Xususiy kapitalning tarikibiy tuzilishi, uni tahlil etish,mazmuni va vazifalari


Download 151.08 Kb.
bet1/18
Sana21.06.2023
Hajmi151.08 Kb.
#1643664
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Xususiy kapitalning tarikibiy tuzilishi, uni tahlil etish,mazmun


Xususiy kapital va uning tahlili
Reja:
Kirish

  1. Xususiy kapital

  2. Xususiy kapitalning tarikibiy tuzilishi , uni tahlil etish,mazmuni va vazifalari

  3. Xususiy kapital va uning o‘zgarishini tahlili.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kurs ishining maqsadi: Xususiy kapital va uning tahlili
Kurs ishi vazifalari:

  • Xususiy kapitalning tarikibiy tuzilishi , uni tahlil etish,mazmuni va vazifalari yoritib berish.

  • Xususiy kapital va uning o‘zgarishini tahlili qilish.

Kurs ishi tarkibi: Kirish, 3ta reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.
Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi yuqori raqobatli bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyalar barqaror faoliyati o'z resurslardan oqilona foydalanishga bog'liq hisoblanadi. Bunda korxonalarda xususiy kapital miqdorini ko’paytirish hamda undan samarali foydalanish muhim аmаliy аhаmiyat kаsb etаdi. Kompaniya va korxonalarning hissasi mamlakat YAIMda katta qismni tashkil etib, ularning faoliyati butun iqtisodiyotga ta'sir qilmasdan qolmaydi. “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari” unda davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg’armalarida davlat ishtirokini kamaytirish davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy qilish korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish kabi ishlar ko'zda tutilgan.
Hududlarda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, mahalliy korxonalarni qo’llab quvvatlash, ularning ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash negizida aynan shu korxonalar va kompaniyalarni xususiy kapitali hajmini oshrish yotadi desak xato bolmaydi. Shu bois, korxonalarda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’z navbatida mazkur mavzuning dolzarbligini bildiradi.
Yana bir masala - hozirgi kunda O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi mezonlariga ko‘ra xavfsiz hisoblanadi. Ayni vaqtda tashqi qarz hisobidan hududlarda amalga oshiriladigan loyihalar bundan buyon mahalliy kengashlar va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Ularning natijalari to‘g‘risida jamoatchilikka hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, davlat nomidan tashqi qarz olish kamaytirirlib, investitsiya va infratuzilma loyihalariga ko‘proq xususiy kapital jalb etiladi. Masalan, keyingi yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 40 dan ortiq yirik va o‘rta loyihalarni amalga oshirish boshlanadi

Download 151.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling