O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“XALQARO MOLIYA-KREDIT” KAFEDRASI
KATTA O‘QITUVCHISI G.BAYMURATOVA TOMONIDAN TAYYORLANGAN
“XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARI”
FANIDAN VIDEO MA’RUZA
8-mavzu. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari
-
- 8.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, maqsadi va asosiy shart-sharoitlari.
- 8.2. Xalqaro integratsion birlashmalarning asosiy shakllari.
- 8.3. G’arbiy Evropada iqtisodiy integratsiya jarayonlarining rivojlanish bosqichlari.
- 8.4. Iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha mamlakatlarning hududiy integratsiyasiga xos xususiyatlar (NAFTA).
- 8.5. Rivojlanayotgan mamlakatlar hududiy integratsiyasining xususiyatlari (MERKOSUR).
- 8.6. Osiyo hududiy integratsiyasining xususiyatlari (ASEAN, APEC va h.k.)
8.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, maqsadi va asosiy shart-sharoitlari - 8.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, maqsadi va asosiy shart-sharoitlari
-
- Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida ikkita asosiy tendentsiya amal qilmoqda. Bir tomondan jahon xo’jaligida yaxlitlik kuchaymoqda, buning natijasida mamalakatlar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar rivojlanishi, xalqaro savdoning erkinlashuvi hamda zamonaviy axborot texnologiyalari tizimining tashkil topishi kuzatilmoqda. Ayniqsa bu jarayon TMKlar faoliyati orqali namoyon bo’lmoqda.
- Boshqa tomondan esa, iqtisodiy jihatdan bir-biriga yaqinlashish va mamlakatlarning mintaqaviy darajada o’zaro birgalikda faoliyat ko’rsatishi, shuningdek yirik mintaqaviy integratsion tuzilmalar shakllanishi hamda ularni jahon xo’jaligi markazlarida mustaqil faoliyat ko’rsatib rivojlanib borishi sodir bo’lmoqda.
- Xalqaro iqtisodiy integratsiya - milliy xo’jaliklar o’rtasida o’zaro barqaror aloqalarning rivojlanishi hamda mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan birlashuvi bo’lib, ishlab chiqarish tuzilmalarining turli darajada va turli ko’rinishlardagi o’zaro aloqadorligini namoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |