Вирусли гепатита в этиологияси, эпидемиологияси. Вирусли гепатита в патогенези


Download 32 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi32 Kb.
#1405742
  1   2   3   4
Bog'liq
Вирусли гепатита В этиологияси


  1. Вирусли гепатита В этиологияси, эпидемиологияси.

  2. Вирусли гепатита В патогенези.

  3. Вирусли гепатита В продромал даврига хос клиник белгилар.

  4. Вирусли гепатита В сариклик даврига хос клиник белгилар.

  5. Вирусли гепатита В диагностикаси.

  6. Вирусли гепатита В даволаш усуллари.

  7. Вирусли гепатита В этиологияси, эпидемиологияси.

  8. Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi – gepadnoviruslar oilasiga kiruvchi DNK saqlovchi virus (grekchadan Hepar –jigar va inglizcha DNA-DNK). Gepatit B virusi (HBV) (Deyn tanachasi) sferik tuzilishga ega bo‘lgan diametri 27-42 nm, elektron zichlashgan nukleokapsiddan tashkil topgan va qalinligi 7-8 nm li tashqi qobiqdan iborat. Nukleokapsid markazida virus genomi joylashib, u 2 ipli DNK dan iborat. Virus tarkibida antigenlari bo‘lib, u laborator tashxisotida muhim ahamiyatga ega. HBcAg-antigen bo‘lib, oqsil tabiatga ega; HBeAg-trans shakllangan (yuqumlilik antigeni); HbsAg – yuzaki antigen, Deyn tanachasining yuzaki qobig‘ini tashkil qiladi. HbsAg antigen kompleks bo‘lib, tarkibiga guruh spetsifik ”a” determinant va 2 ta o‘z-o‘zini istisno qiluvchi subtipik ”d” determinant yoki «u» va «k» yoki «r» (subtiplar ayw, ayr, adv, adr).

  9. Epidemiologiyasi. VGB antroponoz kasalliklarga kiradi. Kasallikning yagona manbai odam hisoblanadi. Bunda asosiy manba sog‘lom tashuvchilar hisoblanadi; kasallikning o‘tkir va surunkali turi bilan kasallanganlar ham muhim ahamiyatga ega. Gepatit B virusi bilan zararlangan barcha bemorlar jarayon kechish darajalaridan farqli ravishda (”sog‘lom” tashuvchilar, o‘tkir va surunkali gepatit bilan kasallanganlar), asosiy marker HBsAg organizmning deyarli barcha biologik muhitlarida: qon, siydik, so‘lak, urug‘, o‘t, ko‘z yoshi, ko‘krak suti, qin ajralmasi, likvor, sinovial suyuqlik tarkibida bo‘ladi. Lekin asosiy epidemiologik xavf qon, urug‘ va so‘lakda bo‘ladi, chunki virus konsentratsiyasi yuqori bo‘ladi. Bemor qoni va virus tashuvchi qoni asosiy xavf uyg‘otadi.

HBV-infeksiya yuqishi parenteral yo‘l bilan amalga oshiriladi: qon va qon preparatlari (plazma, eritrotsitar massa, albumin, protein kriopretsipitat, antitrombin va boshqalar) qo‘llanilganda, yomon sterillangan shprits, ignalar, kesuvchi asboblar va skarifikatsiya, tatuirovkalar, operativ aralashuvlar, tishlarni davolash, endoskopik tekshiruvlar, duodenal zondlash va boshqa muolajalarda agar teri va shilliq qavatlar butunligi buzilsa yuqadi. Gepatit B ning tabiiy yuqish yo‘li jinsiy aloqada va onadan homilaga vertikal yo‘l bilan virus transmissiyasida namoyon bo‘lad
Вирусли гепатита В патогенези

Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling