Yallig'lanishni engillashtiradi


Download 85.21 Kb.
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi85.21 Kb.
#1430050
  1   2   3
Bog'liq
Sabzi


Sabzi
Ekiladigan sabzining ildiz mevasida turli vitaminlar (B1, B2, PP, C, K va karotinlar), fermentlar,uglevodlar, fitoenlar, fiofluen, likopinlar, kumarinlar bor. Mineral tuzlardan kaliy, kalsiy, natriy, magniy, temir, fosfor, yod kabilarni uchratish mumkin.
Sabzida ko’p vitaminlar bo’lib, 90 %ini suv tashkil qiladi va bu uning kaloriyasi juda pastligidan dalolat beradi. Sabzining 100 grammi 35 kKalni tashkil qilib, 1.3 grammini oqsillar, 0.1 grammini yog’lar va 6.9 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Sabzi tarkibida karotenoidlar va turli xil mikroelementlar kabi foydali moddalar mavjud. Sabzi tarkibida yuqori bo'lganligi sababli quyidagi foydali xususiyatlarga ega:

  • Yallig'lanishni engillashtiradi;

  • Tananing immunitetini oshiradi va uning qarshiligini yaxshilaydi;

  • Bu odamning kayfiyati va aqliy faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi;

  • Tanadan ortiqcha suyuqlik va toksinlarni chiqarib tashlashga yordam beradi;

  • Ko'rishni yaxshilaydi;

  • Kasallikdan qutulishni tezlashtiradi;

  • Yaxshi ishtahani kuchaytiradi;

  • Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi;

  • Teri hujayralarini tiklaydi va yoshartiradi, qarish jarayonini sekinlashtiradi;

  • Soch va tirnoqlarni mustahkamlaydi;

  • Qon tomirlari va yurak faoliyatini kuchaytiradi.

Abu Ali ibn Sino yovvoyi meva sabzi mevasini va o’stiriladigan sabzi bargi bilan mevasini siydik haydovchi dori sifatida hamda turli yaralarni davolash uchun ishlatgan. Ildizmevasini ichak og’rig’i, surunkali yo’tal va plevri kasalliklariga davo qilgan. Xalq tabobatida sabzi siydik haydovchi, buyrak va qovuqdagi tosh, qumlarni ketkizuvchi omil sifatida tavsiya etiladi. Bunda jaydari sabzining urug’lari yaxshi samara berishi ta’kidlanadi. Ildizmevasidan ajratib olingan shira yoki sutda qaynatilgan va maydalangan sabzi yo’tal, ovoz bo’g’ilganida hamda avitaminoz va kamqonlik kasalliklarida beriladi. 
Sabzi odam hujayralaridagi oksidalanish-qaytarilishi jarayonlarini uyg’unlashtiradi, et olishiga yordam beradi, uglevod almashinuvini yaxshilaydi, yengil surgi vazifasini bajaradi, ovqat hazm bo’lishini osonlashtiradi, emizikli ayollar sutini ko’paytiradi. Tarkibida kaliy ko’p bo’lgani uchun sabzi yurak-tomir hastaliklarini davolashda ham foydalaniladi.
Sabzi tarkibidagi ma’danli moddalar yosh bolalar tanasini mustaxkamlab, o’sishi uchun yordam beradi. Ko’z nuri hiralashganida va kamqonlikda sabzidan ko’proq yeyish kerak. Shuningdek, teri kuyganda sabzidan foydalaniladi. Saraton hastaligida esa sabzi sharbati ichish tavsiya etiladi. Sovuq urganida, bitishi qiyin bo’lgan yiringli yara va jarohatlarda ham qo’llaniladi. Buning uchun lat yegan joylarga sarxil sabzi qirg’ichdan o’tkazilgan holda qo’yiladi yoki sharbati bilan yuviladi. Sabzi sharbati bilan yallig’langan tomoq yoki og’izni chayish mumkin (stomatit, angina). Sabzi foydali va to’yimli ozuqadir. Tanada yig’ilib qolgan ortiqcha yog’larni eritish uni hiltlardan tozalash hususiyatiga ega. Sabzi asosida tayyorlanadigan malxamlar davolovchi kosmetikada keng qo’llaniladi.
Kaloriyasining pastligi sabab ham sabzi juda foydali bo’lib, u soch, tirnoq va tishlarni mustahkam qiladi, terini esa tiniqlashtiradi. Sabzi tarkibida ko’pgina antioksidantlar mavjud bo’lib, ular organizm yoshligini saqlab qolib, immunitetni ham mustahkamlaydi.
Yana shunisi qiziqki, antioksidantlar miqdori xom sabziga nisbatan, qaynatilganida 35 % ga ko’proq bo’lib, ular pishirish jarayonida kamaymasdan, balki ko’payib borar ekan. Shuning uchun bu foydali mahsulotdan har xil pishiriqlar pishiraverishingiz mumkin, masalan bizning sabzili pirogimizni.
Sabzi sharbati o’zida ko’pgina fitonsidlarni saqlab, ular organizmga viruslarga qarshi kurashishda yordam beradi. Yana unda ko’p miqdorda kaliy va mineral tuzlar bo’lganligi sabab ham, ular yurak va tomirlarni mustahkamlaydi. 
Hafta mobaynida ichilgan bir necha stakan sabzi sharbati infarkt va insultni oldini olishda yaxshi profilaktika bo’la oladi. Eng asosiysi, undagi karotin moddasi organizmga yaxshi singishi uchun kichkina qoshiqda qaymoq yoki xohlagan o’zimlik yog’idan solishni unutmang.
α- karotin

β- karotin

Piyoz

Dunyoda eng ko’p ishlatiladigan sabzavot. U yana sog’liq uchun foydali mahsulotdir. 100 g piyoz – 40 kkal


Tarkibida (navlariga qarab) 85% suv, 4—14% qand, 2—13,9 mg% C vitamin, efir moyi, seluloza, protein, magniy, fosfor, temir, natriy, kalsiy, kaliy moddalari, A, B1, B2, B3, PP vitaminlar, bargida esa 19—57,7 mg% C vitamini, shuningdek, A, B,, B2 vitaminlari va 1,3—5,9 mg% , A pro-vitamini, limon va olma kislotalar, fitonsidlar va boshqa bor.
An'anaviy tibbiyot ham bemorlarni davolash uchun piyozning foydali xususiyatlaridan foydalanishdan qochmaydi. U umumiy charchash, doimiy charchash, dumaloq qurtlar, lambliya va qichishish uchun dietaga kiritilgan.
Piyozning foydali xususiyatlari:

Download 85.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling