Xarajatlar bu biror bir maqsadga erishish uchun sarflangan barcha resurslarning puldagi isodasi hisoblanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari deb maxsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarga aytiladi. Ularga xom-ashyo, material, yoqilg’i, amortizatsiya ajratmasi, ishchi xizmatlarga ish haqi va maxsulat ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarish harajatlari hisobini vazifalari:
Korxona faoliyati bilan bilan bog’liq barcha xarajatlarni o’z vaqtida tulaligicha hisobga olish;
Xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni alohida schyotlarga hamda hisobot shakllarida to’g’ri aks estdirish;
Xarajatlarrni ularni paydo bulish joylari buyicha hisobga olish;
Xarajatlar hisobini javobgar xo’jalik markazlari buyicha tashkil qilish;
Xarajatlarni ularni payda qilgan obektlari yoki ularni tashuvchilari, yani alohida maxsulot turlari buyicha jamlash;
Alohida ishlab chiqarish jarayonlari yoki bo’linmalar buyicha xarajatlar hisobini tashkil qilish va ular ustidan nazoratni taminlash;
Alohida maxsulot turlari buyicha asosiy ishlab chiqarish harajatlari haqidagi malumotni shakllabtirib berish;
Bizda asosiy ishlab chiqarish va yordamchi ishlab chiqarishlar mavjud.
Asosiy ishlab chiqarish bu ushbu korxonaning profilini belgilab beradi. Bu korxonaning asosiy maxsulotlarini ishlab chiqariladigan qismi bo’lib, u xom- ashyoni tayyor maxsulotga aylantirish bilan bog’liq barcha jarayonlarni qamrab oladi.
Yordamchi ishlab chiqarish bu asosiy ishlab chiqarishning moddiy texnik taminlanishi jarayonlaridan iborat. Yordamchi bo’limlarning soni va ularning kattaligi ishlab chiqarish kulamiga va asosiy bo’limlarning tarkibiga kiradi.
Maxsulot ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi elementlar bilan guruxlarga ajratiladi.
Ishlab chiqarish moddiy xarajatlar;
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari;
Ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;
Asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgab boshqa xarajatlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |