Yer kadastri, davlat yer kadastri — yagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer resursining tabiiy, xoʻjalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati,
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan
Download 337.16 Kb.
|
RUSTAMJON KADASTR - копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarning tarkibidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish maqsadida ularning monitoringini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi doirasida amalga oshirilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda – Kadastr agentligi) tashkil etilsin. 3. Quyidagilar Kadastr agentligining asosiy vazifalari hamda faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin: a) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida: koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash; koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish; davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish; koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlashga va yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish; b) geodeziya va kartografiya sohasida: geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash; aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiyaga oid izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar maʼlumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish; davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritish; davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish; v) davlat kadastrlarini yuritish sohasida: davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash; davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, hududlar davlat kadastrining samarali yuritilishini taʼminlash; davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini taʼminlashga qaratilgan samarali kadastr nazoratini amalga oshirish; g) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish; d) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash. 4. Quyidagilar: koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning, shu jumladan, yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish va ijaraga olish huquqining vujudga kelishi, oʻzgarishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va bekor boʻlishi faqat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin kuchga kirishi; koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslikda aybdor shaxslarga maʼmuriy javobgarlik belgilanganligi; koʻchmas mulkning turi, tavsifi, hajmi, qiymati va boshqa koʻrsatkichlarini aniqlash maqsadida uning kadastr yigʻmajildi tayyorlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin. 5. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq: zaxirada turgan va yangi ajratilayotgan yer uchastkalariga kadastr yigʻmajildi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda – tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimining, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda – tuman (shahar) qurilish boʻlimining murojaatiga muvofiq tuman (shahar) hokimligining buyurtmasiga asosan tayyorlanadi, ushbu xarajatlar yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida mazkur yer uchastkasiga ega boʻlgan shaxs tomonidan qoplanadi; yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar vujudga kelgan, biroq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan boʻlsa, ularga kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish huquq egalarining buyurtmalariga asosan ularning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi; davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, shu jumladan, oʻrmon xoʻjaliklari, suv xoʻjaligi tashkilotlari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, ijtimoiy muassasalarga berilgan yer uchastkalariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish balansda saqlovchilarning buyurtmalariga asosan va ularning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi; kadastr yigʻmajildi Kadastr agentligi tomonidan shahodatlangan kadastr muhandislari hamda Kadastr agentligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida tayyorlanadi; 1.3 YUR KADASTRI KITOBI HAQIDA Yer kadastri kitobi - yerga egalik qiluvchilarning asosiy yer hisobi hujjati. Ye.k.k. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan shakl (forma)da yerga egalik qiluvchi tashkilot, korxona, muassasa, uyushma, kichik korxona, qoʻshma korxona, dehqon va fermer xoʻjaliklariga tuman yoki shahar hokimligi tomonidan beriladi. Ye.k.k. yerga egalik qiluvchilar yoki yerdan foydalanuvchilarga muddatsiz, uzoq muddat yoki qisqa muddatga foydalanish uchun berilgan yerlarga boʻlgan huquklarni, yerlarning tabiiy va iqtisodiy bahosi, yer turlarining tarkibi hamda fuqarolar tomorqa yerlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Ye.k.k.ni toʻgʻri va oʻz vaqtida olib borish xujalik rahbari va yer tu-zuvchi mutaxassisga yuklatiladi. Ye.k.k. ga oʻz vaqtida oʻzgartirish kiritib borish, uni daxlsiz saqlash masalalarini tuman (shahar) yer resurslari xizmati boshligʻi nazorat qiladi. Davlat Ye.k.k. 4 boʻlimdan iborat: 1) yer maydonlaridan foydalanish huquqiga egalikni roʻyxatga olish — tuman (shahar)dagi yerdan foydalanuvchilarning nomi va egasi, egalik qilish huquqi va ijarasi, foydalanish muddati va maqsadi, yer uchastkasining joylashgan urni va maydoni, yer uchastkasining kadastr raqami, yerdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatning nomi, oʻrtacha tuproq bonitet bali va uning kadastr bahosi qayd etiladi; 2) yer maydonlari turlari soni — barcha yerdan foydalanuvchilar boʻyicha sugʻoriladigan ekin maydonlarining alohida hisobi, shuningdek shahar yerlarining tuman tarkibiga kirishi, davlat zaxira yerlariga kiruvchi shahar turidagi qoʻrgʻonlar qayd etiladi; 3) yer turlarining si-fati — madaniy-texnika, ozuqa ekin turlarining hosildorligini va yerlarning tuproq unumdorligiga koʻra tavsifi hisobga olinadi. Yer turlarining tafsiloti yerlarning sifat tafsiloti va qishloq xoʻjalik yer turlarining bonitet bali boʻyicha kadastr bahosi keltiriladi; 4) yer turlari — q.x. yer turlari (shudgor, koʻp yillik daraxtzorlar, yaylov va pichanzor yerlar, boʻz yerlar), oʻrmon yerlari va ularning tarkibiga kiruvchi yer turlarining nomlari hamda ulardan foydalanish maqsadiga oid izoh beriladi. E.k.k. yer uchastkasining miqdor va sifat holati hamda bahosi toʻgʻrisidagi axborot manbai hisoblanadi (yana q. Yer kadastri, Yerni iqtisodiy baholash). 2-BOB. DAVLAT YER KADASTRI RO'YXATIDAN O'TQAZISH Download 337.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling