Yangi va eng yangi davrda chet el mamlakatlarda jt va s (XVII asr o'rtalari XX asrlar) Reja: Yangi davrda jt va s ning rivojlanishi xususiyatlari


Download 42.89 Kb.
bet1/8
Sana08.05.2023
Hajmi42.89 Kb.
#1445730
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Презентация (1)

YANGI VA ENG YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARDA JT VA S (XVII ASR O'RTALARI - XX ASRLAR)

Reja:

1. Yangi davrda JT va S ning rivojlanishi xususiyatlari.

2. Chet mamlakatlarda jismoniy tarbiyaning nazariy asoslarini vujudga kelishi.

3. G'arbiy Evropa va AQSHda gimnastika va sport o’yinlari tizimlarining rivojlanishi.

Yer yuzida ijtimoy-madaniy turmushning tubdan o'zgarishi o'rta asrlarga kelib bog'lanadi. Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrika qit'alaridagi ilg'or madaniyat vakillari jis­moniy tarbiyani inson hayotining uzviy omili ekanligini isbotlashga harakat qildi. Natijada, jismoniy tarbiya vositalarini oilaviy hamda maktab tarbiyasida qo'llanishga erishishdi. Erishilgan ilg'or tajribalar davlatlardan-davlatlarga, qit'alardan- qit'alarga tarqaldi, ya'ni qilichbozlik, o'q otish, kurash, aravada poyga, suzish kabi o'nlab o'yin-mashqlar xalqaro miqyosda qo'llanila boshladi. Bu jihatlar Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, AQSH va boshqa ko'p davlatlarda jismoniy tarbiyaning rivojlanishi hamda keyinchalik milliy sport turlarining yuzaga kelishiga sabab bo'ldi.

XVI-XIX asrlardagi burjua inqilobi feodal tuzumning asosini buzib-yanchib tashladi

va kapitalizmning g'alabasini ta'minladi. Bu davrda tabiatshunoslikka doir juda ko'p ilmiy kashfiyotlar qilindi. Moddiy dunyoning barqarorligi va g'ayritabiiy kuchlarning yo'qligi haqidagi fikrlarga olib keldi. Odamning aqli, irodasi va jismoniy fazilatlarining namoyon bo'lishida tarbiya natijasi ko'rina boshladi. Bu hol insonning pedagogikaga bo'lgan qiziqishi ortishiga va jismoniy tarbi­yaning nazariy asoslari amalda bajarilishiga sabab bo'ldi. Jon Lokk (Angliya), Jan Jak Russo (Fransiya), Iogann Pestalossi (Shveysariya)ning pedagogik qarashlari hamda XVIII asrning oxiridagi nemis filantroplarining pedagogik tajribasi jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotning taraqqiy qilishiga katta ta'sir etdi.

Jon Lokk (1632-1704) ingliz burjua inqilobi davrining ko'zga ko'ringan faylasufi,


Download 42.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling