Vi – mavzu. Korxona xarajatlari


Download 275 Kb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi275 Kb.
#1383984
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7– MAVZU . KORXONA XARAJATLARI

VI – MAVZU . KORXONA XARAJATLARI

6.1. Korxona xarajatlari tushunchasi va ularning turlari

Ishlab chiqarish sarflari iqtisodiy nazariyasi va ishlab chiqarish amaliyotida muhim о‘rin egallaydi. Jumladan, tovar qiymati tushunchasiga turli yondashuvlar mavjud. Ayrim olimlar tovarning qiymatini uning nafliligi bilan bog‘lasalar, ayrimlari tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarda gavdalangan jonli va moddiylashgan mehnati, deb hisoblaydilar.
Tovarning qiymati uning boshqa tovarga ayirboshlana olish darajasini aniqlash uchun muhimdir. Baho va qiymat tushunchalari orasida deyarli farq yо‘q.
Bu, tovar qiymatining bozorda tо‘lanishi mumkin bо‘lgan pul miqdori.
Iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi kategoriyasidan ham keng foydalaniladi. Qiymat va ishlab chiqarish tannarxi о‘rtasidagi tafovut ishlab chiqarish sub’yektining daromadi yoki foydasi hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi — mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlarning puldagi kо‘rinishi.
Har qanday tarmoq oldida turgan asosiy vazifasi mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishdir. Bu vazifani amalga oshirish pirovardida korxona iqtisodiyotini rivojlantirishga va turmush farovonligini oshirishga sharoit yaratiladi. Bozor munosabatlari sharoitida barcha resurslardan tо‘liq foydalanish bu kо‘rsatkichlarning ahamiyatini oshirishni taqozo etadi. Shu sababli tannarxning mohiyati va mazmunini o’rganish zarur hisoblanadi.
Ma’lum mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdordagi omillar sarfi va ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan boshqa ustama xarajatlar sarflanadi. Mahsulot ishlab chiqarishga bevosita ta’sir kо‘rsatuvchi xarajatlarning pul kо‘rinishida namoyon bо‘lishi ishlab chiqarish tannarxi hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish ishlab chiqarishning foydaliligini oshirish, mavjud omillar bilan ishlab chiqarish miqdorini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va ishlab chiqarish sifati о‘rtasida alohida bog‘liqlik mavjud.
Ishlab chiqarishni tashkil etish, texnika va materiallardan foydalanish, moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash bо‘yicha barcha о‘zgarishlar xarajatlarda ifodalanadi. Shu bois mahsulot tannarxi ishlab chiqarish samaradorligining sifat kо‘rsatkichlari tizimida muhim о‘rin egallaydi. Zero, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi manbaini iqtisodiy mazmuniga kо‘ra guruhlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Har qanday ishlab chiqarish korxonasining asosiy maqsadi foydaning maksimal darajasiga erishishdan iboratdir. Umumiy holda foyda umumiy
daromaddan umumiy xarajatlarni ayirish orqali topiladi. Bunda,
ФУДУХ (6.1)
Ф-foyda; УД – umumiy daromad; -umumiy xarajat.
Xarajatlar korxona faoliyatiga nisbatan ikki kо‘rinishda bо‘ladi:

Tashqi xarajatlarga korxonaning xizmat kо‘rsatuvchi korxonalarga va mol yetkazib beruvchilarga tо‘lovlar kiradi. Umumiy daromaddan tashqi xarajatlarni ayirib tashlasak, hisobot foydasini olamiz. Hisobot foydasida ichki xarajatlar aks etmaydi. Ichki xarajatlarga xususiy korxona egasining о‘ziga tegishli resurslarga bо‘lgan xarajati va tadbirkorlik qobiliyatiga tо‘g‘ri keladigan me’yoriy foyda kiradi. Hisobot foydasidan ichki xarajatlarni olib tashlasak, iqtisodiy foydani olamiz.
Tashqi va ichki xarajatlar qо‘shilib muqobil xarajatlarni tashkil qiladi. Muqobil xarajatlar, ya’ni iqtisodiy xarajatlar firmaning sarflangan kombinatsiyasida tanlangan variantda foydalanish natijasida yо‘qotilgan imkoniyatlardir. Iqtisodiy xarajatlar firma faoliyatini hisobchi va rejalashtiruvchi tomonidan qarashlarning farq qilinishiga imkon beradi. Hisobchi birinchi galda, firmaning ma’lum hisobot davridagi faoliyati natijalari qiziqtiradi. Iqtisodchini esa firmaning kelajagidagi faoliyati qiziqtiradi. Shu bois iqtisodchi firma maqbul foydalanish variantlarni topishga etibor beradi.
Korxona faoliyatining umumiy tafsifiga nisbatan xarajatlar quyidagi turlarga bо‘linadi:


Download 275 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling