Vertikal Tahlil


Download 160.62 Kb.
Sana14.09.2023
Hajmi160.62 Kb.
#1677695
Bog'liq
Vertikal tahlil


Vertikal Tahlil
Vertikal tahlil iqtisodiy hodisalar tuzilmasini o’rganish maqsadida uning alohida qismlarini jamidagi salmog’ini hisoblash yo’li bilan amalga oshiriladi.
Vertikal tahlil-mablag’lar va ularning tashkil topish manbalarini, daromad va xarajatlarni, moliyaviy hisobotlarning boshqa elementlarini tarkibiy o’rganish usulidir. Vertikal tahlilda moliyaviy holatga taalluqli bo‘lgan ko‘rsatkichlarning tarkibiy tuzilmasi o‘rganiladi. Masalan, korxona mablag‘larining yoki ularni qoplovchi manbalarning hisobot davridagi tarkibi va uni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi ifodalanadi.
Vertikal tahlil - gorizontal tahlilni to’ldiruvchi usuli sifatida moliyaviy hisobot elementlari, moddalarining tarkibiy jihatlariga baho berishni xarakterlaydi. Ushbu jihatlarni moliyaviy hisobotlarning barcha shakllariga nisbatan qo’llash mumkin. Umumiy tarkibda yakka birliklarninng salmog’i va ularning o’zgarishlari asosida korxona moliyaviy holatini tashxislash yanada osonlashadi. Korxonani moliyaviy ahvolini anglash, bilishda asosiy jihatlar jami tarkibda birlik qatorlarni to’g’ri nisbatlashga qaratiladi.
Vertikal tahlil – gorizontal tahlilni to’ldiruvchi usul sifatida moliyaviy hisobot elementlari, moddalarining tarkibiy jihatlariga baho berishni xarakterlaydi. Ushbu jihatlarni moliyaviy hisobotlarning barcha shakllariga nisbatan qo’llash mumkin. Umumiy tarkibda yakka birliklarning salmog’i va ularning o’zgarishlari 319 asosida korxona moliyaviy holatini tashxislash yanada osonlashadi. Korxonani moliyaviy ahvolini anglash, bilishda asosiy jihatlar jami tarkibda birlik qatorlarni to’g’ri nisbatlashga qaratiladi. Uzoq muddatli va joriy aktivlar, kapital va majburiyatlar qatorida ayrim tarkib qatorlar salmog’ini balans jamiga nisbatan va ushbu tarkibning jamlangan qatoriga nisbatan ham hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin. Bu tartib aktivlarning tarkibiy o'zgarishlarni baholashga, aktivlar tarkibida alohida tarkiblar salmog’ining o’zgarishini, likvidlik va to’lovga qobillik ko’rsatkichlari ta‘sirini to’g’ri baholashga imkon beradi. Ya‘ni tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish orqali moliyaviy holatni yaxshilash chora-tadbirlarini ko’rish mumkin. Vertikal tahlil gorizontal tahlil asosidagina bir butunlikka erishadi. Shu sababli ularni doimo birgalikda va umumiylikda foydalanish kuzatiladi. Ularni birbiridan holi tarzda qo’llash orqali tahlilning to’liqligini ta‘minlab bo’lmaydi. Uzoq muddatli va joriy aktivlarning jami aktivlar tarkibidagi salmog’i quyidagi bog’lanishlar orqali topiladi.


V

ertikal tahlilda moliyaviy natijalarning shakllanishini bir qatorli va ko’p qatorli usullarida o’zaro farqlanishlariga va nisbiy o’zgarishlariga baho beriladi. Bunda asosiy jihat yakuniy ya‘ni jamlangan moliyaviy natijalar qatorida tarkib bo’yicha foyda va zararlarning salmog’iga baho beriladi.
Download 160.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling