Xorijiy davlatlar temir yo‘llari tuzilmasi va vazifasi reja: Yevropa, Osiyo va mdh davlatlari temir yo‘llari tuzilmasi va vazifasi


Download 338.25 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi338.25 Kb.
#1402263
  1   2   3   4
Bog'liq
9-MA\'RUZA


Xorijiy davlatlar temir yo‘llari tuzilmasi va vazifasi
REJA:
1.Yevropa, Osiyo va MDH davlatlari temir yo‘llari tuzilmasi va vazifasi
2.Poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashda temir yo‘l boshqarmalari, markazlari va korxonalarining tutgan o‘rni

Tayanch iboralar: Temir yo‘l, temir yo‘l yo‘laklari, xalqaro davlat temir yo‘llari, tuzilma, Osiyo, Yevropa, MDH
Yevropa, Osiyo va MDH davlatlari temir yo‘llari tuzilmasi va vazifasi
Rossiya temir yo‘llari” OAJ boshqaruv tuzilmasi. “Rossiya temir yo‘llari” OAJning oliy boshqaruv organi bo‘lib aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Kompaniyaning yagona aksiyadori Rossiya Federatsiyasi bo‘lib, uning nomidan vakolatlar Rossiya Federatsiyasi Hukumati tomonidan amalga oshiriladi.
Rossiya Federatsiyasi Hukumati shaxsan (Davlat prezidenti) “Rossiya temir yo‘llari” OAJ Direktorlar Kengashi tarkibi va shaxsiy tarkibi to‘g‘risida qaror qabul qilib, uni yozma rasmiylashtiradi.
“Rossiya temir yo‘llari” OAJ Boshqaruvi Kompaniya xo‘jalik faoliyatining umumiy rahbarligini amalga oshirib, quyidagilardan tashkil topadi (1.62-rasm): Jamiyat Boshqaruvi raisi – “Rossiya temir yo‘llari” OAJ Prezidenti, vitse-prezidentlari, temir yo‘l rahbarlari, Jamiyat boshqaruv apparati bo‘linmalari rahbarlari va b.
“Rossiya temir yo‘llari” OAJ filiallari 17 ta yo‘ldan tashkil topgan.
Funksional filiallar: Federal yo‘lovchilar direksiyasi, Temir yo‘l vokzallari Direksiyasi, Yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha markaziy direksiya, yuk vagonlarini ta’mirlash bo‘yicha markaziy direksiya, Marakaziy aloqa stansiyasi, harakatni boshqarish markaziy direksiyasi, tortuv Direksiyasi, tortuv harakatlanuvchi tarkibni ta’mirlash bo‘yicha Direksiya, Firmali transport xizmat ko‘rsatish markazi, Rosjeldorsnab, “Temiryo‘lhisob” korporativ hisob va hisobot markazi.


1.62-rasm. “Rossiya temir yo‘llari” OAJ umumlashtirilgan boshqarish tuzilmasi
“Rossiya temir yo‘llari” OAJ tuzilmaviy bo‘linmalari: vagon parkining butligi bo‘yicha Inspeksiya, “Rossiya temir yo‘llari” OAJ ni boshqarish tizimini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Koordinatsiya (muvofiqlashtirish) markazi, xodimlarni kasbiy mahoratini oshirish (o‘qitish) va rivojlantirish Korporativ markazi, “Temiryo‘lnazorat” va ichki audit markazi, tanlov asosida xaridlarni tashkillashtirish markazi, Shahar atrofi qatnovini korporativ boshqarish markazi, Terminallarni rivojlantirish markazi, Bojxona faoliyati markazi, Lokomotiv majmuini boshqarish markazi, Temir yo‘lda xalqaro tashishlar uchun “Temiryo‘lhisob” markazi, Texnik audit markazi.
“Rossiya temir yo‘llari” OAJ ixtiyoridagi sho‘‘ba jamiyatlar: Birinchi yuk kompaniyasi, Transkonteyner, Ekspress-prigorod, Temiryo‘lipoteka, TranskrediTBDnk.
“Rossiya temir yo‘llari” OAJ direksiya va xo‘jaliklari: Vagon xo‘jaligi xizmati (V); Yo‘l va inshootlar xizmati (P); Elektrlashtirish va elektr ta’minot xizmati (E); Harakat xizmati (D); Yo‘lovchilar xizmati (L); Yuk xizmati (M); Lokomotiv xo‘jaligi xizmati (T); Avtomatika va telemexanika xizmati (Sh); Terminal-omborxona majmuini boshqarish direksiyasi; Lokomotiv xo‘jaligi; Harakatni boshqarish Direksiyasi; Fuqarolik inshootlari xizmati; Yo‘l mashinalarini ta’mirlash va ularni ekspluatatsiya qilish Direksiyasi.
“Rossiya temir yo‘llari” OAJning oliy boshqaruv organi bo‘lib aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Kompaniyaning yagona aksiyadori Rossiya Federatsiyasi bo‘lib, uning nomidan vakolatlar Rossiya Federatsiyasi Hukumati tomonidan amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda Hindiston temir yo‘llari 16 ta hududga bo‘lingan va ularning har biri har xil hududga huquqiy egalik qiladi va 2300 dan 7000 km oralig‘ida temir yo‘l izi uzunliklari ega. Ularning har birida 1.63-rasmda ko`rsatilgan tuzilma bo‘yicha boshqaruv olim boriladi. Har bir temir yo‘llarining rahbariyati bosh menejer (GM), uning 3 muovinlari – bosh menejerning birinchi o‘rinbosari (SDGM), boshliq o`rinbasari (AGM), jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha menejer (CPRO), sekretariyat va navbatchi menejerlardan tashkil topgan.

1.63-rasm. Hindiston 16 ta temir yo‘llarining har biri bo‘yicha boshqaruv tuzilma
Hindiston har bir temir yo‘llari rahbariyatining qisqa vazifalari va temir belgilangan qisqartma nomlari 1.1-jadvalda keltirilgan.

Download 338.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling