Yangi davlat talablari


Download 37.91 Kb.
bet1/14
Sana21.06.2023
Hajmi37.91 Kb.
#1639791
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
davlat talablari


Maktabgacha ta’limga qoʻyiladigan davlat talablari
Reja:

  1. Umumiy qoidalar.

  2. Davlat talablarining maqsadi.

  3. Davlat talablarining vazifalari.



Yangi davlat talablari:
davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
• nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
• qisqa muddatli guruhlar;
• 7 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan mehribonlik uylari va bolalar shaharchalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Quyidagilar Davlat talablarining vazifalari hisoblanadi:
bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash;
• bolalarda o‘qishga qiziqishni hamda o‘qishga intilish hissini uyg‘otish;
• bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta'limni tashkil etish;
• shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim-tarbiyani amalga oshirish;
• bolalarni xalqimizning an'analari asosida tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
• bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashda ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda ota-onalarga amaliy jihatdan ko‘maklashish;
• bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik sifat va salohiyatlarni uyg‘otish hamda rivojlantirish;
• bolalarni sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish;
• bolalarda mustaqillik, mas'uliyatlilik, tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish.

Davlat talablari asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha har bir yosh guruhi uchun indikatorlar to‘plamini namoyon etadi:


jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish (yirik va mayda motorika, sensomotorikani rivojlantirish, madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish );
• ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish(ijtimoiylashuv, muloqot va odob-axloq qoidalarini shakllantirish, bolaning oila va jamiyatda o‘zini tutishi,bolada mehnat tarbiyasini, xavfsizlik asoslarini shakllantirish);
• nutq, savod, o‘qish va chet tillarining o‘rgatilishiga tayyorlash;
• bilish jarayonini rivojlantirish(dunyo haqida bilim va tushuncha berish, elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish);
• badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish (badiiy estetik, musiqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish).

Indikatorlar turli yosh guruhlari uchun tasdiqlanadi: 2 yoshdan 7 yoshgacha (qadam – 1 yil). Ilgari qator talablar 6 oydan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarning tarbiyaviy jarayoniga nisbatan amal qilgan. 



Hujjat davlat tilida rasman e'lon qilingan va 24.07.2017 yilda kuchga kirdi.



Mazkur Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 372-son “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 31-son, 356-modda) va 2007-yil 25-oktabrdagi 225-son “Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlariga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 43-son, 431-modda) muvofiq, maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini belgilaydi.

Download 37.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling