Viii-semestr uchun “Beton va temir-beton texnologiyasi”


Download 268 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi268 Kb.
#1238568
Bog'liq
9-laboratoriya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

«Transport tizimlari va inshootlari» kafedrasi

VIII-semestr uchun


Beton va temir-beton texnologiyasi”

fanidan tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun


USLUBIY KO‘RSATMA


Termiz -2022- 2023 yil
9-Tajriba ishi.
Sinash uchun namunalar tayyorlash. Normal xolatda qotgan namunani sinash
Betonning siqilishga mustahkamlik chegarasi qorishmadan tayyorlangan standart o‘lchamdagi namunalarni gidravlik pressda sinash hamda ultra tovush asbobida aniqlanishi mumkin (5-rasm).
Tayyorlanadigan namunaning o‘lchami to‘ldirgichning yirikligiga bog‘liq. Masalan, shag‘alning yirikligi 20 mm gacha bo‘lsa, tomonlari 100x100x100 mmli namunalar tayyorlash mumkin; 40 mm gacha bo‘lsa, tomonlari 150 mm li kub, shag‘alning yirikligi 70 mm gacha bo‘lsa, 200 mm li kub tayyorlanadi. Beton mustahkamligini o‘zgaruvchanligi uni tarkibida barcha moddalarni har xil tuzilishga ega ekanligi, ularni mineralogik va kimyoviy xossalarining har turliligidadir. Qurilish inshootlarining loyihalarida ko‘rsatilgan beton buyumlari va konstruksiyalarining mustahkamligi "klass" ko‘rsatkichi bilan ifodalanadi. Bunda, betonning mustahkamligini ifodalovchi ko‘rsatkich - "klass" undagi nuqsonlarni hamda xossalarini aniqlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni inobatga olgan xolda uning siqilishdagi va cho‘zilishdagi mustahkamligi qoniqarli ekanligiga to‘la kafolat beradi.



Ultratovush yordamida beton mustahkamligini aniqlash asbobi. Beton klassi uning har bir xossasini 95% gacha kafolatlaydi va ko‘rsatkich son bilan ifodalanadi. Mustahkamligiga doyr nuqsonlar qanchalik kam bo‘lsa, beton klassi ko‘rsatkichi shuncha yuqori bo‘ladi.
Masalan, beton markasi M300 va uning siqilishdagi mustahkamligini o‘zgarish (yo‘l qo‘yiladigan nuqsonlar xisobiga) koeffitsienta 18% bo‘lsa beton klassi V15, agar o‘zgarish koeffitsienta 5% bo‘lsa beton klassi V20 deb olinadi. Og‘ir betonni mustahkamligiga ko‘ra uning marka bilan klassi o‘rtasidagi nisbat 6-jadvalda yoritilgan.

Og‘ir betonni siqilishdagi mustahkamlik markasi bilan klassi orasidagi nisbat





Beton klassi

O‘rtacha mustahkamligi, MPa

O‘rtacha markasi

Klassni marka orasidagi farqi, %

V3,5

46

M50

-9,1

V5

65

M75

-14,5

V7,5

98




-1,8




131

M150

-14,5

V12,5

164

M150

+8,4

V15

196

M200

-1,8

V20

262

M250

+4,5

V25

327

M350

-6,9

VZO

393

M400

-1,8

V35

458

M450

+1,8

V40

524

M550

-5,1

V45

589

M600

-1,8

V50

655

M700

-6,9

V55

720

M700

+2,8

V60

786

M800

-1,8

Asbob-uskunalar: sinaladigan beton qorishma, kub namunalar tayyorlash uchun qoliplar, zichlash uchun po‘lat sterjen, titratish stoli, o‘lchamli idishlar, tarozi toshlari bilan, qorishma tayyorlash uchun idish, gidravlik press.

10x10x10 sm li qoliplar. Gidravlik press.
Tajriba tartibi. Namuna tayyorlash uchun qoliplar yig`iladi va ularning ichki yuzalariga mashina moyi surkaladi. Tayyor qolip titratish stoli ustiga mahkamlab o‘rnatiladi va unga beton qorishma solib titratiladi. Qorishma yuzasida sement suvi ko‘ringandan keyin titratish to‘xtatiladi, betonning ortiqcha qismi qolip qirrasi bo‘ylab sidirib tashlanadi va ho‘l andava bilan uning yuzasi tekislanadi.
Tajribaxonada titratgich mashina bo‘lmasa, u holda qoliplarga beton qorishma ikki qatlamda solinadi va har qaysi qatlam po‘lat sterjen bilan urib (botirib) zichlanadi. Po‘lat sterjen birinchi qatlamni zichlashda unga to‘la botishi kerak, keyingi qatlamni zichlashda esa sterjen ikkinchidan o‘tib, birinchi-qatlamga 2-3sm gacha botishi kerak. Sterjen bilan beton qorishmasini zichlash tartibi qolipning chetidan uning markazi tomon spiral yo‘nalishida bo‘lishi kerak. Tomonlari 100x100x100mm li qolipdagi qorishmaning har qaysi qatlamiga po‘lat sterjen bilan 12 marta urib (botirib) zichlansa, 150x150x150mm li namuna uchun 25 martadan, 200x200x200 mm li namuna uchun esa 50 martadan urib zichlanadi. Keyin qolip yuzasidagi ortiqcha beton qorishma uning qirrasi bo‘ylab sidirib tashlanadi va yuzasi namlangan andava bilan tekislanadi.
Namunalarni tayyorlash uchun ketgan vaqt 30 minutdan oshmasligi kerak (qorishma tayyorlangandan keyin). Beton qorishmasidan tayyorlangan namunalar havosining namligi 90%, harorati 16-20°S li xonada, yuzasiganam latta yopib qo‘yib bir kun saqlanadi. Keyin qoliplardan bo‘shatilib, har qaysi namuna nomerlanadi va orasi 10-15mm masofa qoldirib terilgan holda nam sharoitda yana 27 kun saqlanadi. Gidrotexnik betonning mustahkamligini aniqlashda O‘zRST shartlariga ko‘ra, namunalar tayyorlangandan keyin sinashgacha 180 kun o‘tishi kerak.
Beton namunalarini siqilishga sinash uchun O‘zRST shartlariga javob bera oladigan gidravlik presslar ishlatiladi. Sinaladigan namunalarto‘g‘ri geometrik shaklda bo‘lishi kerak. Namunani sinashdan oldin uning kuch tushadigan yuzasining tomonlari ikki martadan o‘lchanadi va ko‘ndalang kesim yuzasi 0,1sm aniqlikgacha hisoblanadi. Siqilishga sinaganda namunaga tushadigan kuch qolipdagi qorishmaning joylanish yuzasiga parallel bo‘lishi kerak. Beton namuna press plitasini markaziga o‘rnatiladi va 2-3 MPa tezlikda namuna yorilguncha kuch beriladi. Uchta beton namunalarini sinash natijasida olingan xulosalarning o‘rtacha arifmetik qiymati betonning siqilishga mustahkamlik chegarasini ifodalaydi va uquyidagi formuladan hisoblab topiladi:
Rsiq=P/S, MPa
Oddiy beton namunalarini nam sharoitda 28 kungacha saqlashning iloji bo‘lmasa, ularni 3 yoki 7 kun namlikda saqlab, so‘ngra sinash ham mumkin. U holda betonning siqilish va egilishdagi mustahkamlik chegarasi quyidagi formuladan topiladi.
Rsiq= Rn(lg28 / lgn)
bu yerda: Rsiq - 28 kundan keyingi betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, MPa; Rn - 3 yoki 7 kunlik betonning siqilishga mustahkamlik chegarasi, MPa; p - beton saqlangan kunlar soni.
Mustahkamlik chegarasini aniqlashda namunaning o‘lchamlariga ko‘ra koeffitsientlar hisoblangan, ularning qiymati quyidagicha o‘zgaradi.
O‘lchami 100x100x100mm li kub namunalar uchun K=0,85;
150x150x150mm li kub namunalar uchun K=0,90;
200x200x200mm li kub namunalar uchun K=1,00;
300x300x300mm li kilib kub namunalar uchun K=1,10.
Ma’lumki, betonning markasi uning topilgan mustahkamlik chegarasiorkali aniqlanadi. Siqilishga bo‘lgan mustahkamligiga ko‘ra og‘ir betonlar 100, 150, 200, 250, 300, 350, 400, 500 va 600 markalarga bo‘linadi.
Olingan natijalar jadvalga yoziladi



Qotishsharoiti 100°S li bug‘dayokinamlikda

Sinalgungachao‘tganvaqt, kun

Kuch tushadigan yuza, sm2

Buzuvchi kuch, kg

Siqilishgamustahkamlikchegarasi,
MPa

O‘rtacha arifmetik qiymat,
MPa

1



















2



















3



















Betonningmarkasi

Foydalanadigan asosiy darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalar ro‘yhati
1. X.Qo`ldashev Beton va temir-beton texnologiyasi darslik Toshkent SAHHOF 2020-y 680-b
2.Akramov X.A., Nuritdinov X.H, Beton va temir-beton buyumlari ishlab chikarish texnologiyasi. Darslik. T.: 2011.
3.Akramov X.A., Nuritdinov X.N Beton va temir-beton buyumlari ishlab chikarish texnologiyasi. O’quv qullanma. I va II qism. T.: Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. 2012.
4. X.A. Akramov M.Turopov Beton va temirbeton texnologiyasi darslik T.: 2019
5.Kosimov E.U. Qurilish materiallaridan lobaratoriya ishlari
6.Asqarov B.A. Qurilish konstruksiyalari. Darslik. T., O‘zbekiston., 1995.
7. Asqarov B.A. Novыe legkie betonы i konstruksii na ix osnove. Darslik. T. Fan.1995.
8.Asqarov B.A., Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. T., O‘qituvchi, 2005.
9.Akramov X.A. Qurilish ashyolari sanoati korxonalarini loyixalash. O‘quv qo‘llanma. T., O‘zbekiston, 2003.
10.Akramov X.A., Nigmanov Z.M. Proektirovanie predpriyatiy promыshlennosti stroitelnыx materialov. Uchebnoe posobie. T., 2002.
11.Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. I va II qism. T., 2007.
12.Nuritdinov X.N., Maxmudova N.A. Beton qorishma ishlari texnologiyasi. T., Talqin, 2004.
13.Akramov X.A., Akramov B.A., Nuritdinov X.N. Tajriba mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun uslubiy ko‘rsatmalar. I qism. T., 1997.
14.Samoylov V.S. Spravochnik stroitelya. M.,Adelant, 2002.
15.KMK 3.03.04-98. Yig‘ma temir-beton konstruksiya va buyumlarni ishlab chiqarish.
Download 268 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling