Yakuniy nazorati


Download 46.89 Kb.
bet1/6
Sana24.04.2023
Hajmi46.89 Kb.
#1394033
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbek xalq og’zaki dramasi


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
MUSIQA TA’LIMI YO’NALISHI
19.30-GURUH TALABASI USANBOYEVA NOZILANING
O’ZBEK MUSIQA SAN’ATI TARIXI FANIDAN TAYYORLAGAN
YAKUNIY NAZORATI
O’zbek xalq og’zaki dramasi
Reja:



  1. Og’zaki drama — xalq ijodining mustaqil janri.

  2. Og’zaki drama janri tabiati, o’ziga xos belgilari, ijro xususiyatlari.

  3. Masxarabozlar va qiziqchilar teatri.

  4. Qo’g’irchoq va qo’g’irchoqbozlik istilohlari izohi.

  5. Qogirchoq teatri tabiati va undagi ijrochilik xususiyatlari.

  6. Qo’g’irchoq teatrining shakllanish tarixi va tasnifi: chodir jamol, chodir xayol va fonus xayol teatrilarining asosiy belgilari, repertuarlari va personajlari.

  7. «Askiya» atamasining mohiyati, jam tabiati va o’ziga xos ijro xususiyati, ichki turlari.

  8. Lofhing janriy tabiati: epizodik drama ekanligi.

  9. Lofning ijro xususiyati, unda satira va yumorning o’rni.

  10. Loflarning kompozitsion-badiiy xususiyatlari. Dialog va
    mubolag’a — lof kompozitsiyasining asosi.


Xalq orasida og’zaki tarzda yaratilgan va xalq san’atkorlari tomonidan sahnada namoyish etiladigan asariar og’zaki drama deb ataladi. Og’zaki drama —xalq ijodining mustaqil janri sifatida juda qadim zamonlarda shakllangan.
Og’zaki drama turli xil o’yin-kulgulardan, dramatik holatlardan, har xil qiyofaga kirgan tomoshachilaming monolog va dialoglaridan, sahna harakatlari-yu ovoz ohanglaridan tashkil topadi. Bular og’zaki dramaning eng muhim janriy belgilari hisoblanadi.
Og’zaki dramani folklor teatri deb ham yuritadilar. Davr uchun muhim axloqiy normalar, mavjud tuzumga doir muammolar xususida tomosha ko’rsatish og’zaki dramaning asosiy vazifasi sanaiadi. Bundan tashqari og’zaki drama o’z ichiga turli xil o’yin, to’y, bazm, marosim, sayllarni hamda ertakchi, baxshi, qissaxon va roviylarning ijrochilik san’atini ham qamrab oladi.
Og’zaki dramani sahnada professional qiziqchi va masxarabozlar ijro etadi. Shu sababli, odatda, u askiyaboz, qiziqchi, masxarabozlar yashagan joylarda tashkil topgan hamda satira va yumorga asoslangan.
O’zbek folklorshunosligi og’zaki dramani ikki shaklga bo’lgan holda o’rganadi:

  1. Masxaraboz va qiziqchilar teatri.

  2. Qo’g’irchoq teatri.

Masxaraboz va qiziqchilar teatrida dramaturgiya, sahna bezagi, qiziqchi aktyorlar, musiqa asosiy o’rin tutadi.
Sirasini aytganda, masxarabozlik va qiziqchilik - asrlar davomida shakllangan og’zaki an’anadagi professional teatr hisoblanadi. Uni havaskorlik harakatidan farqlovchi xususiyati ham an’anaviy xalq teatri sanalganligi bo’lib, XX asrning boshlaridayoq yuzaga kelgan yevropacha tipdagi o’zbek professional teatrining sarchashmasiga aylanganligidir.
O’zbek an’anaviy xalq teatri o’ziga xos dramaturgiyaga ega. Bu og’zaki drama deyilib, undagi personajlar o’z individual qiyofasiga, mijozi (temperamenti)ga, aql-u zakovatiga, hissiyot va kechinmasiga, tanasi va unga mos harakatlariga ega. Bu teatrning ijrochi - artisti masxaraboz (masxara), qiziqchi (qiziq) va taqhdchi (muqallid) nomlari bilan yuritiladi. Artist faoliyatining asosini satira va yumor, aniqrog’i, hajv va tanqid, hazil, tanqid va piching, istehzo va kesatiq, qahqaha va xanda tashkil etgani bois u nomiga mazkur so’zlarni laqab sifatida qo’shib olgan. Demak, uning ijrochilik faoliyati shu yo’nalishga qat’iy yo’naltirilgandir.
Qolaversa, «masxaraboz» arabcha va tojikcha so’zdan yasalgan bo’lib, kulish, mazax va taqlid qilish asosida ish ko’ruvchi komik aktyorni anglatadi. Bu so’z arablar istilosidan so’ng tilimizga o’zlasha boshlagan esa-da, arablarning o’zlari komik aktyorni «muhabbiz» deb ataganlar. Shunday bo’lsa-da, «masxara» so’zi o’zbek tilida ham komik aktyor, ham kulgili hajviy tomosha ko’rsatuvchi ma’nosida qo’llaniladi. Taxminan XY1 asrning oxiri va XY1I asrning boshlaridan e’tiboran arabcha «masxara» so’ziga fors-tojik tilidagi «bozi» (o’yin) so’zidan -»i» tovushi qisqargan holatda «-boz» shaklida qo’shilib, «masxaraboz» istilohi bunyod etilgan. Lekin aktyor ma’nosida ham masxara, ham masxaraboz istilohlari baravar qo’llanib boravergan. Shu ixtisosdagi ijrochilar nomlari esa shu istiloh bilan sifatlangan holda yuritilishi an’anaviy tus olgan. Binobarin, masxaraboz yoki masxara — xalq teatrining komik aktyori bo’lib, mazax vositasida voqeani muayyan matnga solib, hajviy tomosha ko’rinishida ijro etib beruvchi kulgi ustasi sanaladi. U o’z tomoshalarini, asosan, ochiq maydonlarda, sayllarda namoyish etgan. Masxarabozlar ijrosidagi tomoshalarda ijtimoiy adolatsizlikni, erksizlikni, an’anaviy qoloqlikni, ishyoqmaslikni, tekinxo’rlikni, uquvsizlikni fosh qiluvchi ijtimoiy ruh g’oyat baland bo’lgan. Shu sababli ular ijrochiligi «xalq teatri» sifatida e’tirof etilgan.
O’zbek an’anaviy xalq teatri uch lokal guruh doirasida tashkil topgan va rivojlangan:

  1. Buxoro masxarabozligi.

  2. Xorazm masxarabozligi.

  3. Farg’ona qiziqchiligi.


Download 46.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling