2] Yevropa Ittifoqi, Yevropa Kengashi, NATO, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti va BMTning aʼzosidir.

Davlat tuzumi

  • Vengriya — demokratik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-yil 20-avgustda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan F. Madl). Prezident mamlakat qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni hisoblanadi, hukumat boshligʻini tayinlaydi, qamal yoki favqulodda holat eʼlon qilish huquqiga ega. Uning vakolat muddati — 5 yil Qonun chiqaruvchi organi — parlament — Davlat majlisi. Uni aholi yalpi teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylaydi. Ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi boʻlib, unga bosh vazir boshchilik qiladi.

Tabiati

  • Mamlakat hududi asosan te-kislikdan iborat. Dunay daryosining soʻl sohili — Katta Oʻrta Dunayning bir qismida 100 — 200 m balandlikdagi tepaliklar uchraydi. Dunayning oʻng sohili 150-200 m balandlikdagi Dunantul oʻrqir tekisligi va Oʻrta Mojar togʻlarining massivlari (Bakon, Vertesh, Pilish, Mechek va boshqalar) dan iborat. Mamlakatning shimoli-gʻarbida Kichik Oʻrta Dunay pasttekisligining janubiy qismi (Kishalfyold), shimoli-sharqda Karpat togʻlarining etaklari (mamlakatning eng baland nuqtasi — Matra massividagi Kekesh togʻi, 1015 m), gʻarbda Alp togʻlarining yon bagʻri (bal. 500-800 m) joylashgan. Asosiy foydali qazilmalari: boksit, qoʻngʻir va toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, uran, marganes, temir rudalari. Balaton koʻli qirgʻoqlarida shifobaxsh termal va maʼdanli issiq suv buloqlari bor. Iqlimi — moʻtadil, kontinental. Yanvarda oʻrtacha temperatura — 2, —4°, iyulda 20, 22,5°. Yillik yogʻin miqdori sharqda 450 mm dan janubi-gʻarbda 900 mm gacha. Shar-qida qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Yogʻinning koʻpi yoz boshida va kuzda yogʻadi. Dunay daryosi Vengriyani va uning poytaxti — Budapeshtni kesib oʻtadi. Uning irmoqlari — Tisa, Raba. Vengriyada koʻllar kam, eng kattasi Balaton koʻli. Yerlarining koʻp qismi — qora tuproq. Togʻ va adirlarda qoʻngʻir oʻrmon va karbonatli chim. Tisa va Dunay vodiylarida allyuvial tuproqpar. Alfyoldda shoʻrlangan kam unum tuproqlar uchraydi. Vengriya hududining 17,6 % oʻrmon bilan qoplangan. Oʻrmonlar asosan togʻ yon bagʻirlarining 300- 400 m dan baland qismlarida saqlanib qolgan.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling