Yer kadastri, davlat yer kadastri — yagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer resursining tabiiy, xoʻjalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati,


Download 337.16 Kb.
bet1/11
Sana15.03.2023
Hajmi337.16 Kb.
#1268708
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
RUSTAMJON KADASTR - копия


FERMER XO'JALIKLAR YER UCHASTKALARINING KADASTR PASPORTINI SHAKLLANTIRISH
KIRISH: Yer kadastri, davlat yer kadastri — yagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer resursining tabiiy, xoʻjalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalari oʻrni, oʻlchamlari, chegarasi va maydoni, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar oʻrtasidagi taqsimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda hujjatlar majmui.
E.k. "Davlat yer kadastri toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1998 y. 28 avg .) va ushbu qonunga oid meʼyoriy hujjatlar, yoʻriqnoma va uslubiy koʻrsatmalar asosida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning kafolatlarini taʼminlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish uchun kadastr maʼlumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashga qaratilgan davlat tadbirlar tizimi hisoblanadi. Ye.k. ga doir axborotlarni bir tizimga solinishi ularni saqlash, tahlil qilish va yangilab turish ishlarini ham oʻz ichiga oladi. Ye.k.ni yuritish quyidagi tamoyillarga asoslaniladi: mamlakat yer fondinn toʻla qamrab olish, fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qoʻllash, axborotlar ishlab chiqish metodining birligi va Ye.k.ga oid ax-borotlarning toʻgʻri boʻlishi. Ye.k.ni yuritish jarayoni quyidagilarni oʻz ichiga oladi: aerokosmik suratga olish, topografiya — geodeziya, haritagrafiya, tuproqshunoslik, agrokimyo, geobotanika, gidrogeologiya ga oid va b. izlanishlar va tadqiqotlarni oʻtkazish, yerlarni miqdor va sifat jihatdan hisobga olish va baholash, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatiga olish; yerlarni taqsimlash, ulardan foydalanishni nazorat qiluvchi davlat xizmat organlarini faoliyatini muvofiqlashtirish; yerlarning holati, mavjudligi va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish; joriy (mavsumiy) tadqiqotlar, suratga olish, yer oʻlchash ishlarini hamda yer monitoringi maʼlumotlaridan foydalangan holda Ye.k.ga oid axborotlar bankini yaratish va uni tartibga solib turish.
E.k. tumanda (shaharda) quyidagicha amalga oshiriladi: yer uchastkalariga boʻlgan huquqni va yer uchastkalariga doir bitimlarni davlat roʻyxatiga olish; Ye.k. maqsadlari uchun suratga olish; yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va yer uchastkalari mulkdorlaridan maʼlumotlar olish, ularni toʻgʻriligini tekshirish, Ye.k.ga oid hujjatlarga joriy oʻzgartirishlar kiritish. Ye. k.ni yuritish jarayonida har yilning 1 yanvariga yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobot tuziladi (yana q. Yer balansi).
Rivojlangan davlatlarda ham Ye.k. yuritiladi. Uning maʼlumotlaridan yer egalariga soliq solish, yerdan foydalanish b-n bogʻliq boʻlgan tijorat ishlarini tartibga solish, yer boʻyicha bitishuv va nizolarni hal etish, yerni garovga qoʻyish va b.da foydalaniladi. Oʻzbekiston Respublikasida yer uchastkalariga bulgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish va yerlarni miqdoriy va sifatini hisobga olish Yer resurslari davlat qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan nizomlar va meʼyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

1-BOB: DAVLAT YER KADASTRI TO'G'RISIDAGI HUJJATLAR TO'G'RISIDA


Mamlakatda yer ajratish va davlat kadastri sohasida bir necha o‘n yillar mobaynida tizimli muammolar to‘planib qolgani sir emas. Tartib-intizom, hisob-kitob bo‘lmagani sababli minglab gektar yerlar talon-toroj bo‘lib ketgan. Bu sohadan aholi ham, tadbirkorlar ham norozi edi.
Shu bois joriy yil 7 sentyabrda “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjatda sohani ilg‘or tajriba asosida isloh qilish, yangicha boshqaruv tizimini joriy etish, yerning hisobini to‘liq yuritish va raqamlashtirish bo‘yicha komleks vazifalar belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tashkil etildi. Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish vazifasi mazkur agentlikka, yerlardan samarali foydalanishni ta’minlash va nazorat qilish funksiyalari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi.
Yangi tizimga ko‘ra Kadastr agentligi Soliq qo‘mitasi tarkibida tashkil etilgani bejiz emas. Chunki bu sohada soliq bazasini kengaytirish uchun katta zaxira bor.
Misol uchun, yaqinda Bo‘stonliq, Furqat, Koson tumanlari va Urganch shahrida o‘tkazilgan o‘rganishlarda jami 2 mingdan ortiq ko‘chmas mulk ob’ekti kadastr va soliq bazalarida hisobga olinmagani aniqlangan.
Shunday holat yer maydonlarida ham bor. Masalan, xatlovlar natijasida 66 tumanda 150 ming gektar qo‘shimcha qishloq xo‘jaligi yerlari, shundan hisobotlarga kiritilmagan 28 ming gektar sug‘oriladigan ekin maydoni borligi ayon bo‘lgan. Umuman, 113 tumanda yer fondi toifalari va turlarining aniq hisob-kitobi bo‘lmagani oqibatida ko‘plab zaxiralar yo‘qotilmoqda.
Yig‘ilishda yangi tizim asosida ishni tashkil etish uchun birinchi galda yer hisobini joyiga qo‘yib, to‘liq shakllantirib olish zarurligi ta’kidlandi.
"Kadastr va yer hisobini yuritish sohasidagi qonun hujjatlari eskirgan. Ular murakkab, tushunarsiz yozilgan. Bu esa korrupsiyaga yo‘l ochib bergan. Bugun tizim tamomila o‘zgarishi kerak. Asosiy maqsad yer hisobini aniq yuritish, bu borada adolatni ta’minlashdir", dedi Prezident.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar rahbarlariga barcha qishloq xo‘jaligi tumanlari bo‘yicha yer kadastr hujjatlarini tayyorlab, Milliy geoaxborot tizimiga kiritish yuzasidan ko‘rsatma berildi. Endi hokimlarning yer ajratish to‘g‘risidagi qarorlari mazkur geoaxborot tizimiga kiritilmagunicha haqiqiy hisoblanmaydi.
Shuningdek, Kadastr agentligi bilan soliq idoralarining ma’lumotlar bazasini birlashtirib, foydalanishdagi yer va ob’ektlarni hisobga olish hamda soliq shakllantirib borish vazifasi qo‘yildi.
Bugungi kundagi o‘rmon xo‘jaligi kadastri 1987 yildan buyon yangilanmagani ko‘rsatib o‘tildi. Undan beri o‘tgan davrda tabiiy yo‘l bilan yangi o‘rmonlar paydo bo‘lgan. Shu bois O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga o‘rmonzorlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi.
Tizimdagi muammolardan biri shuki, 340 mingta ob’ektning kadastr qiymati belgilanmagan. Shundan 200 mingdan ziyod ob’ekt bo‘yicha soliq hisoblanmayapti. Bundan tashqari, 1 milliondan ortiq uy-joyning kadastr hujjati yo‘q.
Shu munosabat bilan Prezident ko‘chmas mulk kadastri hisobini to‘liq shakllantirish zarurligi, bu soliq solish bazasini kengaytirishda muhimligini ta’kidladi. Undan keladigan mablag‘lar to‘liq mahalliy byudjetga tushadi va ular hisobidan ijtimoiy masalalarni hal etish mumkin.
Qurilishdan bino-inshootning kadastr jildini tayyorlashgacha bo‘lgan bosqichlarda undiriladigan to‘lovlar asosliligini o‘rganib, ularni kamaytirish va jarayonlarni soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.
Yer solig‘i hisoblash tizimini ham tubdan qayta ko‘rib chiqish kerakligi aytildi. Xususan, viloyat markazlariga yaqin, suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan hududlarda ham, hosildorligi past joylarda ham yer solig‘i deyarli bir xilda hisoblanadi.
Mutasaddilarga yerlarning haqiqiy qiymatidan kelib chiqib soliq hisoblash, bunda oshirilgan va kamaytirilgan koeffitsiyentlarni qo‘llash tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi. Shu maqsadda xalqaro ekspertlar jalb qilinib, ob’ektlarning bozor qiymatini aniqlash tartibi 4 ta tumanda sinovdan o‘tkazilishi belgilandi.
Yig‘ilishda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik yoki yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish muammosiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Qayd etilganidek, birgina joriy yilda 50 mingga yaqin holatda 11 ming 200 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallangan, shundan 3 200 gektarda noqonuniy uy-joy qurilgan. Bularning 99 foizi sug‘oriladigan, unumdor qishloq xo‘jaligi yerlari.
Agrar yerlarni nazorat va ekinlarni monitoring qilish maqsadida har bir tuman dron bilan ta’minlanishi aytildi. Bundan tashqari, kosmosdagi sun’iy yo‘ldoshlar orqali kuzatuvdan foydalanib, noqonuniy qurilmalarni tezkor aniqlash va qurilishni ilk bosqichidayoq bartaraf etish imkonini beradigan axborot tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu dastlab ayrim viloyatlarda sinovdan o‘tkaziladi.
Barcha viloyat, tuman va shaharlarning ma’muriy chegaralarini aniqlash ishlarini shu yil yakuniga yetkazib, mahalliy kengashlarda tasdiqlash vazifasi qo‘yildi. 2 mingdan ziyod nomsiz ko‘chalar, 1 milliondan ortiq raqamsiz uylar borligi qayd etilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ma’lumki, mamlakatda 21 turdagi davlat kadastri mavjud. Lekin bugungi kunda 9 ta kadastr bo‘yicha ma’lumotlar 50 foizga ham yetmaydi. Oqibatda yerlarni auksionga chiqarish uchun turli idoralar joyiga chiqib o‘rganishga, alohida-alohida xulosa berishga majbur va unga 2 oy atrofida vaqt ketmoqda.
Xususan, faqat shaharlararo avtomobil yo‘llari bo‘yicha kadastr mavjud bo‘lib, ichki yo‘llar bo‘yicha birorta hududda kadastr tasdiqlanmagan. Shu bois bu boradagi kadastrni to‘liq hujjatlashtirib, Milliy geoaxborot tizimiga kiritish vazifasi belgilandi.
Sohadagi islohotlarni samarali amalga oshirish uchun Kadastr agentligining barcha bo‘g‘inlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish, yangi tizim mazmuni va tartibi bo‘yicha o‘qitish muhimligi ta’kidlandi. Joylardagi kadastr bo‘limlarining moddiy-texnik ta’minoti va mehnat sharoitlarini yaxshilash yuzasidan ham ko‘rsatma berildi.

"Umuman aytganda, har bir hokim va sektor rahbarlari yer hisobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, yerni ko‘z qorachig‘iday asrash hududlarning iqtisodiy yuksalishiga xizmat qiladigan asosiy omillardan biri ekanini anglab yetishi lozim. Bu orqali uchta muhim masalani, ya’ni, yerdan samarali foydalanishni, fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mulk huquqini va daxlsizligini ta’minlashni hamda soliq bazasini kengaytirib, byudjet daromadiga qo‘shimcha zaxiralar shakllantirishni hal qilgan bo‘lamiz", dedi Shavkat Mirziyoyev.

1.1 YER RESURSLARI,GEODEZIYA VA KADASTR SOHASIDAGI ISHLAR HOZIRGI


13-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslari, geodeziya va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi rahbarlarining soha foliyatini takomillashtirishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlari yuzasidan hisobоtlari eshitildi.
Ma’lumki, yer va ko‘chmas mulk kadastri ishlarini yaxshilash maqsadida joriy yilda “Yergeodezkadastr”davlat qo‘mitasi tarkibiy tuzilmasi va faoliyat yo‘nalishlari qaytadan tasdiqlandi.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib:
– yer resurslaridan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasi faoliyati bo‘yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash,
– yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlarni saqlash va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya faoliyati samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
– Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, ko‘chmas mulk ob’ektlarining elektron ma’lumotlar bazasini takomillashtirish va doimiy yangilab borish;
– sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda davlat kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash, tadbirkorlik sub’ektlariga tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatish belgilandi.
Qo‘mita qoshida “Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish” jamg‘armasi tashkil etildi. Qo‘mita rahbariyati yangilandi. Qo‘mita tizimiga qo‘shimcha 937 ta shtat birligi berildi va moddiy-texnika bazasi kuchaytirildi.
Jumladan,“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organlari tizimiga qo‘shimcha ravishda kiritilayotgan shtat birliklarini saqlash, ularning moddiy texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun joriy yilning o‘zida “Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 45 mlrd.so‘mdan ziyod mablag‘lar sarflanishi belgilangan.
Ta’kidlash joizki, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 avgustdagi 251-son qarori bilan 2016-2017 yillarda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlari yalpi xatlovdan o‘tkazildi.
Bunda, respublika bo‘yicha mavjud 8 ming 901 ta mahallalarda xatlov ishlari yakunlanib, xatlov natijasida 6 mln. 190 ming 942 ta (112%) ko‘chmas mulk ob’ektlari xatlovdan o‘tkazildi, shundan 5,8 mln. ta turar joy ob’ektlari, 267 ming 963 ta noturar joy ob’ektlari 38 ming 373 ta dala hovli ob’ektlarida xatlov ishlari yakunlandi.
Bugungi kungacha Davlat soliq qo‘mitasiga real vaqt rejimida 6 mln. 31 ming 418 ta (97%) ga ko‘chmas mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlari taqdim etildi.
Qo‘mita tizimi idoralari tomonidan fuqarolarga hamda tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan davlat kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash orqali 7 ta davlat xizmatlari interaktiv usulga o‘tkazildi.
Uchuvchisiz uchish apparatini iqtisodiyotning real sektorida samarali qo‘llash orqali joylarda yer nazoratini, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilishi va boshqa agrotexnik tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida kvadrakoptorlar olib kelindi.
Muhokamada yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida munosabatlarni kompleks tartibga solish, yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, ta’sirchan nazoratni ta’minlashda Qo‘mita rahbariyatida tashabbus yetishmayotgaligi qattiq tanqidga olindi. Ushbu sohada hal etishni talab qiladigan ko‘plab muammolar borligi qayd etib o‘tildi.
Jumladan, joriy yilda agrotexnik tadbirlar bajarilishi va shartnomada ko‘zda tutilgan ekinlarni to‘liq ekish ustidan tizimli monitoring o‘rnatilmagani oqibatida 833 ta fermer 13 ming gektarga paxta-g‘alla ekinlarini ekish uchun shartnoma tuzib, umuman ekmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Shuning uchun Bosh vazir o‘rinbosari Zoir Mirzayevga yerdan samarali foydalanish, fermerlar tomonidan tuzilgan shartnomalar bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirish vazifasi yuklatildi.
O‘z navbatida,yig‘ilishda davlat kadastr xizmati tomonidan 2016-2017 yillarda ko‘chmas mulk ob’ektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazib, aniqlangan hujjatsiz mol-mulkni ro‘yxatga qo‘yish ishlari ham to‘liq yakunlanmagani jiddiy ko‘rsatib o‘tildi.
Xususan, xatlovda 1 million 100 mingta uy-joyning hujjati 15 yildan ortiq vaqt mobaynida rasmiylashtirilmagani, 145 mingta ko‘chmas mulk ob’ektidan 15 yildan kam muddat mobaynida hech qanday hujjatsiz foydalanib kelingani, shuningdek, noqonuniy egallangan 8,5 ming gektar yerda va muhofaza zonalarida 67 mingta ob’ekt qurilgani aniqlangan.
Biroq, kadastr xizmati organlari, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu ob’ektlarning kadastr hujjatini tayyorlab, ular bo‘yicha mulk huquqini e’tirof etish, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarda qurilgan ob’ektni buzish yoki ularga egalik huquqini berish ishlari to‘liq yakunlamagani qattiq ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, 15 yildan ortiq vaqt foydalanib kelingan
1,1 millionta uy-joydan 751 mingtasi yoki 68 foizi bo‘yicha kadastr hujjatlari tayyorlangani, ushbu ishlar nazoratdan chetda qolgani ta’kidlab o‘tildi.
Shundan kelib, chiqib Bosh vazir o‘rinbosari Zoir Mirzayevga, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayevga hududiy hokimliklar bilan birga kadastr hujjati yo‘q uy-joy va yerlarni to‘liq ro‘yxatga olish, o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar va qurilgan uylar masalasini hal etish bo‘yicha qaror, dastur va grafik ishlab chiqib, amalga oshirish tompshirig‘i berildi.
Sohaga axborot kommunikatsiyalarini, jumladan ko‘chmas mulk hisobini yuritish bo‘yicha “yagona axborot tizimi” joriy qilish, soliq organlari bilan kunlik axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yish ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Bоtir Parpiyevga xatlovga ko‘ra aniqlangan hujjatsiz uy-joy va yerlarni kadastr organlarida ro‘yxatga qo‘yish, ular bo‘yicha kadastr va soliq organlaridagi ma’lumotlar bazasi to‘liq bo‘lishi va yangilanib borishini ta’minlash uchun “Yergeodezkadastr” qo‘mitasi bilan hamkorlikda ish olib borish vazifasi yuklatildi.
Yer va mulkni ro‘yxatga olish tartibini takomillashtirish zarurligiga yig‘ilishda alohida urg‘u berildi. Buni Jahon banki e’lon qilgan reytingda O‘zbekiston “mulkni ro‘yxatga olish” ko‘rsatkichi bo‘yicha 73-o‘rinda ekanligida ham ko‘rish mumkin.
Shuning uchun, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi Abdushukur Abdullayevga bir oy muddatda kadastr hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirishni “yagona darcha” orqali avtomatlashgan tarzda amalga oshirish, bu borada soliq va notarius idoralari bilan ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi topshirildi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlarini va ekish ishlari nazoratini kuchaytirish maqsadida zamonaviy uchuvchisiz uchish apparatlari “dronlar”ni xarid qilish ishlarini yakunlash, uchuvchisiz uchish apparatlarini o‘zimizda ishlab chiqarish maqsadida “Innovatsion markaz”ni tashkil etish yuzasidan qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatildi.

1.2 DAVLAT YER KADASTRINI YURITISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH DA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR


Yer umummilliy boylik, Oʻzbekiston xalqining hayoti, faoliyati va farovonligi asosi, eng muhim tabiiy resurs hisoblanadi. Shu sababli, yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer bilan uzviy bogʻlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini toʻlaqonli yuritish davlatning eng muhim vazifalaridandir.
Iqtisodiy sohadagi keng koʻlamli oʻzgarishlar yer va unga bogʻliq resurslarning aniq hisobini yuritish, ulardan oqilona foydalanish tizimini yana-da takomillashtirishni talab etmoqda.
Xususan, yerlarni ajratish, ularning hisobini yuritish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, yer nazoratini amalga oshirish vazifalarining yagona organda toʻplanganligi, yer uchastkalari, bino
va inshootlarga (keyingi oʻrinlarda – koʻchmas mulk) kadastr yigʻmajildi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning oʻzi tomonidan tayyorlanishi sohada manfaatlar toʻqnashuvini yuzaga keltirmoqda.
Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining qishloq xoʻjaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xoʻjaligi yerlarini muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish, tuproq bonitirovkasini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi yerlarining meʼyoriy qiymatini aniqlash, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirishga doir vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari Qishloq xoʻjaligi vazirligiga oʻtkazilsin.

Download 337.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling